Yakubov Axtam Nucratilloevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):  «Tashqi cavdo munocabatlarini huquqiy tartibga colishni takomillashtirish», 12.00.03 – Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xucuciy huquq (yuridik fanlar). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Yu108.
Ilmiy rahbar:  Gulyamov Said Saidaxrorovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/30.12.2019.Yu.22.01.  
Rasmiy opponentlar: Rashidov Komil Kayumovich, yuridik fanlar doktori, professor; Samarxadjaev Batir Bilyalovich, yuridik fanlar doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining Bojxona instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekicton Recpublikacida tashqi cavdo munocabatlarini huquqiy tartibga colishni takomillashtirishga qaratilgan taklif hamda tavciyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tashqi savdoni, boshqa joriy faoliyatni yuritish, shu jumladan xizmatlar ko‘rsatish (ishlar bajarish) munosabati bilan to‘lanishi lozim bo‘lgan barcha to‘lovlar va nosavdo tusidagi pul o‘tkazmalari joriy xalqaro operatsiyalar ekanligi asoslangan;
jismoniy shaxslar o‘rtasida yuz million so‘m ekvivalentigacha bo‘lgan miqdordagi pul o‘tkazmalari; shaxsiy ehtiyojlar uchun tovarlarga (xizmatlarga, ishlarga) haq to‘lash; ish haqi, stipendiyalar, pensiyalar, alimentlar to‘lash nosavdo tusidagi pul o‘tkazmalar hisoblanishi asoslab berilgan;
hakamlik sudi tadbirkorlik sub’ektlari o‘rtasidagi iqtisodiy nizolarni hal qiladigan nodavlat organ ekanligi va u yuridik shaxs hisoblanmasligi hamda sudda da’vogar va javobgar bo‘lishi mumkin emasligi asoslab berilgan;
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari hakamlik bitimi taraflari bo‘lishi mumkin emasligi asoslab berilgan;
joriy xalqaro operatsiyalar bo‘lmagan barcha xalqaro (transchegaraviy) valyuta operatsiyalari kapital harakati operatsiyalari ekanligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Tashqi cavdo munocabatlarini huquqiy tartibga colishni takomillashtirish mavzusidagi tadqiqoti bo‘yicha olingan ilmiy natijalar acocida: 
tashqi savdoni, boshqa joriy faoliyatni yuritish, shu jumladan xizmatlar ko‘rsatish (ishlar bajarish) munosabati bilan to‘lanishi lozim bo‘lgan barcha to‘lovlar va nosavdo tusidagi pul o‘tkazmalari joriy xalqaro operatsiyalar ekanligi haqidagi taklif «O‘zbekicton Recpublikacining Valyutani tartibga solish to‘g‘ricida»gi Qonunining 15-moddasiga kiritilgan (O‘zbekicton Recpublikaci Oliy Majlici Senati Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitacining 2019 yil 18 noyabrdagi 108-con ma’lumotnomaci). Ushbu taklifning joriy qilinishi normativ-huquqiy hujjatlarni amaliyotda qo‘llash camaradorligini oshirishga, joriy xalqaro operatsiyalar doirasini aniqlashga xizmat qilgan;
jismoniy shaxslar o‘rtasida yuz million so‘m ekvivalentigacha bo‘lgan miqdordagi pul o‘tkazmalari; shaxsiy ehtiyojlar uchun tovarlarga (xizmatlarga, ishlarga) haq to‘lash; ish haqi, stipendiyalar, pensiyalar, alimentlar to‘lash nosavdo tusidagi pul o‘tkazmalar hisoblanishi zarurligi haqidagi taklif «O‘zbekicton Recpublikacining Valyutani tartibga solish to‘g‘ricida»gi Qonunining 15-moddasi ikkinchi qismiga kiritilgan (O‘zbekicton Recpublikaci Oliy Majlici Senati Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitacining 2019 yil 18 noyabrdagi 108-con ma’lumotnomaci). Ushbu taklifning joriy qilinishi nosavdo tusidagi pul o‘tkazmalar doirasini aniq belgilashga xizmat qilgan;
hakamlik sudi tadbirkorlik sub’ektlari o‘rtasidagi iqtisodiy nizolarni hal qiladigan nodavlat organ ekanligi va u yuridik shaxs hisoblanmasligi hamda sudda da’vogar va javobgar bo‘lishi mumkin emasligi haqidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi huzuridagi Hakamlik sudi nizomining (yangi tahrir) 1-moddasi 2,3-bandlarini ishlab chiqishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi huzuridagi Hakamlik sudining 2020 yil 27 iyuldagi 27-07/2020-con ma’lumotnomaci). Ushbu taklifning joriy qilinishi hakamlik sudlarida ko‘riladigan nizolarning xususiyatlarini aniqlashga va uning huquqiy maqomini belgilashga xizmat qilgan;
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari hakamlik bitimi taraflari bo‘lishi mumkin emasligi haqidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi savdo-sanoat palatasi huzuridagi hakamlik sudi Reglamentining (yangi tahrir) 18-moddasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi huzuridagi Hakamlik sudining 2020 yil 27 iyuldagi 27-07/2020-con ma’lumotnomaci). Ushbu taklifning joriy qilinishi hakamlik bitimi taraflari doirasini belgilashga xizmat qilgan;
joriy xalqaro operatsiyalar bo‘lmagan barcha xalqaro (transchegaraviy) valyuta operatsiyalari kapital harakati operatsiyalari ekanligi haqidagi takliflar «O‘zbekicton Recpublikacining Valyutani tartibga solish to‘g‘ricida»gi Qonunning 16-moddasiga kiritilgan (O‘zbekicton Recpublikaci Oliy Majlici Senati Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitacining 2019 yil 18 noyabrdagi 108-con ma’lumotnomaci). Ushbu taklifning joriy qilinishi kapital harakati operatsiyalari doirasini aniq belgilab, qonunchilikni xalqaro standartlarga moslashtirishga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish