Turdialiev Avazbek Turdialievichning
doktorlik dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Markaziy Farg‘ona erlaridagi arzik-shoxli, shox-arzikli qatlamlar genezisi, fizik-kimyoviy va biogeokimyoviy xususiyatlari», 03.00.13–Tuproqshunoslik (biologiya fanlari).
Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: LA № 0004211.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 30.06.2015/B2015.2.B169.
Ilmiy maslahatchi: Yuldashev G‘ulom Yuldashevich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, Andijon qishloq xo‘jalik instituti va Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot instituti, 14.07.2016.Qx/B.24.01.
Rasmiy opponentlar: Toshqo‘ziev Maruf Mansurovich, biologiya fanlari doktori, professor; Tursunov Xamza Xamdamovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Isaqov Valijon Yunusovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand qishloq xo‘jalik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Markaziy Farg‘onada shakllangan sug‘oriladigan sho‘rlangan pedolitli o‘tloqi saz tuproqlarining agrokimyoviy, meliorativ va pedogeokimyoviy xususiyatlari hamda unumdorligini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor sug‘oriladigan o‘tloqi saz tuproqlarning genetik qatlamlarida arzik-shoxli, shox-arzikli qatlamlar chuqurligini sayozlashib borishi markaz tomon ko‘tarilib, er yuzasiga yaqinlashib borishi aniqlangan;
pedolitli qatlamlar va tuproqda qator mikro- va makroelementlar uchun fon miqdori ishlab chiqilgan;
kislorodli ikki tomonlama bar`erlar tavsifi takomillashtirilgan;
molibdenli kuchsiz, o‘rtacha, kuchli anomaliyalar ochilgan va unga mos ravishda provinsiyalar aniqlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Markaziy Farg‘ona erlaridagi arzik-shoxli, shox-arzikli qatlamlar genezisi, fizik-kimyoviy va biogeokimyoviy xususiyatlarini tadqiq etish bo‘yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida:
Markaziy Farg‘ona tuproqlarida pedolitli qatlamlarning yuza, sayoz va chuqur yotishi, ushbu qatlamlarni suv, makro- va mikroelementlar uchun pedogeokimyoviy bar`er rolini ijro etishi hamda molibdenli provinsiyani tuproqni sho‘rlanish darajasiga bog‘liq ekanligi, tuproqlarda mikroelementlarning fon miqdorlarini ishlab chiqilishi, tuproq unumdorligini oshirishda sayoz va yuza joylashgan pedolitli qatlamlarda mineral o‘g‘itlar uchun bar`er rolini ijro etuvchi mexanizm ishlab chiqilganligi bo‘yicha olingan natijalar asosida ishlab chiqarishga tavsiya etilgan ishi Farg‘ona viloyatining arzik-shoxli qatlamlarga ega bo‘lgan ekin maydonlarida joriy etilgan. (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 04.10.2016 y. №02/32-1216-son ma’lumotnomasi). Bunda tuproq unumdorligi saqlanib, tuproqlarning suv saqlash qobiliyati, agrofizik-agrokimyoviy xususiyatlari yaxshilangan, mineral o‘g‘itlardan foydalanish samaradorligi ortgan hamda vegetatsiya davrida sug‘orish me’yorlari belgilanib, suvni behuda sarflanishini oldi olinib, tejash imkoniyati yaratilgan;
tadqiqot natijalari OT-EF-3-011 raqamli «Mevali bog‘larning shiralarini o‘rganish» mavzusidagi fundamental loyihaning bajarilishida foydalanilgan (Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasining 08.11.2016 y. №FTK-03-13/778-son ma’lumotnomasi). Bunda Markaziy Farg‘onaning sug‘oriladigan o‘tloqi saz tuproqlarida arzik-shoxli, shox-arzikli qatlamlar chuqurligini sayozlashib borishi markaz tomon ko‘tarilib, er yuzasiga yaqinlashib borishidan, ilk bor aniqlangan pedolitli qatlamlarni joylashuvidan va boshqa ma’lumotlardan foydalanilgan.