Radjapova Zuxra Tirkashevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Dizayn to‘garaklarida o‘quvchilarning ijodiy qobiliyatini rivojlantirish metodikasi», 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Ped152.
Ilmiy rahbar: Bulatov Saidaxbor Sobitovich, pedagogika fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Ismoilova Zuxra Karabaevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Boymetov  Botir, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi dizayn to‘garaklarida o‘quvchilarning ijodiy qobiliyatini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
dizayn to‘garaklarida o‘quvchilar ijodiy qobiliyatini rivojlantirish jarayonining modeli o‘quvchi tomonidan ijodiy namunani yarata olish  parametrlari asosida takomillashtirilgan;
o‘quvchilarning ijodiy qobiliyatini rivojlantirish metodikasi dizaynga oid muammoga mantiqiy yoki nostandart qarash asosida takomillashtirilgan;
o‘quvchilarning ijodiy qobiliyatini rivojlantirish texnologiyalari dizaynga mavzular kesimida maqsadli topshiriqlar tizimini ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan;
dizayn to‘garaklarida o‘quvchilar ijodiy qobiliyatining rivojlanganlik darajasini past (kognitiv daraja), o‘rta (amaliy-faoliyatli daraja) va yuqori (ijodiy-rekleksiv daraja) kompetentli mezonlar asosida baholash ko‘rsatkichlari diagnostik va majmuaviy yondashuvlar orqali aniqlashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Dizayn to‘garaklarida o‘quvchilarning ijodiy qobiliyatini rivojlantirish jarayonini tashxis qilishga oid takliflar asosida:
dizayn to‘garaklarida o‘quvchilarning ijodiy qobiliyatini rivojlanganlik darajasini tashxislash bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Intellektual mulk agentligining SAP 01771, SAP 01796 «Devoriy dekorativ bezak» nomli sanoat namunasi patenti mazmuniga  singdirilgan  (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 4 fevraldagi 89-03-446-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning amaliyotga joriy qilinishi dizayn to‘garaklarida o‘quvchilarning ijodiy qobiliyatini aniqroq baholash va uning natijasida monitoring ishlarini maqsadli tashkil qilish imkonini bergan;
o‘quvchilarning ijodiy qobiliyatini rivojlantirish metodikasini muammoga mantiqiy hamda nostandart yondashish yoki masalani alohida tizim sifatida loyihalash asosida takomillashtirishga oid takliflardan №A-1-30 “Milliy ramzlar ensiklopediyasini tayyorlash va nashr etish” nomli ilmiy grant (2015-2017 yy.) doirasida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 4 fevraldagi 89-03-446-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning amaliyotga joriy qilinishi dizayn to‘garaklarida o‘quvchilar ijodiy qobiliyatini rivojlanganlik darajasini tashxis etish va monitoringini amalga oshirish mexanizmlarini takomillashtirish imkonini bergan;
o‘quvchilarning ijodiy qobiliyatini rivojlantirish texnologiyalarini dizaynga mavzular kesimida maqsadli topshiriqlar tizimi asosida takomillashtirish bo‘yicha takliflardan №A-1-30 “Milliy ramzlar ensiklopediyasini tayyorlash va nashr etish” nomli ilmiy grant (2015-2017 yy.) doirasida  foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 4 fevraldagi 89-03-446-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning amaliyotga joriy qilinishi dizayn to‘garaklarida o‘quvchilarning ijodiy qobiliyatini  “Ijodiy g‘oya generatori”, “Moddiyatdagi mantiq”, “Xayolotdagi cheksizlik” kabilar asosida rivojlantirish imkonini bergan;
o‘quvchilar ijodiy qobiliyatining rivojlanganlik darajasini baholash bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Intellektual mulk agentligining SAP 01771, SAP 01796 «Devoriy dekorativ bezak» nomli sanoat namunalari patenti mazmuniga  singdirilgan  (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 4 fevraldagi 89-03-446-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning amaliyotga joriy qilinishi dizayn to‘garaklarida o‘quvchilarni past, o‘rta va yuqori kompetentli mezonlar asosida tabaqalashtirish asosida ta’lim sifatini oshirishga yo‘naltirilgan maxsus mashqlarni qo‘llash imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish