Komilova Mastura Safarovnaning
doktorlik dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Birinchi tug‘uvchi ayollarda normal joylashgan yo‘ldosh barvaqt ko‘chishining patogenezi diagnostikasi va olib borish taktikasi», 14.00.01–Akusherlik va ginekologiya (tibbiyot fanlari).
Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: /katta ilmiy xodim izlanuvchi/.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № 30.09.2014/B2014.3-4.Tib8.
Ilmiy maslahatchi: Paxomova Janna Evgen`evna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, 16.07.2013.Tib.18.01.
Rasmiy opponentlar: Doshhanova Aykerim Mjaverovna, tibbiyot fanlari doktori, professor (Moskva); Sultanov Saidazim Nosirovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Sadriddinov Asomiddin Fayazovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: D.O.Ott nomidagi akusherlik, ginekologiya va reproduktologiya ilmiy- tadqiqot institutiti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: birinchi tug‘uvchi homilador ayollarda gipertenziv sindromsiz NJYBK rivojlanishini tashxislashni takomillashtirish va homiladorlikni olib borish uchun patogenetik mexanizmlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor gipertenziya sindromsiz NJYBKda tomir-endotelial hamda yo‘ldoshning o‘sish omili, Villebrand omil, febronektin, oksidativ stress, yallig‘lanishga xos va yallig‘lanishga qarshi sitokinlar ko‘rsatkichlari baholanib, bu o‘zgarishlar natijasida qon-tomir devorlarida endotelial disfunksiya rivojlanishi va organizmda tizimli yallig‘lanish yuzaga kelishi isbotlangan;
ilk bor gipertenziya sindromi kuzatilmagan NJYBKning engil darajasida ona–yo‘ldosh–homila qon oqimi holati baholangan, yo‘ldoshning barvaqt ko‘chishida homilada sifatli qon oqimining ma’lum vaqtgacha saqlanishiga ta’sir qiluvchi ona–homila qon oqimi himoya mexanizmlarining rivojlanishi aniqlangan va qon oqimi holatiga qarab homiladorlarni olib borish taktikasi ishlab chiqilgan;
endotelial disfunksiya, sitokin status ko‘rsatkichlari, homiladorlar va ularning chaqaloqlarida ona–yo‘ldosh–homila qon oqimi ko‘rsatkichlari to‘g‘ri va teskari korrelyasion o‘zaro bog‘liqligi aniqlangan;
gipertenziv sindromsiz NJYBKda yo‘ldosh va bachadonning ona–yo‘ldosh yuzasidagi desidual hujayralar destruksiyasi, kapillyarlar endoteliysining oydinlashishi, sinsitiotrofoblast va bazal membrananing yo‘ldosh endoteliysi bilan birgalikda uning to‘qima antigenlariga nisbatan immunotsitokimyoviy reaksiya yuzaga kelishi aniqlangan;
gipertenziv sindrom kuzatilmagan NJYBKning patogenezi rivojlanish chizmasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
«Normal joylashgan yo‘ldoshning barvaqt ko‘chishida ayollarni tekshirish usullari va olib borish taktikasi» uslubiy tavsiyanomasi ishlab chiqilgan va Sog‘liqni saqlash vazirligida tasdiqlangan (2015 yil 23 dekabrdagi 8N-r/631son). Ushbu uslubiy qo‘llanmadan sog‘liqni saqlash tizimida NJYBK rivojlanishini prognozlash hamda uning asoratlarini kamaytirish yo‘llarini o‘rganishda samarali foydalanilgan.
Normal joylashgan yo‘ldoshning barvaqt ko‘chishini erta tashxislash, prognozlash mezonlarini aniqlash va davolashni unumli usullarini qo‘llash sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan Andijon viloyati perinatal markazi va Toshkent shahar 6-tug‘ruq kompleksiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2015 yil 7 sentyabrdagi 8N–d/48-son ma’lumotnomasi). NJYBK bilan bo‘lgan homiladorlarning olib borish algoritmi joriy etilishi natijasida ayollar va ularning chaqaloqlarini reanimatsiya, statsionar bo‘limlarda bo‘lishi 38,5 foizga, perenatal o‘lim ko‘rsatkichi 11,3 foizga va ayollarda asoratlar chastotasi 2,5 baravar kamaydi.