Qo‘ldasheva Mahmuda Nurmatjonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Jahon iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi» fanini o‘qitishning ilmiy-metodik asoslarini takomillashtirish», 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (geografiya) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/Ped620. 
Ilmiy rahbar: Maxmudova Manzura Juraevna, geografiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Ped.76.02.
Rasmiy opponentlar: Komilova Nilufar Qarshiboevna, geografiya fanlari doktori, professor; Yusupova Shoxida Jaloliddinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: “Jahon iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi” fanini o‘qitishning ilmiy-metodik asoslarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“Jahon iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi” fanini o‘qitish sifatini oshirish yuzasidan ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar va hodisalarni kuzatish, tushunish (tushuntirish) hamda geografik ob’ektlarga oid topshiriqlarning maqsadli tizimi asoslangan;
fanni o‘qitishda o‘quvchilarning didaktik kompetensiyasi mavzular kesimida uni o‘zlashtirishning o‘sib borishi tartibida topshiriqlarning maqsadli tizimini ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan;
fan, xususan, xalqaro iqtisodiy integratsiya va globallashuv jarayoni bo‘yicha o‘quvchilarning o‘quv maqsadiga erishish darajasini baholashga bo‘lgan metodik yondashuv vazifani nostandart va mantiqiy variativlik, ya’ni vazifani chalkashlik va mantiq, qiyoslash va muammo (echim)ni tegishli ketma-ketlikda berish asosida takomillashtirilgan;
fanni mukammal o‘zlashtirishda mahalliy iqtisodiy va ijtimoiy shart-sharoitdan kelib chiqqan holda jahon va milliy rivojlanish omillarini ko‘p bosqichli o‘quv masala va mashqlari tizimi orqali mustahkamlashning pedagogik ahamiyati asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
“Jahon iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi” fanini o‘qitishning ilmiy-metodik asoslarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
“Jahon iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi” fanini o‘qitish sifatini oshirish yuzasidan ishlab chiqilgan takliflar “Jahon iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi” nomli o‘quv qo‘llanma  mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 30 iyundagi 359-son buyrug‘i asosidagi 359-002-son guvohnomasi). Ilmiy natijalardan foydalanish ta’lim sifatini oshirishda ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar hamda hodisalarni kuzatish, aniqlash, tushunish va tushuntirish, geografik ob’ektlar, joy nomlarini to‘g‘ri qo‘llay olish, globus, geografik atlas va xaritalardan amaliyotda foydalana olishning innovatsion o‘quv topshiriq va mashqlaridan maqsadli foydalanishga xizmat qilgan;
fanni o‘qitishda o‘quvchilarning didaktik kompetensiyasi mavzular kesimida uni o‘zlashtirishning o‘sib borishi tartibida topshiriqlarning maqsadli tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflardan Xalq ta’limi vazirligining 15.06.2020 yildagi 144-son buyrug‘i asosida Milliy o‘quv dasturlarini tayyorlash va ITD-7-29 “Namangan viloyati tabiiy resurslari, ulardan foydalanish va yuzaga kelayotgan ekologik muammolarni bartaraf etish yo‘llari” nomli loyiha doirasida foydalanilgan (Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2020 yil 5 avgustdagi 01/11-02/2-809-son, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 23 sentyabrdagi 8903-3607-son ma’lumotnomalari). Ilmiy natijalardan foydalanish o‘quvchilarning didaktik kompetensiyasini “Maqsadlar cho‘qqisi”, “Yulduzlar galaktikasi”, “Xavfli daryo”, “UMOM”, “Yomg‘ir”, “Sirli shahar”, “Yulduzcha”, “Besh+1”, “Savolning javobini top”, “10x10”, “Do‘ppi” kabi tavsiya etilgan topshiriqlar asosida takomillashtirishga xizmat qilgan;
xalqaro iqtisodiy integratsiya va globallashuv jarayoni bo‘yicha o‘quvchilarning o‘quv maqsadiga erishish darajasini baholashga bo‘lgan metodik yondashuv vazifani chalkashlik va mantiq, qiyoslash va muammo (echim)ni tegishli ketma-ketlikda keltirish asosidagi takomillashuv “Jahon iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 30 iyundagi 359-son buyrug‘i asosidagi 359-002-son guvohnomasi). Ilmiy natijalardan foydalanish o‘quvchilarning fan bo‘yicha qobiliyatlarini baholash darajasini yanada aniqroq baholash hamda birlamchi o‘zlashtirishlar darajasining ko‘tarilishiga xizmat qilgan;
fanni mukammal o‘zlashtirishda mahalliy iqtisodiy va ijtimoiy shart-sharoitdan kelib chiqan holda jahon va milliy rivojlanish omillarni ko‘p bosqichli o‘quv masala va mashqlar tizimi orqali mustahkamlash bo‘yicha takliflar “Jahon iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 30 iyundagi 359-son buyrug‘i asosidagi 359-002-son guvohnomasi). Ilmiy natijalardan foydalanish o‘quvchilarning fan bo‘yicha bilimlarni o‘zlashtirish darajasining oshiriga hamda fanni mukammal o‘zlashtirishga xizmat qilgan. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish