Tashpulatov Dilshod Abdusalixovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Paxtani yirik iflosliklardan tozalash agregati ishchi elementlarini takomillashtirish asosida tozalash samaradorligini oshirish», 05.06.02 – To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/T796. 
Ilmiy rahbar: Madumarov Ilxom Dedaxonovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.03/30.12.2019.T.08.01.
Rasmiy opponentlar: Mamatov Alisher Zunnunovich, texnika fanlari doktori, professor; Sulaymonov Rustam Shennikovich , texnika fanlari doktori, k.i.x.
Yetakchi tashkilot: Namangan muxandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi:  amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi paxtani yirik iflosliklardan tozalash texnologiyasini ko‘p qirrali polimer materialli kolosnik konstruksiyasini qo‘llash asosida tozalash samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ko‘p qirrali polimer materialli kolosniklar qo‘llashga asoslangan paxtani yirik iflosliklardan tozalashni takomillashtirilgan texnologiyasi ishlab chiqilgan; 
paxta xom ashyosini yirik iflosliklardan tozalash samaradorligini kolosnik qirralari soniga bog‘liqlik qonuniyati aniqlangan;
to‘liq omilli tajribalar asosida ko‘p qirrali polimer materialli kolosnikning ratsional parametrlari aniqlangan;
paxtani yirik iflosliklardan tozalash mashinasi kolosnikli panjarasining samarali konstruksiyasi ishlab chiqilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Paxtani yirik iflosliklardan tozalash agregati ishchi elementlarini takomillashtirish orqali tozalash samaradorligini oshirishga bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
yaratilgan  ko‘p qirrali  polimer materialli kolosnik “Piskent paxta tozalash” AJda joriy qilingan (“O‘zpaxtasanoat” AJning  2020 yil 15 avgustdagi 03-24/2102-son ma’lumotnomasi). Natijada, takomillashtirilgan mashinaning tozalash samaradorligi 6,2 foizga oshishiga erishilgan;
ihtiroga olingan patent asosida paxtani yirik iflosliklardan tozalashning takomillashtirilgan texnologiyasi “Qorasuv paxta tozalash” AJda tadbiq qilingan (“O‘zpaxtasanoat” AJning 2020 yil 15 avgustdagi 03-24/2102-son ma’lumotnomasi). Natijada, UXK agregatining tozalash samaradorligi 10,5 foizga oshirish imkonini bergan;
ixtiro patenti asosida “Paxta sanoat ilmiy markazi” AJ huzuridagi “Paxtajin KB” mas’uliyati cheklangan jamiyat bilan muallif o‘rtasida lisenzion shartnoma imzolangan (“O‘zpaxtasanoat” AJning  2020 yil 15 avgustdagi 03-24/2102-son ma’lumotnomasi). Natijada, respublikada faoliyat yuritayotgan paxta tozalash korxonalarini samaradorligi yuqori bo‘lgan ko‘p qirrali polimer materialli kolosnik panjalarini keng joriy etish imkoni yaratilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish