Shukurova Oysara Po‘latovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Identifikatsion yondashuv asosida boshqaruv ob’ektlari holatini adaptiv baholash algoritmlari», 05.01.08 – Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishlarni avtomatlashtirish va boshqarish (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/T402.
Ilmiy rahbar: Zaripov Oripjon Olimovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/30.12.2019.T.03.02.
Rasmiy opponentlar: Ismailov Mirxalil Agzamovich, texnika fanlari doktori, professor; Botirov To‘lqin Vafoqulovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi identifikatsion yondashuv asosida boshqaruv ob’ektlari holatini adaptiv baholash algoritmlari va hisoblash sxemalarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
operatorli tenglamalarni echishning ikki bosqichli hisoblash sxemasi asosida chiziqli dinamik boshqarish ob’ektlarini muntazam identifikatsiyalash algoritmi ishlab chiqilgan;
psevdomurojaat va singulyar yoyish konsepsiyalaridan foydalanib boshqarish ob’ektlarini identifikatsiyalashning turg‘un algoritmlari ishlab chiqilgan;
nochiziqli funksional tenglamalarni echish usullari asosida kovariatsion matrisalarni identifikatsiyalashning turg‘un algoritmlari ishlab chiqilgan;
Kalman tipidagi dinamik fil`tr asosida ob’ektdagi shovqin va o‘lchash halaqitlari kovariatsion matrisalarini sozlash bilan adaptiv baholashning turg‘un algoritmlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Identifikatsion yondashuv asosida boshqaruv ob’ektlari holatini adaptiv baholash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
operatorli tenglamalarni echishning ikki bosqichli hisoblash sxemasi asosida chiziqli dinamik boshqarish ob’ektlarini identifikatsiyalashning turg‘un algoritmlari «Muborak GQIZ» da joriy qilingan («O‘zbekneftgaz» AJning 2020 yil 2 martdagi 08-34-2-52-son ma’lumotnomasi). Natijada, rostlagichlar parametrlarini hisoblash aniqligi oshishiga imkon bergan;
psevdomurojaat va singulyar yoyish konsepsiyalaridan foydalanib boshqarish ob’ektlarini identifikatsiyalashning ishlab chiqilgan turg‘un algoritmlari «Muborak GQIZ» da joriy etilgan («O‘zbekneftgaz» AJning 2020 yil 2 martdagi 08-34-2-52-son ma’lumotnomasi). Natijada, tabiiy gazni absorbsiya usuli bilan tozalash jarayonining texnologik rejimlari o‘tishini barqarorlashtirish imkonini bergan.