Kurbanov Ulugbek Tajibaevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Legirlangan yuqori haroratli o‘ta o‘tkazuvchan kupratlarda Mott va yangi metall-dielektrik o‘tishlar”, 01.04.07 – Kondensirlangan holat fizikasi (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.DSc/FM60.
Ilmiy maslahatchi: Djumanov Safarali, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Yadro fizikasi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Yadro fizikasi instituti, DSc. 02/30.12.2019.FM/T.33.01.
Rasmiy opponentlar: To‘raev Nazar Yuldashevich, fizika-matematika fanlari doktori, professor, akademik; Imamov Erkin Zunnunovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Nuritdinov Izzatillo, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi legirlangan yuqori haroratli o‘ta o‘tkazuvchan kupratlarda tok tashuvchilarning lokallashish, Mott va yangi metall-dielektrik o‘tishlar va fazalarning nanoo‘lchamli bo‘linish mexanizmlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
legirlangan kupratli materiallarda teshikli tok tashuvchilarning asosiy holatining energiyalari va legirlanmagan kupratlarning ta’qiqlangan zonasida hosil bo‘luvchi vodorodsimon kirishmalar, katta polyaronlar va bipolyaronlarning energetik sathlari aniqlangan;
YuHO‘O‘-kupratlarning ingichka kirishma zonasida tok tashuvchilar orasidagi kuchli korrelyasiyasi natijasida kuchsiz legirlangan kupratlarda ro‘y beradigan Mott metall-dielektrik o‘tishlarning adekvat miqdoriy nazariyasi rivojlantirilgan;
birinchi marotaba legirlangan YuHO‘O‘-kupratlarda kuchli teshikli zaryad tashuvchi - fonon o‘zaro ta’sirlashish natijasida ro‘y beradigan yangi metall-dielektrik o‘tishlarning mexanizmlari taklif qilingan va ularning mezonlari olingan;
teshikli-legirlangan YuHO‘O‘-kupratlarda kuchli teshikli zaryad tashuvchi - fonon o‘zaro ta’sirlashish natijasida ro‘y beradigan yangi metall-dielektrik o‘tishlarning batafsil miqdoriy nazariyasi rivojlantirilgan va ularning kuchsiz legirlangan kupratlarda, kam va optimal legirlangan YuHO‘O‘-kupratlarda ro‘y berish imkoniyatlari ko‘rsatilgan;
kuchsiz legirlangan, kam legirlangan va optimal legirlangan YuHO‘O‘-kupratlarda dielektrik, metall va o‘ta o‘tkazuvchan fazalarning nanoo‘lchamli bo‘linishining mikroskopik mexanizmlari aniqlangan;
birinchi marotaba YuHO‘O‘-kupratlarda optimal legirlashdan kam legirlash rejimiga o‘tishda o‘ta o‘tkazuvchanlik so‘nishining haqiqiy sababi sifatida legirlangan kupratli materiallarda raqobatdosh dielektrik, metall va o‘ta o‘tkazuvchan fazalarning birgalikda mavjud bo‘lishidan ekanligi ko‘rsatilgan;
birinchi marotaba kuchsiz legirlangan kupratlarning, kam va optimal legirlangan YuHO‘O‘-kupratlarning magnit qabul qiluvchanligining haroratga bog‘liqligini adekvat yorituvchi va bu bog‘liqlikdagi turli g‘ayrioddiy holatlarning hosil bo‘lish sabablarini tushintirib beradigan analitik ifodalar olingan;
kuchsiz legirlangan kupratlar, kam va optimal legirlangan YuHO‘O‘-kupratlarning magnit qabul qiluvchanligi va elektr qarshiligining haroratga bog‘liqligida metall-dielektrik o‘tishlar va turli xil psevdotirqishlarning vujudga kelish imkoniyatlari ko‘rsatilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Legirlangan yuqori haroratli o‘ta o‘tkazuvchan kupratlarda Mott va yangi metall-dielektrik o‘tishlarni tadqiq qilish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
legirlangan kupratli materiallarda teshikli tok tashuvchilarning asosiy holatining energiyalari va legirlanmagan kupratlarning ta’qiqlangan zonasida hosil bo‘luvchi vodorodsimon kirishmalar, katta polyaronlar va bipolyaronlarning energetik sathlarini aniqlashdagi natijalar “Vodorod energetikasi texnologiyasini rivojlantirish” maqsadli ilmiy-texnik Dasturi doirasida foydalanilgan (L.N. Gumilev nomidagi Evroosiyo milliy universitetining 2019 yil 14 fevraldagi 03-02-12/704-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi vodorod energetikasi texnologiyasi uchun har xil sharoitlardagi funksional nanokompozitli va termoelektrik materiallarning texnik xarakteristikalarini yaxshilash imkonini bergan;
kuchsiz legirlangan kupratlardagi va YuHO‘O‘-kupratlarning keng legirlash oraliqlaridagi Mott va yangi metall-dielektrik o‘tishlarning ishlab chiqilgan batafsil miqdoriy nazariyalari 0113RK00953 raqamli “Panjara simmetriyasi kamayganda o‘ta o‘tkazuvchan va ishqoriy materiallarning fizikaviy xossalarini boshqarish texnologiyasini ishlab chiqish” (2012-2017) va 0115RK01111 raqamli “Ishqoriy-galloid kristallar-ssintillyatorlarda ionlashtiriuvchi radiatsiya energiyasini transformatsiyasi mexanizmlarini boshqarish texnologiyasi” (2012-2017) loyihalar doirasida foydalanilgan (K. Jubanov nomidagi Oqtobe davlat universitetining 2019 yil 15 fevraldagi 21-13/569-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi kristall panjaraning past simmetriyasiga ega o‘ta o‘tkazuvchan materiallarda ro‘y beradigan turli elektron jarayonlarini tushuntirish imkonini bergan;
yangi metall-dielektrik o‘tishlar bo‘yicha taklif qilingan mexanizmlar va kuchsiz legirlangan kupratlar, kam va optimal legirlangan YuHO‘O‘-kupratlarda dielektrik, metall va o‘ta o‘tkazuvchan fazalarning nanoo‘lchamli bo‘linishi bo‘yicha taklif qilingan mikroskopik mexanizmlar, hamda legirlangan kuprat materiallarda raqobatdosh dielektrik, metall va o‘ta o‘tkazuvchan fazalarning birgalikda mavjud bo‘lishi 0115RK02715 raqamli “Keng qo‘llanilish spektriga ega yangi uglerodli nanomateriallarni ishlab chiqish” loyiha doirasida nanokompozit materiallarning g‘ayrioddiy elektron xossalarini o‘rganishda qo‘llanilgan (Al-Forobiy nomidagi Qozoq milliy universitetining 2019 yil 12 fevraldagi 19-9-396-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi kompozit materiallarda dielektrik-metall va metall-uglerod o‘tishlarda sodir bo‘ladigan fizikaviy jarayonlarni tushuntirish hamda nanomateriallarni ishlab chiqish va tadqiq qilish imkonini bergan;
kuchsiz legirlangan kupratlar, kam legirlangan va optimal legirlangan YuHO‘O‘-kupratlardagi magnit qabul qiluvchanlik va elektr qarshilikning haroratga bog‘liqligiga metall-dielektrik o‘tishlar va turli xil psevdotirqishlarning ta’sirini nazariy tadqiq qilish natijalari “14 T gacha bo‘lgan magnit maydonlarda FeSexTe1-x va ErFexCo1-xAs2, RE(RhxRu1-x)4B4 magnit o‘tao‘tkazgichlarning magnitlanganligini va elektr qarshiligini tadqiq qilish” (2013-2017) loyihasi doirasida qo‘llanilgan (Ukraina Milliy Fanlar akademiyasi B.I. Verkin nomidagi Past haroratlar Fizika-texnika institutining 2019 yil 12 fevraldagi 64/92-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi magnitli yuqori haroratli o‘tao‘tkazgichlarda psevdotirqishning holatini tushuntirish imkonini bergan.