Mamatov G‘anisher Sapievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Axborotlashgan jamiyatda jamoatchilik nazorati va davlat axborot siyosatining uyg‘unligi (O‘zbekiston Respublikasi misolida)», 23.00.02 – Siyosiy institutlar, jarayonlar va texnologiyalar (siyosiy fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Siyos6.
Ilmiy rahbar: Jo‘raev Narzulla Qosimovich, siyosiy fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.S.01.08.
Rasmiy opponentlar: Musaev Odil Raxmatovich, falsafa fanlari doktori; Qolqonov Nuriddin Tashpulatovich, falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Toshkent arxitektura va qurilish instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Jamoatchilik nazorati nazariyasiga mansub mavjud manbalarni aniqlash, zamonaviy davlatlardagi axborot siyosatining mohiyati, mazmuni va xususiyatlarini ifodalash hamda O‘zbekistonda jamoatchilik nazoratini takomillashtirishda ommaviy axborot vositalarining muhimligini ilmiy-nazariy o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
axborotlashgan jamiyatda jamoatchilik nazorati va davlat axborot siyosatining uyg‘unligi masalalari rivojlangan davlatlar tajribasi hamda mavjud ilmiy-metodik qarashlar prizmasi orqali ochib berilgan;
davlat boshqaruvida axborot faoliyatini amalga oshirishning faol va passiv oshkorolik prinsiplarini amalga oshirishda axborotni hujjatlashtirish, axborotdan foydalanishni ta’minlash, axborot bilan ommaviy ta’minlanish, axboriy o‘zaro munosabat o‘rnatish kabi uslubiy tizimlar tamoyillariga tayanishi asoslangan;
O‘zbekistonda demokratlashtirish, ijtimoiy fikr va jamoatchilik nazoratini uch bosqich – shakllanish, rivojlanish va yangi davrlarga ajratib,
alohida-alohida nazariy qarashlar hamda jamoatchilik nazorati misolida “Ijtimoiy vijdon” tushunchasi ta’rifi ishlab chiqilgan;
O‘zbekistonda “Axborot siyosati”ning jamoatchilik nazoratida aks etish tendensiyalari va muammolari misolida jamoatchilik fikrini yuksaltirish bo‘yicha ilmiy farazlar takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasi misolida axborotlashgan jamiyatda jamoatchilik nazorati va davlat axborot siyosatining uyg‘unligi bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalari asosida:
axborotlashgan jamiyatda jamoatchilik nazorati va davlat axborot siyosatining uyg‘unligi masalalari rivojlangan davlatlar tajribasi hamda mavjud ilmiy-metodik qarashlar prizmasi orqali ochib berilganligi hamda davlat boshqaruvida axborot faoliyatini amalga oshirishning faol va passiv oshkorolik prinsiplarini amalga oshirishda axborotni hujjatlashtirish, axborotdan foydalanishni ta’minlash, axborot bilan ommaviy ta’minlanish, axboriy o‘zaro munosabat o‘rnatish kabi uslubiy tizimlarga asoslangan tamoyillar bo‘yicha ishlab chiqilgan amaliy taklif va tadqiqot natijalaridan “Ommaviy axborot vositalari faoliyatining siyosiy-huquqiy asoslari” nomli o‘quv qo‘llanmani yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston jurnalistlar ijodiy uyushmasining 2018 yil 23 maydagi №14/143-son dalolatnomasi). Mazkur o‘quv-uslubiy qo‘llanmaga dissertatsiya ishidagi amaliy takliflar manbaa bo‘lib hizmat qilgan;
davlat boshqaruvida axborot faoliyatini amalga oshirishning faol va passiv oshkorolik prinsiplarini amalga oshirishda axborotni hujjatlashtirish, axborotdan foydalanishni ta’minlash, axborot bilan ommaviy ta’minlanish, axboriy o‘zaro munosabat o‘rnatish kabi uslubiy tizimlar tamoyillariga tayanishi hamda jamoatchilik nazorati kuchaytirish kabi uslubiy tamoyillariga oid ilmiy farazlar, takliflar va tavsiyalaridan Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazida ma’ruzachilar uchun “Axborotlashgan jamiyat” nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining 2020 yil 28 yanvardagi 02/07-128-son dalolatnoma). Natijada Markazning hududiy bo‘limlari orqali mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar mazmun va mohiyatini aholining keng qatlamlariga etkazishga qaratilgan targ‘ibot ishlarini samarali amalga oshirishga manba bo‘lib xizmat qilgan;
O‘zbekistonda demokratlashtirish, ijtimoiy fikr va jamoatchilik nazoratini uch bosqich – shakllanish, rivojlanish va yangi davrlarga ajratib, alohida-alohida nazariy qarashlar hamda jamoatchilik nazorati misolida “Ijtimoiy vijdon” tushunchasiga berilgan ta’riflardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O’zbekiston” teleradiokanalining “Ta’lim va taraqqiyot”, “Parlament faoliyati” eshittirishlari dasturlarini ishlab chiqish va “Ijtimoiy vijdon” g‘oyasini doimiy ravishda targ‘ib qilish senariy ishlanmasini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2019 yil 7 iyundagi O’z/B-1-115-son dalolatnoma). Natijada mazkur taklif va tavsiyalarning “O’zbekiston” teleradiokanali dasturlariga kiritilishi MTRKning fuqarolarning siyosiy va huquqiy ongini rivojlantirish va jamiyatda “Ijtimoiy vijdon” g‘oyasini keng targ‘ib qilish ishlariga katta hissa qo‘shgan;
O‘zbekistonda “Axborot siyosati”ning jamoatchilik nazoratida aks etish tendensiyalari va muammolari misolida jamoatchilik fikrini yuksaltirish bo‘yicha ilmiy farazlardan O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining 2020-2024 yillarga mo‘ljallangan dasturining 8.1. Milliy axborot makonini rivojlantirish bandi asosida tayyorlangan “Axborotlashgan jamiyat” nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy kengashi Ijroiya Qo‘mitasining 2020 yil 13 fevraldagi №01-56-son dalolatnomasi). Natijada, dissertatsiya ishida ilgari surilgan taklif va tavsiyalar O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining 2020-2024 yillarga mo‘ljallangan dasturi va partiyaning 2020 yilga mo‘ljallangan ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha dasturini yoritishga manbaa bo‘lib xizmat qilgan.