Jalilov Abdulatif Abdullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda yoshlar siyosiy madaniyatining rivojlanish jarayonlari”, 23.00.03 – Siyosiy madaniyat va mafkura (siyosiy fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/Ss166.
Ilmiy rahbar: Musaev Odil Raxmatovich, falsafa fanlari doktori, professor v.b..
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Ss.01.08.
Rasmiy opponentlar: Qo‘chqorov Vaxob Xoshimovich, siyosiy fanlar doktori, professor; Axmedov Xusniddin Aliqulovich, siyosiy fanlar doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonda yoshlar siyosiy madaniyatini rivojlantirish jarayonlari hamda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish mexanizmlariga oid nazariy xulosa va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
zamonaviy metodologik yondashuvlar konsepsiyasida yoshlar siyosiy madaniyatini yuksaltirishda milliy-mental xususiyatlarni inobatga olish va shaxsning ijtimoiylashuvida «shaxs-maxalla-NNT-davlat» formatini yo‘lga qo‘yish muhim omil ekanligi asoslangan;
O‘zbekiston yoshlarining ijtimoiylashuvi holatini aniqlash uchun global hamda regional miqiyosdagi standartlashtirishga doir monitoring qilish mezonlar tizimi (jamoaviylik, andishalik, uyatchanlik, fikrini ochiq aytmaslik kabi) mental xususiyatlar inobatga olinib takomillashtirilgan;
mamlakatimizda yoshlar siyosiy madaniyatini rivojlantirish borasida faoliyat olib boruvchi davlat, nodavlat va jamoat tashkilotlari hamkorligi (davlat+Yoshlar agentligi, davlat+jamoat tashkilotlari, davlat+nodavlat tashkilotlar kabi ko‘rinishlarda) ijtimoiy sherikchilikka asoslanishi lozimligi ochib berilgan;
“siyosiy madaniyat”, “siyosiy ong”, “yoshlar siyosiy madaniyati” kabi kategoriyalar xalqimizga xos bo‘lgan mental xususiyatlar (o‘zidan kattalarga, rahbarlarga, ayniqsa liderlarga ishonish kabi) bilan bog‘liq tamoyillar asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekistonda yoshlar siyosiy madaniyatining rivojlanish jarayonlari bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalari asosida:
zamonaviy metodologik yondashuvlar konsepsiyasida yoshlar siyosiy madaniyatini yuksaltirishda milliy-mental xususiyatlarni inobatga olish va shaxsning ijtimoiylashuvida «shaxs-maxalla-NNT-davlat» formatini yo‘lga qo‘yish muhim omil ekanligiga oid taklif va tavsiyalardan Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil institutida tayyorlangan “Yoshlar va kelajak” nomli o‘quv qo‘llanmasini tayyorlashda foydalanilgan (Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil institutining 2018 yil 24 sentyabrdagi 14/413-son ma’lumotnomasi). Natijada mamlakatimizda amalga oshirilayotgan yoshlarga oid davlat siyosatini tizimli monitoring qilish hamda ushbu yo‘nalishda olib borilayotgan ishlar dinamikasini yoritib boruvchi tizimni takomillashtirishga xizmat qilgan;
O‘zbekiston yoshlarining ijtimoiylashuvi holatini aniqlash uchun global hamda regional miqiyosdagi standartlashtirishga doir monitoring qilish mezonlar tizimi (jamoaviylik, andishalik, uyatchanlik, fikrini ochiq aytmaslik kabi) mental xususiyatlar inobatga olinib takomillashtirilganligiga doir yangiligidan “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi “Yosh adolatchilar” qanotining Nizomini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasining 2019 yil 16 maydagi 01-04/153-son ma’lumotnomasi). Natijada partiyaning “Yosh adolatchilar” qanoti Nizomidagi umumiy vazifalarni siyosiy individualizm tamoyili asosida amalga oshirish texnologiyalari va targ‘ibot aksiyalarining nazariy-metodologik asosi takomillashtirilgan;
mamlakatimizda yoshlar siyosiy madaniyatini rivojlantirish borasida faoliyat olib boruvchi davlat, nodavlat va jamoat tashkilotlari hamkorligi (davlat+Yoshlar agentligi, davlat+jamoat tashkilotlari, davlat+nodavlat tashkilotlar kabi ko‘rinishlarda) ijtimoiy sherikchilikka asoslanishi lozimligiga oid taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat Boshqaruvi Akademiyasida “O‘bekistonda yoshlar siyosati” nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat Boshqaruvi Akademiyasi 2018 yil 22 oktyabrdagi 01/312-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif va tavsiyalar akademiyaning mazkur yo‘nalishdagi faoliyatlari rivojlanishini yoritishga samarali xissa qo‘shgan;
“siyosiy madaniyat”, “siyosiy ong”, “yoshlar siyosiy madaniyati” kabi kategoriyalar xalqimizga xos bo‘lgan mental xususiyatlar (o‘zidan kattalarga, rahbarlarga, ayniqsa liderlarga ishonish kabi) bilan bog‘liq tamoyillar asosida berilgan xulosalardan O‘zbekiston yoshlar ittifoqining 2019 yilda nashr etilgan “Yoshlarda siyosiy madaniyatni rivojlantirish omillari” nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston yoshlar ittifoqining 2019 yil 26 martdagi 04-13/1399-son ma’lumotnomasi). Natijada Mazkur taklif va tavsiyalar Ittifoqning ushbu yo‘nalishda amalga oshiriyotgan faoliyatining nazariy asoslarini mustahkamlash va amaliy ishlari samaradorligi oshishiga xizmat qilgan.