Barotov Jamshid Sayfullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Temir yo‘l transportida etkazib berish muddatini hisobga olgan holda yuk tashishni tashkil qilish texnologiyasini takomillashtirish”, 05.08.03 – Temir yo‘l transportini ishlatish (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/T1209.
Ilmiy rahbar: Qobulov Jamshid Renatovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti, PhD.15/30.12.2019.T.73.01.
Rasmiy opponentlar: Aripov Nazirjon Mukarramovich, texnika fanlari doktori, professor; Maxkamov Nurmuxammad Yangiboevich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
II. Tadqiqotning maqsadi temir yo‘l transportida etkazib berish muddatini hisobga olgan holda yuk tashishni tashkil qilish texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
temir yo‘l transportida yuk tashish texnologiyasini samarali tashkil etish uchun stansiyalarda vagonlar bilan bajariladigan barcha operatsiyalar davomiyligini hisobga olish asosida yo‘l davomida poezdlarni qayta ishlashga sarflanadigan texnologik vaqtlarni aniqlash usuli takomillashtirilgan;
algebrik to‘ldiruvchi va minorlar usullari asosida yuklangan vagonning yo‘l davomida sarflagan vaqtlarini to‘g‘ri aniqlash uchun yuklarni etkazib berish muddatini hisoblash modeli yaratilgan;
temir yo‘l transportida yuklarni etkazib berish muddatini aniqlash usulini takomillashtirish uchun unga ta’sir etuvchi barcha omillarni hisobga olish asosida vagonli jo‘natmalar sutkalik yurish vaqtining tashish masofasiga bog‘liqlik matematik modeli ishlab chiqilgan;
yuk tashish tizimida vagonli jo‘natmalarning sutkalik bosib o‘tgan masofasini asoslash uchun normal taqsimot qonuni asosida yuklarni etkazib berish muddatini me’yorlash texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Temir yo‘l transportida yuklarni etkazib berish muddatini hisobga olgan holda yuk tashishni tashkil qilish texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
yo‘l davomida poezdlarni qayta ishlashga sarflanadigan texnologik vaqtlarni aniqlash usuli “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan temir yo‘l transportida yuk tashish texnologiyasini samarali tashkil etish uchun joriy etilgan (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning 2020 yil 13 avgustdagi 01/2767-20-son ma’lumotnomasi). Natijada, temir yo‘l orqali yuklarni etkazib berishda vagonlarning turib qolish vaqtlarini kamaytirish bo‘yicha rejalashtirilgan tadbirlarni o‘z vaqtida va asosli tarzda ishlab chiqish imkoni yaratilgan;
vagonli jo‘natmalar sutkalik yurish vaqtining tashish masofasiga bog‘liqlik matematik modeli “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan temir yo‘l transportida yuklarni etkazib berish muddatini aniqlash uchun joriy etilgan (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning 2020 yil 13 avgustdagi 01/2767-20-son ma’lumotnomasi). Natijada, temir yo‘l infratuzilmasining texnik jihozlanganligidan kelib chiqqan holda vagonning temir yo‘l stansiyasiga etib borish vaqtini etarli aniqlik darajasida bashoratlash imkoni yaratilgan;
yuklarni etkazib berish muddatini hisoblash modeli va uni me’yorlash texnologiyasi “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan yuk tashish tizimida vagonli jo‘natmalarning sutkalik bosib o‘tgan masofasini asoslash uchun joriy etilgan (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning 2020 yil 13 avgustdagi 01/2767-20-son ma’lumotnomasi). Natijada, temir yo‘l tomonidan mijozlarga yuklarni kechiktirib etkazib berish bilan bog‘liq jarima to‘lash xarajatlarini kamaytirish imkoni yaratilgan.