Jabborov Xamdam Shaymardonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sig‘imli silindrik o‘zgartkich asosida don va don mahsulotlari namligini o‘lchash asbobi», 05.03.01 – Asboblar. O‘lchash va nazorat qilish usullari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.4.PhD/T518.
Ilmiy rahbar: Ismatullaev Patxulla Raxmatovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/30.12.2019.T.03.02.
Rasmiy opponentlar: Axmedov Barat Maxmudovich, texnika fanlari doktori, professor; O‘ljaev Erkin, texnika fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi aniqligi va ishonchliligi yuqori bo‘lgan sig‘imli silindrik o‘zgartkich asosida don va don mahsulotlari namligini o‘lchash uchun mikroprotsessor qurilmasi va xatoliklarini tahlil qilishning strukturaviy sxemalarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yangi turli konstruksiyadagi don va don mahsulotlari namligini o‘lchashning sig‘imli o‘zgartkichlari va ularning sig‘imini hisoblash formulalari ishlab chiqilgan;
silindrik elektrodli don va don mahsulotlari namligini o‘lchash o‘zgartkichini qurishning asosiy prinsiplari va matematik modeli yaratilgan;
silindrik elektrodli don va don mahsulotlari namligini o‘lchash o‘zgartkichi xatoliklarini sinflash imkoniyatini beradigan va ularning ta’sirini baholay oladigan strukturaviy sxemalari ishlab chiqilgan;
sig‘imli silindrik o‘lchash o‘zgartkichlarining sezgirligi, aniqligi, ishonchliligi va statik xarakteristikasining to‘g‘ri chiziqliligi mezonlari bo‘yicha parametrik loyihalash usullari ishlab chiqilgan;
mavjud analoglar bilan solishtirilib, metrologik afzalliklarga ega bo‘lgan sig‘imli silindrik o‘lchash o‘zgartkichi asosida don va don mahsulot¬lari namligini o‘lchash mikroprotsessor qurilmasi ishlab chiqilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Sig‘im o‘zgartkich aso¬sida yaratilgan don va don mahsulotlari namligini o‘lchashda qo‘llaniladigan intellektual mikroprotsessorli o‘lchash qurilmasini ishlab chiqish asosida: 
silindrik elektrodli don va don mahsulotlari namligini o‘lchash o‘zgart¬kichini qurishning asosiy prinsiplari va matematik modeli, hamda don namligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tezkorlik bilan olish imkoniyatlari “GALLA-ALTEG” AJda joriy qilingan (“UZDONMAHSULOT” AKning 2020 yil 13 iyuldagi 81/74-1080-son ma’lumotnomasi). Natijada, don mahsulotlarini tahlilga tayyorlash, quritilishdan oldin va so‘ng ularni tarozida tortish, maxsus xonalardan foydalanish va bilvosita o‘lchash natijalarini hisoblash ishlaridan ozod qilish imkoniyati yaratilgan;
donni saqlash va qayta ishlash korxonalarida bug‘doy mahsulotlarini namligini sig‘imli o‘zgartkich asosida intellektual mikroprotsessorli o‘l¬chash vositasi “GALLA-ALTEG” AJga joriy qilingan (“UZDONMAHSULOT” AKning 2020 yil 13 iyuldagi 81/74-1080-son ma’lumotnomasi). Natijada, don mahsulotlarini saqlash¬ning barqaror bo‘lgan sharoitlari va ularning sifatini yuqori darajaga ko‘tarish va isrof bo‘lishining oldini olish imkoniyatlarini yaratilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish