Rasulov Bekzod Boymuratovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda davlat boshqaruvi organlari faoliyati ochiqligini ta’minlashda nodavlat notijorat tashkilotlari ishtirokini rivojlantirish mexanizmlari”, 23.00.02 – Siyosiy institutlar, jarayonlar va texnologiyalar (siyosiy fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/Ss166.
Ilmiy rahbar: Qo‘chqorov Vaxob Xoshimovich, siyosiy fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat  universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Ss.01.08. 
Rasmiy opponentlar: Jo‘raev Narzulla Qosimovich, siyosiy fanlar doktori, professor; Mo‘minov Alisher Gaffarovich siyosiy fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: davlat organlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash mexanizmlarini yanada takomillashtirish, davlat organlarining fuqarolik jamiyati institutlari, shu jumladan NNTlar, OAV bilan o‘zaro hamkorligining samaradorligini oshirish bo‘yicha amaliy takliflar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
boshqaruv organlari faoliyati ochiqligini ta’minlashda jamoatchilik nazorati tizimini gorizontal va vertikal (turli shakl va daraja) yo‘nalishlar bo‘yicha rivojlantirish hamda nodavlat tashkilotlari hamkorligini tizimli yo‘lga qo‘yish ijtimoiy-siyosiy zaruriyat ekanligi ochib berilgan; 
O‘zbekistonda axborot-media nazorat shaklini davlat hokimiyati va mahalliy boshqaruv organlari faoliyati ochiqligi va shaffofligini ta’minlashda eng samarali usullaridan biriga aylantirish mumkinligi nazariy jihatdan asoslangan;
mamlakatimizda “Ochiqlik indeksi” mezonlarini yanada takomillashtirish borasida mahalliy boshqaruv organlarining o‘tkazadigan yig‘ilishlari, majlislari va tadbirlarini “Onlayn-video” tarzda ijtimoiy tarmoqlarda ochiq namoyish qilish taklifi ishlab chiqilgan; 
mahalliy xalq deputatlari Kengashi maqomi oshirish mahalliy Kengashlar va hokimiyat o‘rtasida o‘zaro tiyib turish mexanizmlarining shakllanishiga hamda boshqaruvda “siyosiy raqobat muhitini” ning rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi ilmiy asoslangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekistonda davlat boshqaruvi organlari faoliyati ochiqligini ta’minlashda nodavlat notijorat tashkilotlari ishtirokini rivojlantirish mexanizmlari bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalari asosida:
boshqaruv organlari faoliyati ochiqligini ta’minlashda jamoatchilik nazorati tizimini gorizontal va vertikal (turli shakl va daraja) yo‘nalishlar bo‘yicha rivojlantirish hamda nodavlat tashkilotlari hamkorligini tizimli yo‘lga qo‘yish ijtimoiy-siyosiy zaruriyat ekanligiga oid xulosa va tavsiyalaridan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazida ma’ruzachilar uchun “O‘zbekistonda NNTlar faoliyati” nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2019 yil 28 noyabrdagi 02/07-1588 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada markazning Harakatlar strategiyasi 1-qismi: “Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlari”, 1.2.-“Davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish” bandini samarali amalga oshirishga katta xissa qo‘shgan;
O‘zbekistonda axborot-media nazorat shaklini davlat hokimiyati va mahalliy boshqaruv organlari faoliyati ochiqligi va shaffofligini ta’minlashda eng samarali usullaridan biriga aylantirish mumkinligiga doir xulosalardan hamda davlat hokimiyati va boshqaruvining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash yuzasidan hamkorlikning huquqiy asoslarini yaratish bo‘yicha takliflardan “Fuqarolik jamiyati” (Harakatlar strategiyasi) fani bo‘yicha o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 28 oktyabrdagi 89-03-4153 raqamli dalolatnomasi). Natijada 2019-2020 o‘quv yilida “Fuqarolik jamiyati” (Harakatlar strategiyasi) fani nazariy asoslari mustahkamlanishiga munosib hissa qo‘shgan; 
mamlakatimizda “Ochiqlik indeksi” mezonlarini yanada takomillashtirish borasida mahalliy boshqaruv organlarining o‘tkazadigan yig‘ilishlari, majlislari va tadbirlarini “Onlayn-video” tarzda ijtimoiy tarmoqlarda ochiq namoyish qilish taklifiga hamda davlat organlari rahbarlarining ma’naviy-ahloqiy fazilatlari, ular faoliyatining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash, korrupsiyaga qarshi kurashning normativ-huquqiy, tashkiliy-nazorat turlaridan tashqari nodavlat notijorat tashkilotlar, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari tomonidan nazorat faoliyatining amalda aniq maqsadli tarzda yo‘lga qo‘yilishi, ularning ijtimoiy-siyosiy va huquqiy ta’sir choralarini qo‘llashda ishtiroki darajasini oshirishga doir xulosalar “Fuqarolik jamiyati” (Harakatlar strategiyasi) fani bo‘yicha o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 25 oktyabrdagi 89-03-4153 raqamli dalolatnomasi). Natijada 2019-2020 o‘quv yilida “Fuqarolik jamiyati” (Harakatlar strategiyasi) fani mazmunini boyitishga xissa qo‘shgan;
mahalliy xalq deputatlari Kengashi maqomi oshirish mahalliy Kengashlar va hokimiyat o‘rtasida o‘zaro tiyib turish mexanizmlarining shakllanishiga hamda boshqaruvda “siyosiy raqobat muhitini” ning rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishiga oid xulosa va tavsiyalardan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Kengashining “Yosh deputat” loyihasi Nizomini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy kengashining 2019 yil 29 noyabrdagi 04-13/6006 raqamli ma’lumotnomasi). Xulosalar Kengashning ushbu yo‘nalishdagi faoliyatlari samaradorligi oshishiga va nazariy jihatdan mustahkamlanishiga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish