Niyazaliev Begali Irisolievichning

doktorlik dissertatsiyasihimoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Paxtachilikda organik va organo–mineral o‘g‘itlarni qo‘llash texnologiyasini takomillashtirish», 06.01.04–Agrokimyo (qishloq xo‘jaligi fanlari).

Talabgorning ilmiy va ilmiy pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: /qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi/.

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 30.09.2014/B2014.5.Qx100.

Ilmiy maslahatchi: Ibragimov Nazirbay Madrimovich,qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, Andijon qishloq xo‘jalik instituti va Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot instituti, 14.07.2016.Qx/V.24.01.

Rasmiy opponentlar: Sattarov Jo‘raqul Sattarovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor, O‘zR Fanlar akademiyasi akademigi; Yuldashev Gulom, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Tellyaev Rixsivoy Shomaxamadovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: Samarqand  qishloq xo‘jalik instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: bo‘z tuproqlar mintaqasi paxtachiligida tuproq unumdorligini saqlovchi va g‘o‘za hosildorligini oshiruvchi yangi shakldagi turli organik o‘g‘itlarni, Qizilqum fosforitlari asosidagi organo-mineral kompostlarni hamda biogumusni mineral o‘g‘itlar bilan birgalikda qo‘llash texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

tipik bo‘z tuproqlarida tuproqning oziqa tartiblari, paxta hosili va sifati, NRKni g‘o‘zaning o‘zlashtirish va hosil uchun sarflanishiga turli shakllaridagi organik o‘g‘itlar qo‘llash me’yor va muddatlarini ta’siri aniqlangan;

 tuproqning oziqa tartibi va o‘simliklarni  NRKni o‘zlashtirilishi, organik massani to‘planishi va paxta hosiliga organo-mineral o‘g‘itlarni (kompostlar) ta’siri va so‘ngi ta’sirlari aniqlangan;

vermikul`tura usulida qoramol go‘ngidan olingan biogumusni tuproqdagi gumus, oziqa elementlarining umumiy  va harakatchan shakllari, o‘simlikni o‘zlashtirilishi isbotlangan; kam ta’minlangan Qizilqum fosforitlaridan (umumiy fosfor 12–14%) tarkibida go‘ng va fosforitlarni nisbati 80:20 bo‘lgan  organo-mineral o‘g‘itlarni (OMO‘) tayyorlash texnologiyasi takomillashtirilgan;

kompostlarni tuproqni mikrobiologik va agrokimyoviy xususiyatlariga, tipik bo‘z va o‘tloqi bo‘z tuproqlarda  g‘o‘zadagi samarasi aniqlangan;

qoramol go‘ngi, parranda qiyi va daraxt barglarining turli nisbatlaridan kompost tayyorlash texnologiyasi ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:

Tuproq unumdorligi va paxta hosildorligini oshirishda organik va organo-mineral o‘g‘itlarni qo‘llash texnologiyasi bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar asosida:

fermer xo‘jaliklariga qo‘llanma sifatida «Ekinlarni oziqlantirishda mineral va mahalliy  o‘g‘itlardan foydalanish bo‘yicha tavsiyalar» ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 28.10.2016 y., 01/20-3458-son ma’lumotnomasi). Tuproq unumdorligini tiklashda mineral o‘g‘itlarning samaradorligi, qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligini oshirish, ayniqsa, mahsulot sifatini yaxshilashda organik o‘g‘itlarning ahamiyati, ularni saqlash, to‘plash va g‘o‘zada qo‘llash bo‘yicha samarali natijalarga erishilgan;

organik va organo-mineral o‘g‘itlarni qo‘llash texnologiyasi bo‘yicha to‘plangan ilmiy-tadqiqot natijalari 2012–2015 yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va barcha viloyatlar paxtachilik fermer xo‘jaliklarida jami 22 820 gektar g‘o‘za maydonida joriy etilgan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 28.10.2016 y., 01/20-3457-son ma’lumotnomasi). Bunda organik va organo-mineral o‘g‘itlarni g‘o‘zaga qo‘llash natijasida mineral o‘g‘itlar 20–25 foizga tejalib, gektaridan 3–5 sentner qo‘shimcha paxta hosili olingan, ko‘saklarni ochilishi 4–6 kunga tezlashgan, birinchi terim salmog‘i 6–8 foizga oshgan va iqtisodiy samaradorlik gektariga 138,4–287,8 ming so‘mni tashkil etgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish