Raxmatullaeva Mavjuda Mamatoirovnaning

doktorlik dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Diabenit, diaglikon, stibio va urokonit dori vositalarining olinishi va standartizatsiyasi», 15.00.02–Farmatsevtik kimyo va farmakognoziya (farmatsevtika fanlari).

Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: /farmatsevtika fanlari nomzodi/.

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 30.09.2014/B2014.3-4.Far12.

Ilmiy maslahatchi: Aminov Sabirdjan Nigmatovich, kimyo fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent farmatsevtika instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent farmatsevtika instituti, 14.07.2016.Far.21.01.

Rasmiy opponentlar: Azizov Umarxon Muxtarovich, kimyo fanlari doktori, professor; Yuldashev Zokirjon Abidovich, farmatsevtika fanlari doktori, professor; Ibragimov Abdulla Yakubovich, farmatsevtika fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: O‘simlik moddalari kimyosi instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy tabiiy xomashyolar (Semenov va Xeterodonta rodiolasi; topinambur tuganagi, mumiyo) asosida gipoglikemik, adaptogen dori vositalarini yaratish va tukli erva o‘ti, gazanda bargi, makkajo‘xori onalik gulining ustunchasi va og‘izchasi, na’matak mevasidan urokonit substansiyasi va dori shaklini olish hamda standartlash usullarini ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

ilk bor tabiiy xomashyolar asosida gipoglikemik ta’sirga ega glikorazmulin, diabenit va diaglikon, adaptogen ta’sir qiluvchi stibio va buyrak-peshob kasalligiga qarshi urokonit dori vositalari olishning maqbul sharoitlari aniqlangan;

birinchi marta Semenov rodiolasi ildizpoya va ildizidan salidrozid va viridozid birikmalari ajratib olingan va tavsiflangan;

rodiola o‘simliklaridan olingan dori vositalarining sifat nazorati salidrozid standarti orqali isbotlangan;

diabenit, diaglikon, stibio va urokonit dori shakllarining sifatini nazorat qilish va standartlash usullari aniqlangan;

birinchi marta rodiola ildizpoya va ildizi, topinambur tuganagi va mumiyo asosida olingan diaglikon substansiyasi olishning maqbul usuli asoslangan va gipoglikemik ta’sirida sinergizm sodir bo‘lishi aniqlangan;

glikorazmulin substansiyasining immunostimulyatorlik va antioksidantlik xossaga, jigar, yurak mitoxondriyasi membranasiga stabillovchi ta’sirga ega ekani aniqlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:

Diabenit, diaglikon, stibio va urokonit dori vositalarining olinishi va standartizatsiyasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

Diaglikon gipoglikemik dori vositasi uchun O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti (23.12.2015 y., №IAP 05143) olingan. Ilmiy tadqiqot natijasida olingan tarkib diabet II tur kasalliklarini kompleks terapiyasida samarali foyda beradi;

Semenov rodiolasi ildiz va ildizpoya xomashyosi (2008 yil 27 yanvar` №37/01-08), Salidrozid standart namunasi, Glikorazmulin substansiyasi, Glikorazmulin – 100 mg kapsulalari (2012 yil
23 aprel` №110/01-12), Diabenit – 100 mg (2016 yil 10 iyun` №29/01-273) Dori vositalari va tibbiy texnika sifatini nazorat qilish bosh boshqarmasi ro‘yxatidan o‘tkazilgan. Ushbu dori vositalari amaliyotga tatbiq etilgan.

Glikorazmulin substansiyasi va Diabenit – 100 mg kapsulalarining sanoatda ishlab chiqarish reglamenti «Uzfarmsanoat» davlat aksionerlik konsernining 2015 yil 15 oktyabrdagi 12-son bayonnomasi bilan tasdiqlangan hamda Dori vositalari va tibbiy texnika sifatini nazorat qilish bosh boshqarmasi ro‘yxatidan o‘tkazilgan (PR 42-Uz-03873/22175941 - 2186 - 2015; PR 42-Uz-03873/22175941- 2187 -2015).Ushbu dori preparatlarini ishlab chiqarish import o‘rnini bosadi. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish