Abulhasan Nuriymon Abdurahimning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Jamiyat siyosiy barqarorligiga diniy mazmundagi virtual tahdidlarning ta’siri», 23.00.02 – Siyosiy institutlar, jarayonlar va texnologiyalar (siyosiy fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Ss136.
Ilmiy rahbar: Muhammadsidiqov Muhammadolim Muhammatroziq o‘g‘li, siyosiy fanlar doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Ss.01.08.
Rasmiy opponentlar: Ravshanov Fazliddin Ravshanovich, siyosiy fanlar doktori, professor; Ahmedov Husniddin Aliqulovich, siyosiy fanlar doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: jamiyat siyosiy barqarorligiga rahna soluvchi diniy mazmundagi virtual tahdidlarning kelib chiqish sabablari, ularning mintaqadagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat va siyosiy jarayonlarga ta’sirini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ijtimoiy tarmoqlarda diniy mazmundagi axborot va da’vatlarning tobora siyosiylashib borayotganligi, tashqi kuchlarning mamlakatimizdagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlarga aralashishga intilishi jamiyatimiz barqarorligiga salbiy ta’sir qiluvchi omillar ekanligi ochib berilgan;
radikal oqimlarning ijtimoiy tarmoqlarda siyosiy faollashuvini oldini olish va diniy mazmundagi yot g‘oyalarga qarshi kurashishda asosli raddiya berish, izohlash, sharhlash kabi usullardan keng foydalanish samarali ekanligi asoslangan;
ijtimoiy tarmoqlarda dinni noto‘g‘ri talqin qilish holatlarining ko‘payishi davlat va din o‘rtasidagi mo‘’tadil munosabatlarni izdan chiqarishi mumkin bo‘lgan omillardan biri ekanligi nazariy jihatdan ilmiy asoslangan;
radikal oqim vakillari tomonidan amalga oshirilayotgan noqonuniy xatti-harakatlarni baholashda hamda rasmiy manbalarda ularni din bilan bog‘lash amaliyotchiligiga barham berish lozimligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tadqiqotning natijalari, undagi ilmiy xulosa va takliflarning amaliyotga joriy etilayotgani bo‘yicha quyidagi tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilgan:
ijtimoiy tarmoqlarda diniy mazmundagi axborot va da’vatlarning tobora siyosiylashib borayotganligi hamda tashqi kuchlarning mamlakatimizdagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlarga aralashishga intilishi jamiyatimiz barqarorligiga salbiy ta’sir qiluvchi omillar ekanligiga oid ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazida “O‘zbekistonda dinlararo bag‘rikenglik” nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan. (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2020 yil 7 iyuldagi 02/07-639-sonli ma’lumotnomasi). Dissertatsiyada ilgari surilgan taklif va tavsiyalar Markaz tomonidan tayyorlangan o‘quv qo‘llanmaning internet saytlari va ijtimoiy tarmoqlarga qo‘yilishi noxolis axborotlarga qarshi aholi, ayniqsa yoshlarni mafkuraviy immunitetni mustahkamlashga qaratilgan profilaktika va targ‘ibot-tashviqot ishlar natijadorligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan;
radikal oqimlarning ijtimoiy tarmoqlarda siyosiy faollashuvini oldini olish hamda diniy mazmundagi yot g‘oyalarga qarshi kurashishda asosli raddiya berish, izohlash, sharhlash kabi usullardan keng foydalanish samarali ekanligiga doir xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida “Islomda ijtimoiy illatlar muolajasi” nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining 2020 yil 8 iyuldagi 210/20-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu o‘quv qo‘llanma Markazning virtual tahdidlarni bartaraf etish, jaholatgga qarshi ma’rifat bilan kurashish, yosh avlodni gumanistik g‘oyalar, milliy g‘urur va iftixor ruhida tarbiyalashga qaratilgan ishlari samarodorligi oshishiga katta hissa qo‘shgan;
ijtimoiy tarmoqlarda dinni noto‘g‘ri talqin qilish holatlarining ko‘payishi davlat va din o‘rtasidagi mo‘’tadil munosabatlarni izdan chiqarishi mumkin bo‘lgan omillardan biri ekanligiga oid taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy Xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida “Islomofobiyani bartaraf etish omillari” nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy Xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi 2020 yil 3 iyuldagi 02/182-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklif va tavsiyalardan Markaz faoliyatida foydalanishi natijasida uning ushbu yo‘nalishdagi profilaktika va targ‘ibot-tashviqot ishlari samaradorligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan;
radikal oqim vakillari tomonidan amalga oshirilayotgan noqonuniy xatti-harakatlarni baholashda hamda rasmiy manbalarda ularni din bilan bog‘lash amaliyotchiligiga barham berish lozimligiga doir nazariy xulosa va tavsiyalardan “Islomofobiyani bartaraf etish omillari” nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy Xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi 2020 yil 3 iyuldagi 02/182-sonli ma’lumotnomasi). Natijada Markazda ma’ruzachilar uchun ushbu o‘quv qo‘llanma asosida tayyorlangan ma’ruza matnlarida ekstremizm, terrorizm kabi tushunchalarni din bilan bog‘lamaslik amaliyotini ta’minlashga munosib hissa qo‘shgan.