Bozorov G‘ayrat Rashidovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Mahalliy gil minerallar va ularning kompozisiyalari asosida polifunksional burg‘ilash eritmalarini olish texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.11 – Kolloid va membrana kimyosi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.DSc/T138.
Ilmiy maslahatchi: Abduraximov Saidakbar Abduraxmonovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti, DSc.02/30.12.2019.K/T.35.01.
Rasmiy opponentlar: Ergashev Oybek Karimovich, kimyo fanlari doktori; Aliev Baxodir Abdug‘anievich, texnika fanlari doktori; Erkabaev Furqat Ilyosovich, texnika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy gil minerallar va ularning kompozisiyalari asosida mexanik-kimyoviy dispergatorni qo‘llab, polifunksional burg‘ilash eritmalarni olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
termo- va tuzga chidamlilik, hamda moylanish va tiksotrop xossalarini ta’minlay oladigan polifunksional burg‘ilash eritmalarini olishda mahalliy gilli minerallardan foydalanish imkoniyati aniqlangan;
mahalliy gil minerallar tabiatining (bentonit, paligorskit, gidroslyuda va boshq.) olinadigan burg‘ilash eritmalari fizik-kimyoviy, texnologik va kolloid-kimyoviy xossalariga ta’siri aniqlangan;
yaratilgan mahalliy minerallarning kompozisiyalari va ular asosida olinadigan burg‘ilash eritmalarida sinergizm effektlari aniqlangan;
ilk bor olinadigan burg‘ilash eritmalari turg‘unligini oshiradigan, paxta soapstoki yog‘ kislotalari asosidagi ishqoriy SFM sintez qilingan;
uzluksiz ishlovchi mexanik-kimyoviy dispergatordan foydalangan xolda polifunksional burg‘ilash eritmalaridagi gil minerallarning dispersligini oshishi isbotlangan;
burg‘ilashning murakkab geologik-texnik sharoitlarida fizik-kimyoviy, texnologik va kolloid-xossalarini saqlash xususiyatiga ega mahalliy gil minerallar kompozisiyalari, paxta soapstoki yog‘ kislotalaridan olingan ionogen SFM va mexanik-kimyoviy dispergatordan foydalanish asosida polifunksional eritmalar olishning ilmiy-texnologik prinsiplari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mahalliy gil minerallar va ularning kompozisiyalari asosida polifunksional burg‘ilash eritmalarini olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ishlatilgan moyli gillardan asosida polifunksional burg‘ilash eritmalarini olish texnologiyasi «Qashqadaryo parmalash ishlari» AJda amaliyotga joriy etilgan («O‘zbekneftegaz» AJning 2020 yil 26 avgustdagi 04-24-08-son ma’lumotnomasi). Natijada, bu import o‘rnini bosish va tannarxi 1,2–1,5 barobarga kamaytirib, mahalliy burg‘ilash eritmalarini ishlab chiqarish imkonini bergan;
mexanik-kimyoviy dispergatordan burg‘ilash eritmalarini olishning yangi kombinatsiyalangan usuli «Olot NGQE» MChJda amaliyotga joriy etilgan («O‘zbekneftegaz» AJning 2020 yil 26 avgustdagi 04-24-08-son ma’lumotnomasi). Natijada, yuqori haroratlarga va tuzli agressiyalarga chidamli bo‘lgan yuqori-dispergirlangan burg‘ilash eritmalarini olish imkonini bergan;
mexanik-kimyoviy dispergatordan foydalanib polimineral kompozisiyalardan termo- va tuzga chidamli burg‘ilash eritmalarini olishning yangi usuli «Olot NGQE» MChJda amaliyotga joriy etilgan («O‘zbekneftegaz» AJning 2020 yil 26 avgustdagi 04-24-08-son ma’lumotnomasi). Natijada, yaratilgan kompozisiyalar asosida ishlab chiqilgan burg‘ilash eritmalarning yuqori haroratda (160-1800S) va tuzli agressiyada asosiy ko‘rsatkichlarini barkarorlashtirish imkonini bergan.