Xursandov Alisher Suyunovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yoshlar ijtimoiylashuvida milliy-siyosiy identifikatsiyaning namoyon bo‘lish xususiyatlari», 23.00.02 – Siyosiy institutlar, jarayonlar va texnologiyalar (siyosiy fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Siyos78.
Ilmiy rahbar: O‘tamurodov Akbar O‘tamurodovich falsafa fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.S.01.08.
Rasmiy opponentlar: Jo‘raev Narzulla Kosimovich, siyosiy fanlar doktori, professor; Nishonova Ozoda, siyosiy fanlar doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Yoshlarni ijtimoiylashuvida milliy-siyosiy identifikatsiyani o‘ziga xos xususiyatlariga oid nazariy taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
milliy-siyosiy identifikatsiyani shakllantirish bosqichlari, tamoyillari, mexanizmlari, texnologiyalari tipologiyasi ishlab chiqilib, u yoshlar ijtimoiylashuvida ijobiy komponent ekanligi asoslangan;
siyosiy ijtimoiylashuvning genezisi va namoyon bo‘lish xususiyatlari aniqlashtirilgan hamda yoshlarda siyosiy faollik, vatanparvarlik, erkin fikrlash, o‘zligini anglash, manfaatdorlik kabi xususiyatlar monitoringini olib borishga oid mezonlari ishlab chiqilgan;
yoshlar ijtimoiylashuvidagi o‘zlikni anglash, milliy-siyosiy identifikatsiyani rivojlantirish jarayonining vertikal va gorizontal ko‘rsatkichlari hamda ijtimoiylashuv tizimi samaradorligini baholash indikatorlari takomillashtirilgan;
yoshlar siyosiy identifikatsiyasiga doir “yoshlar ijtimoiylashuvi” (moslashuvchanlik va zamonaviylashuv), “milliy identifikatsiya” (andishalik va yuz-xotirlik), “milliy-siyosiy identifikatsiya” (uyushmaganlik, siyosiy madaniyat, siyosiy ong) kategoriyalarning mazmuni va ilmiy ta’riflari takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Yoshlar ijtimoiylashuvida milliy-siyosiy identifikatsiyaning namoyon bo‘lish xususiyatlari bo‘yicha olib borilgan tadiqotning ilmiy natijalari asosida:
milliy-siyosiy identifikatsiyani shakllantirish bosqichlari, tamoyillari, mexanizmlari, texnologiyalari tipologiyasi ishlab chiqilib, u yoshlar ijtimoiylashuvida ijobiy komponent ekanligiga oid xulosalardan “Sotsiologiya” fani bo‘yicha o‘quv qo‘llanma tayyorlashda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 20 iyuldagi 654-son buyrug‘i, nashr ruxsatnomasi № 654-004). Ilmiy xulosalar va amaliy takliflar yoshlar ijtimoiylashuvida milliy-siyosiy identifikatsiya talablarini jamiyat hayotiga samarali tadbiq qilish hamda “Sotsiologiya” fani bo‘yicha o‘quv qo‘llanmani nazariy-metodologik jihatdan takomillashtirishga hizmat qilgan;
siyosiy ijtimoiylashuvning genezisi va namoyon bo‘lish xususiyatlari aniqlashtirilgan hamda yoshlarda siyosiy faollik, vatanparvarlik, erkin fikrlash, o‘zligini anglash, manfaatdorlik kabi xususiyatlar monitoringini olib borishga oid mezonlari ishlab chiqilganligiga doir yangiligidan barcha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun yoshlarga oid davlat siyosatining ahamiyati, yoshlar ijtimoiylashuvida ta’lim va tarbiyaning o‘rni hamda milliy-siyosiy identifikatsiyaning tuzilmaviy-funksional jihatlarini kabilarni tahlil qilishda hamda “Fuqarolik jamiyati” nomli o‘quv qo‘llanmasini tayyorlashda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 4 oktyabrdagi № 89-03-3722-son ma’lumotnomasi). Bunda zamonaviy yoshlar yangicha fikrlashining yangi g‘oyalar, yangi qadriyatlar bilan milliy-siyosiy jihatdan ijtimoiylashuv jarayonini va ta’lim sifatini oshirishga xizmat qilgan;
yoshlar ijtimoiylashuvidagi o‘zlikni anglash, milliy-siyosiy identifikatsiyani rivojlantirish jarayonining vertikal va gorizontal ko‘rsatkichlari hamda ijtimoiylashuv tizimi samaradorligini baholash indikatorlari takomillashtirilganligiga oid xulosalardan “Sotsiologiya” fani bo‘yicha o‘quv qo‘llanma tayyorlashda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 20 iyuldagi 654-son buyrug‘i, nashr ruxsatnomasi № 654-004). Ushbu xulosa va takomillashtirilgan indikatorlar Sotsiologiya fanini metodik jihatdan mustahkamlashga samarali hissa qo‘shgan;
yoshlar siyosiy identifikatsiyasiga doir “yoshlar ijtimoiylashuvi” (moslashuvchanlik va zamonaviylashuv), “milliy identifikatsiya” (andishalik va yuz-xotirlik), “milliy-siyosiy identifikatsiya” (uyushmaganlik, siyosiy madaniyat, siyosiy ong) kategoriyalarning mazmuni va ilmiy ta’riflari takomillashtirilganligiga oid xulosalardan “Siyosatshunoslik” nomli o‘quv qo‘llanmasini tayyorlashda tayyorlashda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 9 fevraldagi 133-son buyrug‘i, nashr ruxsatnomasi № 133-249). Natijada tadqiqot asosida “yoshlar ijtimoiylashuvi” va “milliy identifikatsiya” kategoriyalarni tasniflashdagi turli ilmiy-amaliy yondashuvlar va umumsiyosiy metodologiya asosida o‘quv dasturlarining tegishli mavzular va yangi ma’lumotlar bilan boyitilishida manbaa bo‘lib hizmat qilgan.