Shomurodova Shahnoza G‘ayratovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Chimyon-Chorvoq kurort-rekreatsiya zonasida turizmni rivojlantirishning tabiiy geografik asoslari», 11.00.01 – Tabiiy geografiya (geografiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Gr47.
Ilmiy rahbar: Sharipov Shavkat Muxamajanovich, geografiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti,
DSc.03/30.12.2019.Gr.01.06.
Rasmiy opponentlar: Baxritdinov Bahodir Arifovich, geografiya fanlari doktori, professor; Yakubjanova Shoxsanam Toshkanboevna, geografiya fanlari falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat unversiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Chimyon-Chorvoq kurort-rekreatsiya zonasining turistik salohiyatidan unumli foydalanishning yo‘nalishlarini asoslash va istiqbolda rivojlantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Chimyon-Chorvoq kurort-rekreatsiya zonasining turistik ob’ektlari va resurslari kartasi yaratilgan hamda turistik marshrutlari (1 kunlik va ko‘p kunlik) ishlab chiqilgan;
Chimyon-Beldersoy va Nanay tog‘ kurort zonalarining turizmga ta’sir etuvchi tabiiy geografik omillari (rel`ef qiyaligi va parchalanganligi, tog‘ jinslarining genetik turlari, havo harorati, yog‘inlar, qor qoplami, oqar suvlar, tabiiy ofatlar xavfsizligi) aniqlangan va eko-agroturistik loyihasi asoslangan;
Chimyon-Chorvoq kurort-rekreatsiya zonasida “Mehmon uylari”ni joyning tektonik tuzilishini, tabiiy favqulodda jarayonlardan xavfsizligini va landshaft estetikasini hisobga olib joylashtirish asoslangan;
Chimyon-Chorvoq kurort-rekreatsiya zonasidagi turistik ob’ektlar va resurslar asosida tog‘ turizmi klasterlari ishlab chiqilgan;
Chimyon-Chorvoq kurort-rekreatsiya zonasida tabobat turizmini tashkil etishda muhim bo‘lgan dorivor o‘simliklarning tarqalishidagi xususiyatlari (balandlik mintaqalanishi, yonbag‘irlar ekspozisiyasi, tog‘ jinslarining litologik va kimyoviy tarkibi, havzalar bo‘yicha) aniqlangan va o‘simliklarni etishtirish plantatsiyalarini oqilona joylashtirish asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Chimyon-Chorvoq kurort-rekreatsiya zonasida turizmni rivojlantirishning tabiiy geografik asoslari bo‘yicha olingan natijalar asosida:
Chimyon-Chorvoq kurort-rekreatsiya zonasining turistik ob’ektlari va resurslari kartasi hamda ishlab chiqilgan turistik marshrutlari “Chorvoq” erkin turistik zonasida turistik marshrutlarni loyihalash amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2020 yil 4 avgustdagi 02-16/3645-son ma’lumotnomasi). Natijada, Chimyon-Chorvoq kurort-rekreatsiya zonasi va uning hududida joylashgan “Chorvoq erkin turistik zonasi”ning tabiiy va iqlimiy sharoitlarini hisobga olib, qish va yoz oylariga mo‘ljallangan dam olish joylarini yaratishda, turistlarni tabiiy turistik ob’ektlarga sayohat qilish va turistik marshrutlarini loyihalashda foydalanish imkonini bergan;  
tog‘ kurort zonalarida turizmni tashkil etishga ta’sir etuvchi tabiiy geografik omillari va eko-agroturistik loyihasidan Chimyon-Beldersoy va Nanay hududida tog‘ kurort zonalarini barpo etish loyihasini texnik-iqtisodiy asoslashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2020 yil 4 avgustdagi 02-16/3645-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur ob’ektlarning tabiiy geografik, geologik, geomorfologik, iqlimiy xususiyatlaridan kelib chiqib tog‘ chang‘i trassalarini o‘tkazish, bino va inshootlarni joylashtirish loyihasini ishlab chiqish imkonini bergan;
joyning tektonik tuzilishini, tabiiy favqulodda jarayonlardan xavfsizligini va landshaft estetikasini hisobga olib “Mehmon uylari”ni joylashtirish bo‘yicha asoslangan ishlari “Chorvoq” erkin turistik zonasida sayyohlar uchun mehmon uylarini tashkillashtirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2020 yil 4 avgustdagi 02-16/3645-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur ob’ektning tabiiy geografik sharoiti va turistik ob’ektlaridan kelib chiqib “Mehmon uylari”ni tashkil etish va joylashtirish, shuningdek, sayyoh va dam oluvchilarga taklif etiladigan namunaviy turistik xizmatlarni yo‘lga qo‘yish, hududda ekoturizmni rivojlantirish imkonini bergan;
turistik ob’ektlar va resurslar asosida ishlab chiqilgan tog‘ turizmi klasterlarini tashkil etish va ularda turistik xizmatlarni yo‘lga qo‘yish dasturi “Chorvoq” erkin turistik zonasida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2020 yil 4 avgustdagi 02-16/3645-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur ob’ektning tog‘ klasterlarini o‘ziga xosligi va tabiiy geografik xususiyatlarini e’tiborga olib, tabiiy ob’ektlarga mavsumiy rekreatsion dam olish hududlarini yaratish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish