Asqarova Manzura Avazbekovnaning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon.
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida o‘qish va matnni tushunish ko‘nikmalarini rivojlantirish”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Ped537.
Ilmiy rahbar: Hodjaev Begzod Xudoyberdievich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Ped.76.02.
Rasmiy opponentlar: Ma’murov Bahodir Baxshullaevich, pedagogika fanlari doktori, professor; Sobirova Maxbubaxon Yusupdjanovna, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida o‘qish va matnni tushunish ko‘nikmalarini rivojlantirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
zamonaviy ta’lim muhiti sharoitida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘qish va matnni tushunish ko‘nikmalarini rivojlantirish jarayoni tuzilmasi xalqaro baholash dasturi talablarini milliy o‘qitish tizimi bilan o‘zaro uyg‘unligining kooperativ darajaviyligini bevosita belgilash asosida takomillashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida o‘qish va matnni tushunish ko‘nikmalarini rivojlantirish tizimining amaliy komponenti mantiqiy, kreativ va tanqidiy fikrlashga o‘rgatishga doir interfaol topshiriqlarni intensiv loyihalash asosida takomillashtirilgan;
o‘quvchilarning matnga oid tuzilgan test topshiriqlarini bajarish ko‘nikmasini baholashning differensial mezonlari (produktiv, kreativ, mantiqiy) xalqaro baholash dasturlari talablariga mos ravishda o‘quv topshiriqlarini yaratish va mantiqiy tizimlashtirish jarayonining analitik tafakkurni rivojlantirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatish darajasi jadalligini hisobga olish asosida aniqlashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida o‘qish va matnni tushunish ko‘nikmalarini rivojlantirishning metodik ta’minoti ijodiy va analitik fikrlashni shakllantirishga yo‘naltirilgan hamkorlikdagi ijodiy faoliyatni tashkil etish texnologiyasini tizimli qo‘llash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida o‘qish va matnni tushunish ko‘nikmalarini rivojlantirish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot natijalari asosida:
zamonaviy ta’lim muhiti sharoitida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘qish va matnni tushunish ko‘nikmalarini rivojlantirish jarayoni tuzilmasini aniqlashtirish, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida o‘qish va matnni tushunish ko‘nikmalarini rivojlantirish tizimining amaliy komponentini takomillashtirishga doir takliflardan boshlang‘ich sinflar uchun “O‘qish” va “Ona tili” fanlaridan Davlat ta’lim standartlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Respublika ta’lim markazining 2020 yil 23 iyundagi 01/11-03/03-58-6-son ma’lumotnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida o‘qish va matnni tushunish ko‘nikmalarini rivojlantirish mazmunini takomillashtirishga erishilgan;
o‘quvchilarning matn bilan ishlash ko‘nikmasini baholashning differensial mezonlarini aniqlashtirish, xalqaro baholash dasturlari talablariga mos ravishda o‘quv topshiriqlarini yaratish va mantiqiy tizimlashtirish jarayonining analitik tafakkurni rivojlantirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatish darajasi jadalligini hisobga olishga doir taklif va tavsiyalardan Xalq ta’limi vazirining 2018 yil 14 dekabrdagi 316-sonli buyrug‘i 2-ilovasi bilan tasdiqlangan xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etish bo‘yicha yo‘l xaritasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Respublika ta’lim markazining 2020 yil 23 iyundagi 01/11-03/03-58-6-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur takliflar boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini matn bilan ishlash kompetensiyasini rivojlantirish va xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida o‘qish va matnni tushunish ko‘nikmalarini rivojlantirishning metodik ta’minotini takomillashtirish ijodiy va analitik fikrlashni shakllantirishga yo‘naltirilgan hamkorlikdagi ijodiy faoliyatni tashkil etish texnologiyasini tizimli qo‘llashga doir taklif va tavsiyalardan A-5-37 raqamli “Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilari va boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida dastlabki matematik bilimlarni shakllantirishga mo‘ljallangan mul`timediali intellektual o‘yinlar” (2015-2017 yy.) amaliy loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 19 iyundagi 89-03-2151-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu takliflarning amaliyotga joriy etilishi o‘quvchilardagi mediamatnlarni o‘qish va tushunish malakasi samaradorligini oshirishga xizmat qilgan.