Sultonov Ravshanjon Rustamovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «P`ezoelektriklarda yorug‘likning nochiziqli yutilishi, ikki fotonli ballistik tok va o‘lchamli kvantlashish», 01.04.07 – Kondensirlangan holat fizikasi (fizika-matematika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/FM487. 
Ilmiy rahbar: Rasulov Voxob Rustamovich, fizika-matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qo‘qon davlat pedagogika instituti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona politexnika instituti, RhD.03/27.02.2020.FM.106.01.
Rasmiy opponentlar: Ayuxanov Rashid Axmedovich, fizika-matematika fanlari doktori; Sultonov Nomonjon Akramovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy  ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi pezokristallarda qutblangan yorug‘lik ta’sirida sodir bo‘luvchi ikki va uch fotonli optik va chiziqli fotogal`vanik effektlarning mexanizmlarini, shuningdek spin bog‘langan o‘lchamli kvantlashishni tadqiq qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk marta tetraedr simmetriyali pezokristallarda bir vaqtda uch fotonli yutilishni e’tiborga olgan holda kub simmetriyali pezokristallarda uch va to‘rt fotonli chiziqli sirkulyar dixroizmining spektral bog‘lanishi, yorug‘lik ikki va uch fotonli yutilish koeffisientining spektral va temperaturaviy bog‘lanishlari hisoblangan;
ilk marta bir vaqtning o‘zida ikki fotonli yutilishni e’tiborga olgan holda Keldishning diagrammalar texnikasi asosida pezokristallarda ikki fotonli chiziqli fotogal`vanik effektning ballistik mexanizmi yaratilgan;
ikki fotonli ballistik tok kovaklarining effektiv gamil`tonianida to‘lqin vektorga nisbatan chiziqli, kvadratik va kubinchi hadlar e’tiborga olinganida sodir bo‘lishi isbotlangan;
pezokristallarda spin bog‘langan o‘lchamli kvantlashishni e’tiborga olgan holda tok tashuvchilar energetik spektri hisoblangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
P`ezokristallarda yorug‘likning nochiziqli yutilishi, ikki fotonli ballistik tok hamda o‘lchamli kvantlashish effektini tadqiq qilish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
hajmiy pezokristal hamda o‘lchamli kvantlashgan strukturalarda kechadigan va yorug‘likning qutblanish holatiga bog‘liq bo‘lgan optik va fotoelektrik hodisalar sohasida olib borilgan hisoblashlar OT-F2-71 «O‘ta yuqori chastotali elektromagnit maydondagi deformatsiyalangan p-n o‘tish vol`t-amper xaraktristikasiga yorug‘likning ta’sirini tadqiq qilish» mavzusidagi grant loyihasida pezokristal pardalardagi tok tashuvchilar oqimiga elektromagnit to‘lqinlarning ta’sirini tushuntirishda foydala¬nilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 27 iyuldagi 89-03-2653-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalardan foydalanish elektromagnit maydon ta’siridagi pezokristal pardalarda tok tashishning fizikaviy xususiyatlarini tushuntirish imkonini bergan;
pezokristallarda qutblangan yorug‘likning bir va ikki fotonli nochiziqli yutilishining nazariy hisoblash natijalari F2-OT-O-1594 raqamli «Eksitonlarni, polyaronlarni va bipolyaronlarni va ko‘chish hodisalarini tadqiq etish asosida nurlatgichlar, fotoelementlar va boshqa turdagi optoelektron asboblarning samaradorligini yaxshilash» mavzusidagi grant loyihasida pezokristalli fotoelektrik nurlatgichlarda ruxsat etilgan va taqiqlangan optik o‘tishlarni o‘rganishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 27 iyuldagi 89-03-2653-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalardan foydalanish pezokristallarda polyaron va bipolyaron ishtirokidagi elektron o‘tishlarini tushuntirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish