Toshtemirov Sanjar Jumaniyazovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Paxta dalalarini pushtaga ekish uchun tayyorlash texnologiyasi va agregatini ishlab chiqish”, 05.07.01 - Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/T617.
Ilmiy rahbar: Mamatov Farmon Murtozevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institututi, PhD.03/30.06.2020.T.111.02.
Rasmiy opponentlar: Xudayarov Berdirasul Mirzaevich, texnika fanlari doktori, professor; Abdurahmonov O‘ral Normatovich, texnika fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: “BMKB-Agromash” AJ.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: g‘o‘zapoyasiz paxta dalalarini pushtali ekishga sifatli tayyorlash va energiya-resurstejamkorlikni ta’minlash uchun tuproqqa ishlov berish bilan bir vaqtda pushta shakllantiradigan agregatni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
g‘o‘zapoyasiz dalalarni kombinatsiyalashgan agregat yordamida bir o‘tishda pushtaga ekish uchun tayyorlash texnologiyasi ishlab chiqilgan;
g‘o‘zapoyasiz dalalarda mavjud egatlar o‘rnida yangi pushtalar va mavjud pushtalar o‘rnida esa yangi egatlar shakllantiruvchi agregatning konstruktiv sxemasi ishlab chiqilgan va texnologik ish jarayoni asoslangan;
g‘o‘zapoyasiz dalalarga ishlov beruvchi agregat ish organlarining tuproq bilan o‘zaro ta’sirlashish jarayonlarini ifodalaydigan analitik bog‘lanishlar asosida ularning maqbul parametrlari asoslangan;
agregatning parametrlari va agregat harakat tezligiga bog‘liq ravishda o‘zgarishini ifodalovchi bog‘liqliklar asosida agrotexnik va energetik ko‘rsatkichlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
dalalarni pushtali ekishga tayyorlashning yangi usuliga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan («Qishloq xo‘jalik ekinlarini pushta va jo‘yaklarga ekish uchun tuproqni tayyorlash usuli», № IAP 04832, 2014 y.). Natijada, g‘o‘zapoyasiz paxta dalalarini pushtali ekishga tayyorlash texnologiyasini ishlab chiqish imkoni yaratilgan;
g‘o‘zapoyasiz dalalarni pushtali ekishga tayyorlaydigan mashinaga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining foydali modelga patenti olingan («Uyg‘unlashgan tuproqqa ishlov berish quroli», №FAP 00672-2011 y.). Natijada, bir o‘tishda g‘o‘zapoyasiz dalalarda mavjud egat o‘rnida yangi pushta, mavjud pushta o‘rnida esa yangi egat shakllantirishni amalga oshiradigan agregat konstruksiyasini ishlab chiqish imkoni yaratilgan;
bir o‘tishda g‘o‘zapoyasiz dalalarni pushtali ekishga tayyorlashda texnologik jarayonlar bajarilishining sifat ko‘rsatkichlarini baholashga dastlabki talablar va agregat konstruksiyasini loyihalashga texnik topshiriq «BMKB-Agpomash» AJda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 8 maydagi 02/023-21-son ma’lumotnomasi). Natijada, ag‘dargichlar bilan jihozlangan qiya tutqichli chuquryumshatkichlar va pushtaolgichlardan tashkil topgan osma va yuqori manyovrli agregat konstruksiyasini ishlab chiqish imkoni yaratilgan;
bir o‘tishda g‘o‘zapoyasiz dalalarni pushtali ekishga tayyorlash uchun ishlab chiqilgan agregat Qishloq xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi fermer xo‘jaliklarida joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 8 maydagi 02/023-21-son ma’lumotnomasi). Natijada, g‘o‘zapoyasiz dalalarni pushtaga ekishga tayyorlashda yonilg‘i-moylash materiallari sarfi 2,79 marta va foydalanish xarajatlari 36,62 foizga kamaygan.