Karimov Davron Raxmatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kechikishli texnologik ob’ektlarning adaptiv boshqarish sistemalarini sintezlash algoritmlari», 05.01.08 – Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishlarni avtomatlashtirish va boshqarish (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/T311.
Ilmiy rahbar: Igamberdiev Xusan Zakirovich, texnika fanlari doktori, professor, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/30.12.2019.T.03.02.
Rasmiy opponentlar: Gulyamov Shuxrat Manapovich, texnika fanlari doktori, professor; Xolmatov Davronbek Abdalimovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat konchilik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi kechikishli texnologik ob’ektlarni adaptiv boshqarish sistemalarini sintezlashning turg‘un algoritmlari, hisoblash sxemalarini ishlab chiqish  hisoblanadi.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
algoritmni xotira kengligini turli qiymatlari uchun kirish va chiqish signallarini amalga oshirish asosida kechikishli boshqarish ob’ektlarini identifikatsiyalashning turg‘un algoritmlari ishlab chiqilgan; 
muntazamlashgan eng kichik kvadratlar usuli asosida kechikishli boshqarish ob’ektlarini identifikatsiyalovchi turg‘un, rekurrent, korrelyasiyali algoritmlar ishlab chiqilgan; 
matrisalarni turg‘un psevdoo‘zgartirishning Ermit usuliga va buzilmagan matrisalarga ikki tomonlama ko‘paytirishdan foydalanish asosida etalon modelli adaptiv boshqarishni turg‘un algoritmlari ishlab chiqilgan; 
minimal psevdoteskari matrisa va singulyar yoyish usuli asosida boshqarishda kechikish mavjud bo‘lgan ob’ektlarni adaptiv boshqarishni turg‘un algoritmlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Kechikishli texnologik ob’ektlarni adaptiv boshqarish sistemalarini sintezlash algoritmlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
matrisalarni turg‘un psevdoo‘zgartirishning Ermit usulidan va buzilmagan matrisalarga ikki tomonlama ko‘paytirishdan foydalanish orqali ishlab chiqilgan etalon modelli adaptiv boshqarishni turg‘un algoritmlari “Navoiyazot” AJda joriy qilingan (“O‘ZKIMYoSANOAT” AJning 2020 yil 30 iyundagi 14-2929-son ma’lumotnomasi). Natijada, holat vektori vaqtga bog‘liq holda kerakli qonuniyat bilan o‘zgarib turadi va sistemadagi o‘zgarishlar etalon harakatlarga yaqin kelishini ta’minlashga imkon bergan; 
minimal psevdoteskari matrisa va singulyar yoyish usuli asosida boshqarishda kechikish mavjud bo‘lgan ob’ektlarni adaptiv boshqarishni turg‘un algoritmlari “Navoiyazot” AJda joriy qilingan (“O‘ZKIMYoSANOAT” AJning 2020 yil 30 iyundagi 14-2929-son ma’lumotnomasi). Natijada, ammiak selitra eritmasini bug‘latish jarayonlarining texnologik rejimlarini o‘tishini barqarorlashtirishga imkon bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish