Sharipova Irodaxon Shavkatovnaning

doktorlik dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «O‘simlik ajratmalari asosida yallig‘lanishga qarshi va tinchlantiruvchi ta’sirga ega dori vositalarining texnologiyasini ishlab chiqish», 15.00.01–Dori texnologiyasi va farmatsevtika ishlarini tashkil etish (farmatsevtika fanlari).

Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: /katta ilmiy xodim-izlanuvchi/.

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 30.09.2014/B2014.3-4.Far8.

Ilmiy maslahatchi: Maxmudjanova Komila Sultanovna, farmatsevtika fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent farmatsevtika instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent farmatsevtika instituti, 14.07.2016.Far.21.01.

Rasmiy opponentlar: Zaynutdinov Umarjon Nasrutdinovich, kimyo fanlari doktori, professor;Xudoyberdiev Ma’ruf Obidovich, texnika fanlari doktori;To‘xtaev Xakim Raxmonovich, farmatsevtika fanlari doktori.

Yetakchi tashkilot: Dori vositalari tibbiy texnika sifatini nazorat qilish bosh boshqarmasi.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy o‘simlik xomashyolaridan yallig‘lanishga qarshi va tinchlantiruvchi ta’sirga ega bo‘lgan dori vositalari texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

ilk bor Anjabor ildiz va ildizpoyasidan yallig‘lanishga va gipoksiyaga qarshi (Anjabor) tindirmasining tarkib va texnologiyasi ishlab chiqilgan;

yallig‘lanishga qarshi, spazmolitik va kapillyar qon tomirlarni mustahkamlovchi ta’sirga ega bo‘lgan Anjabor quruq ekstrakti, askorbin kislota va fitin saqlovchi (Gerasfit) draje texnologiyasi ishlab chiqilgan;

ilk bor yallig‘lanishga qarshi tozalangan «Mo‘miyo» va Anjabor quruq ekstrakti asosida (Mumiyokoll) draje texnologiyasi ishlab chiqilgan;

Anjabor quruq ekstrakti va askorbin kislota saqlovchi (Gerask) draje texnologiyasi ishlab chiqilgan;

ilk bor tinchlantiruvchi ta’sirga ega bo‘lgan murakkab tarkibli o‘simliklardan quruq ekstrakt olingan va u asosida (Leoglisirflom) draje texnologiyalari ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:

Original dori preparatlarining tarkibi va texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

«Leoglisirflom» quruq ekstrakti (ND 42 Uz-6004-2016) va «Leoglisirflom» drajesi me’yoriy hujjatlari (ND 42 Uz-6005-2016) Sog‘liqni saqlash vazirligi Dori vositalari va tibbiy texnika sifatini nazorat qilish bosh boshqarmasi tomonidan tasdiqlangan (Dori vositalari va tibbiy texnika sifatini nazorat qilish bosh boshqarmasining 2016 yil 19 oktyabrdagi №29/09- 2871-son ma’lumotnomasi). Mazkur me’yoriy hujjatlarning ishlab chiqilishi nevrologik kasalliklarida tinchlantiruvchi dori vositasini ishlab chiqishning normativ asosini yaratishga xizmat qilgan;

«Leoglisirflom» drajesiga (OPR 00481330-01-16) tajriba sanoat ishlab chiqarish reglamenti ishlab chiqilgan (S.Q. Islombekov nomli «O‘zkimyofarm» AJning 2016 yil 5 oktyabrdagi 10-son ma’lumotnomasi; Dori vositalari va tibbiy texnika sifatini nazorat qilish bosh boshqarmasining 2016 yil 19 oktyabrdagi №29/09-2871-son ma’lumotnomasi). Mazkur me’yoriy hujjat tinchlantiruvchi dori vositasini ishlab chiqishning normativ asosini yaratishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish