Karimov Rivkat Giratovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Maydanak astronomik observatoriyasida tanlangan tarqoq yulduz to‘dalari fotometriyasi», 01.03.01 – Astronomiya (fizika matematika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/FM357. 
Ilmiy rahbar: Egamberdiev Shuxrat Abdumannapovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor, akademik. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Astronomiya instituti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Astronomiya instituti, Dsc.02/30.12.2019.FM.15.01. 
Rasmiy opponentlar: Rastorguev Aleksey Sergeevich, fizika-matematika fanlari doktori, professor (Rossiya); Turakulov Zafar Yalkinovich, fizika-matematika fanlari doktori. 
Yetakchi tashkilot: Rossiya Fanlar Akademiyasi Astronomiya instituti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi tanlangan tarqoq yulduz to‘dalarni ko‘prangli fotometrik ma’lumotlar asosida tadqiq etish va ularning asosiy fizik parametrlarini aniqlash hamda ko‘prangli fotometrik o‘lchovlarni tahlil qilishda foydalaniladigan original kalibrlash bog‘liqliklarni o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ko‘prangli fotometrik o‘lchashlarni tahlil qilishda va fotometrik kattaliklarni uskuna kattaliklaridan standart tizimga o‘tkazishda foydalaniladigan Landol`t ro‘yxatidan olingan standart yulduzlarning ko‘p yillik mavsumlararo original zaryad aloqali qurilma (ZAQ) fotometriyalari asosida original kalibrlash bog‘lanishlari olingan;
tarqoq yulduz to‘da (TYuT) NGC 2264ning yangi ZAQ fotometrik kuzatuvlari olingan;
ilk bor NGC 2353 to‘dasining sohasida ZAQ fotometriya amalga oshirilgan, to‘daning bir qator fizik tavsiflari aniqlangan hamda NGC 2353 fon sohasida uch guruh yulduzlar maydoniga ajratilgan; 
TYuT IC 1848 tashkil etuvchilarini chuqur optik ZAQ fotometriyasi amalga oshirilgan, uning asosiy fizik tavsiflari aniqlangan hamda to‘daning yosh a’zolari ajratilgan;
TYuT IC 1805 yulduzlarini chuqur optik fotometriyasi amalga oshirilgan, uning asosiy fizik tavsiflari aniqlangan hamda optik va o‘rta infraqizil diapazonlardagi ma’lumotlar asosida to‘daning yosh a’zolari ajratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
TYuT NGC 2264 ning tadqiqot natijalari xorijlik tadqiqotchilar tomonidan (chet el ilmiy jurnallariga havolalar: Mothly Noties of the Royal Astronomical Society, Vol. 430, Issue 2, 2013; The Astronomical Journal, Vol. 152, Issue 5, id. 115, 2016) yosh to‘dalar NGC 2264 va Xulkarning yulduzlari aylanish davrlaridan foydalanilgan;
NGC 2353 va IC 1848 larning tadqiqot natijalari xorijlik tadqiqotchilar tomonidan (chet el ilmiy jurnallariga havola: Astronomy & Astrophysics, Vol. 624, id.A137, 2019) izoxronni va evolyusiyasining boshlang‘ich bosqichida bo‘lgan kam massali yulduzlardan to massiv yulduzlargacha evolyusion treklarini hisoblashda foydalanilgan;
NGC 2353 to‘dasining aniqlangan bir qator fizik tavsiflari (http://vizier.u-strasbg.fr/viz-bin/VizieR-3?-source=J/AJ/135/441/table3) astronomik ob’ektlarning Strasburgdagi astronomik ma’lumotlar Markazi elektron ma’lumotlari bazasida ochiq ko‘rinishda o‘rganilgan TYuTlarning  fotometrik ma’lumotlari kataloglari chop etilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish