Isagaliev Murodjon To‘ychiboevichning
doktorlik dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): «Tog‘ va tog‘ oldi tuproqlarining ekologik-genetik xususiyatlari va unumdorligini tadqiq etish (Farg‘ona vodiysi misolida)», 03.00.13–Tuproqshunoslik (biologiya fanlari).
Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: /Biologiya fanlari nomzodi/.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 12.05.2015/B2015.1.V150.
Ilmiy maslahatchi: Yuldashev Gulom Yuldashevich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, Andijon qishloq xo‘jalik instituti va Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot instituti, 14.07.2016.Qx/B.24.01.
Rasmiy opponentlar: Mirzajonov Qirg‘izboy Mirzajonovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Tursunov Xamza Xamdamovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Isaqov Valijon Yunusovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: morfogenetik va landshaft-geokimyoviy tadqiqot usullari asosida tog‘ va tog‘ oldi tuproqlariga majmuaviy tavsif berish, ekologik-genetik xususiyatlariga kimyoviy elementlarning migratsiya, akkumulyasiya va differensiatsiyasining ta’sirini onalik jinsi-tuproq-o‘simlik zanjirida amalga oshirish hamda unumdorligini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Farg‘ona vodiysi tog‘ va tog‘ oldi tuproq hosil bo‘lishi jarayonlari yog‘inlar, sug‘orish suvlari, rel`ef va boshqalar ta’sirida hozirgi ekologik-genetik va tuproq-geokimyoviy xususiyatlarni olganligi isbotlangan;
turli xil sharoit va jinslar ustida shakllangan qo‘ng‘ir tog‘-o‘rmon va tog‘ jigarrang tuproqlarining morfogenetik, biogeokimyoviy, fizik-kimyoviy, kimyoviy xossalari va geokimyoviy bar`erlari aniqlangan;
tuproq va onalik jinslarida Rb, Cs, Cr, U, Sc, La, Hf, Sb, Ce, Sm, Tb, Yb, Lu, Thlarning pedogeokimyosi va fon miqdorlari aniqlangan;
tog‘ va tog‘ oldi tuproqlarning gumuslilik holati, gumifikatsiya va mineralizatsiya jarayoni, gumus ful`vatli-gumat tipga mansubligi hamda SGK:SFK nisbati 1–2 oralig‘ida tebranishi isbotlangan;
yangi ikki tomonlama pedogeokimyoviy bar`erlar ajratilib, bariyli, magniyli, molibdenli va boshqa pedogeokimyoviy provinsiya aniqlangan, shu asosida tuproq va onalik jinsining genetik, geokimyoviy va ekologik-genetik holati va xususiyatlari isbotlangan;
tuproqlarning vertikal mintaqaviylik chegaralarida gidrotermik ko‘rsatkichlar vodiyning shimoliy va janubiy qismlarida yillik o‘rtacha haroratni 1,85єS ga ko‘tarilishi, natijada aridlanish jarayonini ortib borayotganligi, tuproq genezisi, xossalariga hamda elementar landshaft bloklariga muhim ta’sir ko‘rsatishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Farg‘ona vodiysi tog‘ va tog‘ oldi tuproqlarining ekologik-genetik xususiyatlari va unumdorligini tadqiq etish bo‘yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida:
Farg‘ona vodiysi tog‘ va tog‘ oldi tuproqlari mintaqasidagi ko‘p yillik iqlim hamda tuproqda sodir bo‘layotgan ekologik o‘zgarishlar va buning natijasida aridlanish jarayonining ortib borayotganligi, tuproq-geokimyoviy provinsiyasi, bar`erlari hamda og‘ir metallar, radionuklidlar bilan ifloslanishi tuproq muhofazasiga doir masalalarga aniqlik kiritishda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi 28.10.2016 y. №RF-02/21-6332-son ma’lumotnomasi). Bunda tuproqda, uni hosil qiluvchi onalik jinslarida, o‘simliklarda makro- va mikroelementlar miqdorlari, migratsiyasi va akkumulyasiyasi hamda ekologik xususiyatlari aniqlangan, bundan tashqari tog‘ va tog‘ oldi tuproqlarida bariyli (KK 1,71–6,63), molibdenli (KK 1,63–4,64) va boshqa provinsiyalar ishlab chiqilgan hamda bir qator makro- va mikroelementlar uchun ishlangan fon miqdorlaridan tuproq-geokimyoviy anomaliyalar va provinsiyalar ishlab chiqish uchun qabul qilingan;
tadqiqot natijalari F5-008+(F5-007+F5-006) raqamli «Sug‘oriladigan tuproqlarning evolyusiyasi va tuproq unumdorligini boshqarishning nazariy asoslarini tadqiq etish» mavzusidagi fundamental loyihaning bajarilishida foydalanilgan (Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasining 10.10.2016 y. №FTK-0313/672-son ma’lumotnomasi). Bunda vodiyning sug‘oriladigan tuproqlari unumdorligini ko‘rsatuvchi morfologik belgilar, gumuslilik holati, kimyoviy tahlil natijalari, biomikroelementlar bilan ta’minlanganlik darajasi, sug‘orish, agroirrigatsion qatlamlar tuproq genezisi, xossalariga va elementar landshaft bloklariga muhim ta’siri hamda olingan fizik-kimyoviy va boshqa tahlil ma’lumotlaridan foydalanilgan.
a boshqa ma’lumotlardan foydalanilgan.