Karimova Nilufar Nabijonovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tug‘ruqda massiv qon ketgan ayollarning hayot sifatini oshirishga zamonaviy yondashuvlar», 14.00.01 – Akusherlik va ginekologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.DSc/Tib324.
Ilmiy maslahatchi: Ayupova Farida Mirzaevna, tibbiyot fanlari doktori,professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.29.01.
Rasmiy opponentlar: Kattaxodjaeva Maxmuda Xamdamovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Alieva Dilfuza Abdullaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Niyazmetov Raxmatulla Ermatovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: N.I. Pirogov nomidagi Rossiya milliy tadqiqot tibbiyot universiteti (Rossiya Federatsiyasi)
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tug‘ruqda massiv qon yo‘qotgan ayollarning hayot sifatini oshirishga zamonaviy yondashuvlarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor homiladorlarda platsenta joylashish anomaliyalari, bachadon atoniyasi, normal joylashgan platsentaning vaqtidan oldin ajralishi, yirik homila fonida obstruktiv tug‘ruq, og‘ir darajadagi preeklampsiya va qog‘onoq suvlarining erta ajralishiga bog‘liq massiv akusherlik qon ketishi yuzaga kelishi isbotlangan;
massiv akusherlik qon ketishi kuzatilgan ayollarda tuxumdon etishmovchiligining kelib chiqishi tuxumdonlar hajmining kattalashuvi va tuxumdon arteriyasida qon aylanishining pasayishi, follikulalar bo‘lmasligi natijasida uning exogenligi va gormonal ko‘rsatkichlarning pasayishi bilan proporsional bog‘liqligi aniqlangan; 
massiv akusherlik qon ketishi kuzatilganda gisterektomiya qilingan ayollarda bachadoni saqlangan ayollarga nisbatan esterogenlar va antimyuller gormon miqdori pasayishi, follikulostimullovchi va lyuteinlovchi gipofizar gormonlar miqdorining ortishi bilan bog‘liq endokrin o‘zgarishlar yuzaga kelishi aniqlangan;
ilk bor homiladorlarda endoteliotsitlar faoliyatining buzilishi bilan bog‘liq gomotsistein, endotelin-1 va Villebrand omili ko‘rsatkichlarining yuqori bo‘lishi tug‘ruqda massiv akusherlik qon ketishi yuzaga kelishini bashoratchi omillar ekanligi isbotlangan;
ilk bor tug‘ruqdan so‘ng massiv qon ketishi kuzatilgan ayollarda ijtimoiy faollik va hayot sifatining yomonlashuvi reproduktiv organning olinishi, depressivlikning ortishi, jinsiy fe’l-atvorning o‘zgarishi va xotira qobiliyatining pasayishi bilan uzviy bog‘liqligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tug‘ruqda massiv qon ketishi kuzatilgan ayollar hayot sifatini oshirishga qaratilgan zamonaviy yondashuvlarni ishlab chiqish bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida:
«Erta tug‘ruqdan keyingi davrda qon ketishini to‘xtatish va asoratlarni davolash algoritmi» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 22 iyuldagi 8n-d/175-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma homiladorlarda erta tug‘ruqdan keyingi qon ketishini to‘xtatish va keyingi davrda asoratlarni erta aniqlash, kasallik kechishini bashorat qilish va uni o‘z vaqtida davolash chora-tadbirlarini qo‘llashga xizmat qilgan;
«Tug‘ruqda massiv qon yo‘qotishga uchragan ayollarning hayot sifatini yaxshilash usullari» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 22 iyuldagi 8n-d/175-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma tug‘ruqda massiv qon yo‘qotishga uchragan ayollar hayot sifatini baholash va uni yaxshilash yo‘llarini ishlab chiqish uchun homiladorlarda maxsus ijtimoiy so‘rovnomadan foydalanishga xizmat qilgan;
«Massiv akusherlik qon ketishlarni jarrohlik to‘xtatish usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 22 iyuldagi 8n-d/175-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma homiladorlarda reproduktiv organni saqlab qolish, massiv akusherlik qon yo‘qotishni kamaytirish va to‘xtatish uchun yangi innovatsion usullarni qo‘llashga xizmat qilgan;
tug‘ruqda massiv qon ketishi kuzatilgan ayollarning hayot sifatini oshirishga qaratilgan zamonaviy yondashuvlarni ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash tizimiga, jumladan, Buxoro shahar tug‘ruqxonasi xamda Buxoro va Romitan tuman tibbiyot birlashmalari amaliyotlariga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 7 avgustdagi 8n-z/101-son ma’lumotnomasi). Joriy qilingan natijalar homiladorlarda massiv akusherlik qon ketishining oldini olish, kasallik asoratlarini kamaytirish hisobiga onalar o‘limi ko‘rsatkichlarini pasaytirish hamda ularning statsionarda davolanish muddatini qisqartirish bilan tibbiy yordam ko‘rsatish sifatini oshirishga imkon yaratgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish