Berdanov Ulug‘bek Abdumurodovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbek tili nutq signallarini tahlili, ishlov berish algoritmlari va dasturiy majmuasi», 05.01.04 – Hisoblash mashinalari, majmualari va kompyuter tarmoqlarining matematik va dasturiy ta’minoti (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/T444.
Ilmiy rahbar: Musaev Muhammadjon Maxmudovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.13/30.12.2019.T.07.01.
Rasmiy opponentlar: Mo‘minov Baxodir Boltaevich, texnika fanlari doktori, dotsent;  Avazov Yusuf Shodievich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek tili uchun  nutq signallarni tanish algoritmlarini ishlab chiqish asosida logopedik reabilitatsiya tizimlari uchun dasturiy majmua yaratishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
nutq signallariga ishlov beruvchi modellar va usullar tahlili asosida o‘zbek tiliga mos spektral parametrlarni hisobga olgan holda intelektual ishlov berish algoritmlari ishlab chiqilgan;
nutq signalining Fur`e spektral  va kepstral parametrlari asosida o‘zbek tili nutqiga  ishlov beruvchi algoritmlar ketma-ketligi ishlab chiqilgan va dasturlar yaratilgan;
o‘zbek tilidagi nutq tovushlari, bo‘g‘inlari va so‘zlari tanishda neyron tarmoqlarining vaznlarini hisobga olgan holda  bilimlar bazasi  va multimediali ma’lumotlar bazasi ishlab chiqilgan;
o‘zbek tili nutq signallari ishlov berishda nutq kamchiliklarini tuzatishning logopedik texnologiyalarini hisobga olgan holda qulay interfeysga ega dasturiy majmua yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Dissertatsiya doirasida olib borilgan tadqiqotlar natijasida ishlab chiqilgan algoritmlar va yaratilgan dasturiy majmua asosida:
nutq nuqsoni mavjud bolalarning nutq tovushlarining reabilitatsiyada tovushlar, bo‘g‘inlar va so‘zlarni tanish algoritmlari asosida ishlab chiqilgan dasturiy majmua “LOGOS MARKAZ” MChJda nutq nuqsoni mavjud bolalardagi nutq kamchiliklarini bartaraf etishda joriy qilingan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2020 yil 17 iyuldagi 33-8/4095-son ma’lumotnomasi). Natijada, taklif qilingan algoritmlar asosida ishlab chiqilgan dasturiy majmua nutq nuqsoni mavjud bolalarda logopedik reabilitatsiya vaqtini 10-15% ga kamaytirish imkonini bergan;
nutq kamchiligi mavjud bolalarda nutq tovushlarini qo‘yishda, bolalarning nutqini tanishda qulay interfeysga ega bo‘lgan dasturiy majmua Respublika bolalar ijtimoiy moslashuv markazida joriy qilingan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2020 yil 17 iyuldagi 33-8/4095 ma’lumotnomasi). Natijada, bilimlar va ma’lumotlar bazasiga ega dasturiy majmua  logoped va bolalar o‘rtasida muloqot jarayonini osonlashtirgan, bolalarning logoped bilan mashg‘ulotlari sonini kamaytirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish