Xalmanov Baxtiyor Abdurashidovichning

doktorlik dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Gossypium hirsutum L. turiga mansub ayrim ekstremal omillarga chidamli seleksion ashyolarni yaratish», 06.01.05–Seleksiya va urug‘chilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).

Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: /qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi/.

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 30.09.2014/B2014.5.Qx123.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti va Andijon qishloq xo‘jalik instituti, 14.07.2016.Qx.22.01.

Rasmiy opponentlar: Ergashev Ibragim Tashkentovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Rizaeva Safiya Mamedovna, biologiya fanlari doktori, professor; Mamaraximov Bunyod Ikramovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori.

Yetakchi tashkilo: O‘simlikshunoslik ilmiy-tadqiqot instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II.Tadqiqotning maqsadi: gamma nurining har xil me’yorlarini quruq chigitga ta’sir ettirib, markerga asoslangan seleksiyaning biokimyoviy usuli, seleksiyaning sintetik va boshqa an’anaviy usullarini qo‘llash natijasida G. hirsutum L. turiga mansub yangi seleksion ashyolarni yaratish hamda ularni turli ekstremal sharoitlarga chidamliligini aniqlashdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

ilk bor G. hirsutum L. ga mansub S-9082, Turon, Buxoro-102, Jarqo‘rg‘on navlarining quruq chigitlari 60So elementi gamma nurining turli dozalarida nurlantirilib, qimmatli xo‘jalik belgilariga ega bo‘lgan mutant tizmalar (MT-90, MT-7, MT-10) va navlar (SP-2530, SP-2531, SP-2532) ajratib olingan;

mutant shakllarning suv tanqisligiga chidamliligini aniqlash uchun turli sug‘orish tartiblari  qo‘llanilib, sun’iy  suv tanqisligi hosil qilingan, tajribalar sizot suvlari chuqur joylashgan, eroziyaga uchragan va zichlashgan tipik bo‘z tuproqlar sharoitida o‘tkazilgan;

yangi yaratilgan o‘rta va ingichka tolali mutant tizmalarining Verticillium, Fusarium zamburug‘ va Xanthomonas bakterial kasalliklariga chidamliligi kasalliklar bilan sun’iy zararlantirilgan («Fitotron-issiqxona» majmui) va Verticillium  zamburug‘i bilantabiiy zararlangan muhitlarda aniqlangan;

L-712 tizmasining (C-6570) «hosildorlik» belgisining shakllanishi Qashqadaryo viloyatining majmuaviy ekstremal omillar mavjud bo‘lgan mintaqalarda ya’ni,  tabiiy issiq atmosfera harorati va havoning past nisbiy namligi, gumus bilan kam ta’minlangan, zichlashgan taqirsimon tuproqlari sharoitida turli ko‘chat qalinligiga bog‘liqligi aniqlangan;

tuproq sho‘rlanishi va suv tanqisligiga chidamli G. hirsutum L turiga mansub S-9085 navi 2013 yildan boshlab Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha istiqbolli navlar ro‘yxatiga, Namangan-102 navi  2016 yildan boshlab Qashqadaryo viloyati bo‘yicha Davlat Reestriga kiritilgan;

G. hirsutum L. ga mansub turli yangi seleksion ashyolarning «hosildorlik» belgisining shakllanishi Qoraqalpog‘iston Respublikasining ayrim oziq elementlari taqchil, kuchli sho‘rlangan tuproqlari sharoitida sinalib, muhitga moslari tanlangan;

yangi yaratilgan nav va tizmalarning qimmatli-xo‘jalik belgilari orasidagi korrelyasion va regression bog‘liqligi aniqlangan.

IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:

G‘o‘zaningayrim ekstremal omillarga chidamli seleksion ashyolarni yaratish bo‘yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqotlar natijalari asosida:

o‘rta tolali g‘o‘zaning Namangan-102 naviga O‘zbekiston Respublikasi Davlat patent idorasining patenti olingan (NAP 00067, 27.06.2006);

o‘rta tolali g‘o‘zaning S-9083 naviga O‘zbekiston Respublikasi Davlat patent idorasining patenti olingan (NAP 00097, 31.07.2008);

o‘rta tolali g‘o‘zaning S-9085 naviga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining patenti olingan (NAP 00126 07.12.2010).

Mazkur g‘o‘za navlari 2016 yilda respublika paxtachilik fermer xo‘jaliklarida jami 4,2 ming gektar maydonda ekildi.

G‘o‘zaning  Namangan-102 navi Qashqadaryo viloyati uchun  2016 yildan boshlab Davlat Reestriga kiritilgan va 2013 yildan viloyatning paxtachilik fermer xo‘jaliklarida jami 3 ming gektar, S-9083 navi 2013 yili Qashqadaryo viloyatida 30 gektar maydonga ekilgan. S-9085 g‘o‘za navi 2013 yildan istiqbolli navlar ro‘yxatiga kiritilgan va 2013-2015 yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida jami 12 ming gektar, gamma nuri ta’sirida yaratilgan G. hirsutum turiga mansub SP-2530 navi Surxondaryo viloyati, Jarqo‘rg‘on tumani Surxon tajriba uchastkasida 2015 yilda 4 gektar, SP-2531 navi 1 gektar maydonga ekilgan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 30.06.2016 y., 02/20-887-son ma’lumotnomasi). Bunda yangi Namangan-102 g‘o‘za navidan andoza Namangan-77 naviga nisbatan gektariga 5–6 sentner, S-9085 navi andoza S–4727 naviga nisbatan o‘rtacha 1–2 sentner qo‘shimcha pahta hosili olingan, tola chiqimi andoza navlarga nisbatan 1–2 foiz yuqori bo‘lgan, tolasining shtapel massa uzunligi 1,1–1,3 millimetrga va mikroneyr ko‘rsatkichi 0,1–0,2 birlikka kamligi aniqlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish