Abdurasulov Faxritdin Raupovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yuqori murakkablikdagi majmuaviy texnologik sxemali sanoat korxonalarining hayotiy siklini boshqarish qarorlarini qo‘llab-quvvatlashning ko‘p agentli tizimlarini ishlab chiqish», 05.01.08 – Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishlarni avtomatlashtirish va boshqarish (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/T700.
Ilmiy rahbari: Adilov Farux Tulkunovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/30.12.2019.T.03.02.
Rasmiy opponentlar: Maraximov Avazjon Raximovich, texnika fanlari doktori, professor; Avazov Yusuf Shodievich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro muhandislik texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yuqori murakkablikdagi majmuaviy texnologik sxemali sanoat korxonalarining hayotiy siklini boshqarish bo‘yicha qaror qabul qilishni qo‘llab-quvvatlovchi ko‘p agentli tizimlarni qurish algoritmlari va usullarini ishlab chiqish hisoblanadi.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
agentlarning assotsiativ o‘zaro ta’sirlariga asoslanib taqsimlangan boshqarish ob’ekti elementlari xulqining modeli ishlab chiqilgan; 
Ustyurt gazkimyo majmuasining ishlab chiqarish klasteri uchun ko‘p agentli integrallashgan axborot-boshqarish tizimi va uning dasturiy-uslubiy majmuasi ishlab chiqilgan;
taqsimlangan ma’lumotlar bazalari hamda axborot oqimlarini internet/intranet texnologiyalari yordamida integratsiyalash tizimi ishlab chiqilgan;
ratsional intellektual agentning modeli qaror qabul qilish jarayonining dasturiy infoboti sifatida ishlab chiqilgan;
noaniqlik va xavf-xatar sharoitlarida qaror qabul qilishni qo‘llab-quvvatlovchi tizim algoritmi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Yuqori murakkablikdagi majmuaviy texnologik sxemali sanoat korxonalari hayotiy siklini boshqarish bo‘yicha qarorlarni qo‘llab-quvvatlovchi ko‘p agentli tizimlarni ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
o‘z tarkibiga gazni separatsiyalash zavodi, etilen, polietilen, polipropilen va umumzavod xo‘jaligini birlashtiruvchi ishlab chiqarish klasteri uchun ishlab chiqilgan mul`tiagentli integrallashgan axborot-boshqarish tizimi Ustyurt gazkimyo majmuasida joriy etilgan («O‘zbekneftgaz» AJ ning 2020 yil 23 iyundagi 08/41-2-370-son ma’lumotnomasi). Natijada, texnologik jarayon to‘g‘risidagi axborotlarni tezkor tahlil qilishga sarflanadigan vaqtni qisqartirishga erishilgan;
taqsimlangan ma’lumotlar bazalari hamda axborot oqimlarini internet/intranet texnologiyalari yordamida integratsiyalash algoritmi  Ustyurt gazkimyo majmuasida joriy etilgan («O‘zbekneftgaz» AJ ning 2020 yil 23 iyundagi 08/41-2-370-son ma’lumotnomasi). Natijada, jarayon borishining texnologik rejimi barqarorligiga erishilgan va uning ishlash samaradorligi oshirilgan;
noaniqlik va xavf-xatar sharoitlarida qaror qabul qilishni qo‘llab-quvvatlovchi tizim algoritmi Ustyurt gazkimyo majmuasida joriy etilgan («O‘zbekneftgaz» AJ ning 2020 yil 23 iyundagi 08/41-2-370-son ma’lumotnomasi). Natijada, axborot texnologiyalari asosida boshqarish masalalarini samarali echish ta’minlangan;
assotsiativ xotira asosida intellektual agentlarning o‘zaro ta’sirlashuv algoritmi Ustyurt gazkimyo majmuasida joriy etilgan («O‘zbekneftgaz» AJ ning 2020 yil 23 iyundagi 08/41-2-370-son ma’lumotnomasi). Natijada, intellektual agentlarning o‘zarota’sirlashuv samaradorligi, shuningdek qabul qilinadigan boshqarish qarorlarini ishonchliligi va aniqligi oshirilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish