Temirbekov Ramatulla Orazimbetovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Hozirgi sharoitda Amudaryoning quyi oqimidagi karpsimon baliqlarning (Cyprinidae) ekologiyasi va resurslik ahamiyati», 03.00.10 – Ekologiya (biologiya fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/B410.
Ilmiy rahbar: Joldasova Iliya Magjanovna, biologiya fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq tabiiy fanlar ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq tabiiy fanlar ilmiy-tadqiqot instituti, PhD.02/30.12.2019.B.79.01.
Rasmiy opponentlar: Allamuratov Bauaddin biologiya fanlari doktori, professor; Atanazarov Kuralbay Maulenovich  biologiya fanlari  nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Amudaryoning quyi oqimida gidrorejimning kuchli o‘zgarishi sharoitida karpsimon baliqlarning tur tarkibi dinamikasi, resurslari va ekologik xususiyalarini aniqlashdan iborat.  
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Amudaryoning quyi oqimida hozirgi ekologik sharoitda karpsimon baliqlar jamoasi kompleksining taksonomik tarkibi, turlarning populyasion strukturasi  ochib berilgan;
atrof-muhit sharoitiga bog‘liq karpsimon baliqlarning suv havzalari bo‘ylab tarqalishida biotopik qulayliklar, migratsiya rejimi; populyasiyalarning ulcham-yosh va jins strukturalari; dominant va zaif taksonlarining oziqlanish, o‘sish, ko‘payishining ekologik xususiyatlari aniqlangan;
ilk bor Amudaryo quyi oqimidagi begona karpsimon baliqlarining to‘liq tur tarkibi, ularning paydo bo‘lishi va hudud bo‘ylab tarqalishi, ekologo-biologik xususiyatlari va sanoatlik maqomi aniqlangan; 
Amudaryoning quyi oqimida har xil tipdagi suv xavzalaridagi baliq resurslari, karpsimon baliqlarning mahsuldor jamoasi va populyasiyasining shakllanish shartlari va shakllari ochib berilgan;
karpsimon baliqlar potensiali hisobidan  Amudaryoning quyi oqimidagi suv havzalarining baliq hosildorligini ko‘tarish, ularni akvakul`turani rivojlantirishda foydalanish yo‘llari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Hozirgi sharoitdagi Amudaryoning quyi oqimidagi karpsimon (Cyprinidae) baliqlarning ekologiyasi va resurslik ahamiyati bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
tabiiy suv havzalari va ularning ixtiofaunasini ekologik monitoring chora tadbirlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi ekologiya va atrof-muhitni muxofaza qilish qo‘mitasida amaliyotga joriy qilingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qumiytasining 2019 yil 23 dekabiridagi 01/18-1-3544-son ma’lumotnomasi). Natijada, Janubiy Orolbo‘yi regionida bioxilma-xillikni saqlash va atrof-muhitni muxafoza qilish, hayvonat dunyosi kadastrini tuzish imkonini bergan; 
karpsimon baliqlar potensiali hisobidan  Amudaryoning quyi oqimidagi suv havzalarining baliq hosildorligini ko‘tarish yo‘llari «Nukus-Baliq» MChJda amaliyotga joriy qilingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi veterinariya va charvochilikni rivojlantirish qo‘miytasining 2020 yil 29 avgustidagi 33/04-336-son ma’lumotnomasi). Natijada, tabiiy urug‘lanishdan olingan baliq chovaqlari bilan tabiiy baliqchilik suv havzalarini baliqlantirish hisobidan baliq zahiralarini to‘ldirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish