Shermuhammadov Bahodirjon Shermuhammadovichning

doktorlik dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i):  «Yoshlar orasida milliy g‘oya targ‘iboti samaradorligini oshirish («Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati faoliyati misolida)», 13.00.01– Pedagogika nazariyasi va tarixi. Ta’limda menejment (pedagogika fanlari).

Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot /Pedagogika fanlari nomzodi/.

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 30.09.2014/B2014.3-4.Ped143.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti, 14.07.2016.Ped/R.04.01.

Ilmiy maslahatchi: Quronov Muhammadjon, pedagogika fanlari doktori, professor.

Rasmiy opponentlar: Musurmonova Oynisa Musurmonovna, pedagogika  fanlari doktori, professor; Ismailova Zuxra Karabaevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Jamoldinova Odinaxon Rasulovna, pedagogika fanlari doktori.

Yetakchi tashkilot: Milliy g‘oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: yoshlar orasida milliy g‘oya targ‘iboti samaradorligini oshirishning pedagogik mexanizmlarini takomillashtirishdan  iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

O‘zbekiston Respublikasining «Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida»gi Qonuni bilan tasdiqlangan yoshlar orasida milliy g‘oya targ‘iboti samaradorligini oshirishning ustuvor yo‘nalishlari aniqlashtirilgan;

 yoshlar orasida milliy g‘oya targ‘iboti samaradorligini oshirish tuzilmasi, o‘sish dinamikasi va baholash mezonlari ishlab chiqilgan;

yoshlar orasida milliy g‘oya targ‘iboti samaradorligini oshirishga doir ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etishning ijtimoiy, tashkiliy va shaxsiy komponentlari takomillashtirilgan;

milliy g‘oya targ‘iboti samaradorligini oshirish modeliga asoslangan holda «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakatining targ‘ibot va tashviqot ishlari monitoringi tizimi ishlab chiqilgan;

ijtimoiy, intellektual (aqliy) va emotsional (hissiy) ta’sir ko‘rsatish mexanizmlari asosida yoshlar orasida milliy g‘oya samaradorligini oshirishning amaliy-texnologik tizimi takomillashtirilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:

Yoshlar orasida milliy g‘oya targ‘iboti samaradorligini oshirish yuzasidan ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:

O‘zbekiston Respublikasining «Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida»gi Qonun loyihasining 5-, 10-, 17-moddalarini ishlab chiqishda yoshlarni vatanparvarlik, insoniylik, bag‘rikenglik, qonunlarga, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida, zararli ta’sirlar va oqimlarga qarshi tura oladigan, hayotga bo‘lgan qat’iy ishonch va qarashlarga ega qilib tarbiyalash hamda yosh oilalarni ma’naviy va moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, ular uchun munosib uy-joy va ijtimoiy-maishiy sharoitlarni tashkil etishga qaratilgan takliflardan foydalanildi (Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 24 sentyabrdagi 07/458-son ma’lumotnomasi);

ma’naviy-ma’rifiy va ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirishga qaratilgan millati va dinidan qat’i nazar, mamlakatning har bir fuqarosiga nisbatan hurmat tuyg‘usi bilan munosabatda bo‘lish kabi ko‘nikmalarni shakllantirishga doir takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 6 fevraldagi «O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori bilan tasdiqlangan chora-tadbirlar dasturining 11-, 12-, 14-, 37-, 58-bandlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 24 sentyabrdagi 07/458-son ma’lumotnomasi). Mazkur tadbirlarning joriy etilishi yoshlar orasida milliy g‘oya targ‘iboti samaradorligini oshirish jarayoniga tizimli yondashuvni tashkil etishni ta’minlagan;

yoshlar orasida milliy g‘oya targ‘iboti samaradorligini oshirish jarayonida «Vatan ravnaqi» g‘oyasini keng targ‘ib etishga qaratilgan hamda yoshlarda vatanparvarlik, Vatanga sadoqat va mehr-muhabbat kabi ma’naviy-axloqiy fazilatlarni shakllantirish takliflaridan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 12 martdagi 01-07-1-49-sonli majlis bayonining qarori bilan tasdiqlangan dasturning 12-, 46-bandlarini tayyorlashda foydalanilgan (Milliy g‘oya va mafkura ilmiy-amaliy markazining 2016 yil 23 sentyabrdagi 458-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflar «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakatining joylarda yoshlar o‘rtasida olib boriladigan ma’naviy-axloqiy, tarbiyaviy ishlarini takomillashtirish imkonini yaratdi;

yuksak ma’naviyatli vatanparvar yoshlarni tarbiyalashga qaratiligan hamda ularni adolat va haqiqat, erkinlik va mustaqillik g‘oyalariga qat’iy ishonch bilan tarbiyalash bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflardan O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini 2013 yil uchun mo‘ljallangan chora-tadbirlar (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 5 martdagi 07-07/1-185-sonli majlis bayoni qarori) dasturining 11-, 17- va 18-bandlarida kiritish orqali amaliyotgan joriy etilgan (Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazining 2016 yil 24 sentyabrdagi 01/01-587-son ma’lumotnomasi). Takliflarning joriy qilinishi «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakatining milliy g‘oya targ‘iboti samaradorligini oshirishdagi mexanizmini takomillashtirish imkonini berdi;

yoshlarni yot g‘oyalar ta’siridan himoya qilish, ularni sog‘lom e’tiqod va milliy qadriyatlarga sodiqlik, diniy bag‘rikenglik va millatlararo hamjihatlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 3 apreldagi «O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 07-07/1-76-sonli majlis bayoni qarori bilan tasdiqlangan dasturning 80-, 81-, 82-, 83-, 84-, 85-, 86-, 87-, 88-, 89-, 90-bandlarini ishlab chiqish va amalga oshirish orqali amaliyotga joriy etildi (Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 24 sentyabrdagi 07/458-son ma’lumotnomasi);

milliy g‘oyaning asosiy yo‘nalishlarini belgilab beruvchi, ya’ni yoshlarni real hayotda ro‘y berayotgan xodisa va voqealarni to‘g‘ri anglashlari, uni baholash va xolisona yondashish, odilona hukm chiqara olishga o‘rgatish kabi takliflardan 2016 yilda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 10 dekabrda qabul qilingan 65-son bayoni bilan tasdiqlangan) dasturining 86-, 87-, 88-, 89-, 90-, 91-, 92-, 93-bandlarini tayyorlashda foydalanilgan (Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 24 sentyabrdagi 07/458-son ma’lumotnomasi). Mazkur bandlarning yoshlar hayotiga joriy qilinishi mamlakatimizning barcha hududlarida yashovchi yoshlar orasida milliy g‘oya targ‘iboti samaradorligini oshirishda ijobiy natija berdi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish