Vaxobov Ma’rufjon Malikovichning

doktorlik dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Umumiy o‘rta ta’lim tizimida o‘qitish sifati monitoringi modelini takomillashtirish», 13.00.01–Pedagogika nazariyasi va tarixi. Ta’limda menejment (pedagogika fanlari).

Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: LA № 0000575.

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 14.07.2016/B2016.3.Ped53.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti, 14.07.2016.Ped/R.04.01.

Ilmiy maslahatchi: Raxmonqulova Nargiz Xodjiakbarovna, pedagogika fanlari doktori, dotsent.

Rasmiy opponentlar: Musurmonova Oynisa Musurmonovna, pedagogika  fanlari doktori, professor; Qurbonov Shavkat Ergashevich, pedagogika fanlari doktori, professor; Aleulov Userbay, pedagogika fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: umumiy o‘rta ta’lim tizimida o‘qitish sifati monitoringini tashkil etish va tizimli boshqarish modelini takomillashtirishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan davlat ta’lim standartlarini ishlab chiqishning konseptual modeli o‘qitish sifati monitoringi tamoyillari, darajalari, nazorat va baholash tizimi asosida takomillashtirilgan;

umumiy o‘rta ta’lim tizimida o‘qitish sifati va raqobatbardoshlikni ta’minlash modelining modernizatsion sifat ko‘rsatkichlari, parametrlari va indikatorlari aniqlashtirilgan;

umumiy o‘rta ta’lim tizimida o‘qitish sifati monitoringini amalga oshirishga doir me’yoriy-metodik hujjatlarni ishlab chiqish va nazoratini amalga oshirish mexanizmlari takomillashtirilgan;

ta’lim muassasalari va hududiy xalq ta’limi boshqaruvi idoralarining reytingini aniqlash texnologiyasi ishlab chiqilgan;

umumiy o‘rta ta’lim tizimida ta’lim sifati monitoringining elektron axborot boshqaruv tizimini yaratish yuzasidan takliflar asoslab berilgan hamda texnik talablar ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:

Umumiy o‘rta ta’lim tizimida o‘qitish sifati monitoringi modelini takomillashtirish yuzasidan ishlab chiqilgan nazariy-metodologik va amaliy takliflar asosida:

umumiy o‘rta ta’lim tizimida o‘qitish sifati va raqobatbardoshlikni ta’minlash modelining modernizatsion sifat ko‘rsatkichlari, parametrlari va indikatorlaridan Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 1 martdagi «Xalq ta’limi hududiy organlari tuzilmasini takomillashtirish to‘g‘risida»gi 52-sonli qarorining ilovasi bilan tasdiqlangan ta’lim muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo‘limlari strukturasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Xalq ta’limi vazirligining 2016 yil 18 maydagi 01-02/1-8-158-son ma’lumotnomasi). Takliflarning joriy qilinishi xalq ta’limi tizimida 210 ta o‘zaro uzviy hamkorlikda ishlaydigan o‘qitish sifati monitoringi xizmati tashkiliy tuzilmasi va o‘quv-uslubiy ta’minotini takomillashtirish imkoniyatini yaratgan;

Davlat ta’lim standartlari monitoringi xizmati mutaxassislarining kasbiy mahoratini maqsadli oshirib borish bo‘yicha takliflardan «2013–2017 yillarda Ta’lim sektorini rivojlantirish rejasi»ning 2.4.-yo‘nalishini ishlab chiqishda foydalanilgan (Xalq ta’limi vazirligining 2016 yil 30 apreldagi 4-sonli Hay’at qarori). Takliflarning joriy qilinishi xalq ta’limi tizimida faoliyat ko‘rsatayotgan 2 ming nafardan ortiq monitoring va metodik xizmat xodimlarining ishlab chiqarishdan ajralmagan holda metodik ehtiyojiga asoslangan yondashuv asosida «Metodist maktabi»da kasbiy mahoratini oshirib borish imkoniyati yaratilgan;

o‘qitish sifati monitoringi tamoyillari, darajalari, nazorat va baholash tizimi asosida takomillashtirilgan kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan davlat ta’lim standartlarini ishlab chiqishning konseptual modelidan umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilarining malaka talablarini loyihalashda samarali foydalanilgan (Xalq ta’limi vazirligining 2016 yil 30 iyundagi 01-02/1-8-205-son ma’lumotnomasi). Natijada umumta’lim fanlarini o‘qitish jarayonida shakllantiriladigan kompetensiyalar tizimi, kompetentlik darajalari va mazmunini o‘zida to‘liq aks ettirgan takomillashtirilgan Davlat ta’lim standartlari ishlab chiqilgan;

umumiy o‘rta ta’lim tizimida o‘qitish sifati monitoringini amalga oshirishga doir me’yoriy-metodik hujjatlarni ishlab chiqish va nazoratini amalga oshirish mexanizmlariga oid takliflar asosida Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 30 dekabrdagi 371-qarori bilan tasdiqlangan Ta’lim bo‘yicha global hamkorlik granti – beg‘araz texnik ko‘magidan foydalangan holda Maktabgacha va umumiy o‘rta ta’limni takomillashtirish loyihasining 3-komponentini ishlab chiqishda foydalanilgan (Xalq ta’limi vazirligining 2016 yil 18 maydagi 01-02/1-8-158-son ma’lumotnomasi);

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 2 maydagi «O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalarini davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi 136-son qarori ijrosini ta’minlash hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 27 iyundagi «O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi faoliyatini tashkil etishni yanada takomillashtirish to‘g‘risida»gi 214-son qarori bilan tasdiqlangan Xalq ta’limi vazirligi markaziy apparatining strukturasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Xalq ta’limi vazirligining 2016 yil 4 iyuldagi 01-02/1-7-210-sonli ma’lumotnomasi). Natijada hududiy xalq ta’limi boshqarmalari Davlat ta’lim standartlari monitoringi bo‘limlari (14 ta), ta’lim muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo‘limlari Davlat ta’lim standartlari monitoringi jarayonini metodik ta’minlash kichik guruhlari (193 ta) axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan ta’minlangan hamda o‘qitish sifati monitoringi hamda avtomatlashtirilib, o‘qitish sifatini baholashning yagona yondashuv asosida tashkil etilishi imkoniyati yaratilgan va umumiy o‘rta ta’lim muassasalarini 9 yilda attestatsiyadan o‘tkazish tartibi joriy etilgan;

o‘qitish sifati ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish, ta’lim muassasalari va hududiy xalq ta’limi boshqaruvi idoralarining mazkur ko‘rsatkichlar asosida reytingini aniqlashga doir ilmiy-nazariy xulosalardan Xalq ta’limi vazirligining 2013 yil 8 noyabrdagi «Umumta’lim muassasalari o‘quvchilarining umumta’lim fanlari bo‘yicha bilimlar bellashuvini tashkil etish hamda hududiy xalq ta’limi boshqaruv idoralari va ta’lim muassasalarining reytingini aniqlash to‘g‘risida»gi 360-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan nizom va mexanizmni ishlab chiqishda foydalanilgan (Xalq ta’limi vazirligining 2016 yil 4 iyuldagi 01-02/1-7-210-son ma’lumotnomasi). Mazkur nizom va mexanizm asosida o‘qitish sifati monitoringi natijasida fanlar kesimida o‘quvchilar bilimida aniqlangan bo‘shliqlarni to‘ldirish hamda o‘qitish sifatiga salbiy ta’sir etgan omillarni maqsadli, yaxlit pedagogik texnologiya asosida tashkil etish imkoni yaratilgan hamda 9400 ta umumiy o‘rta ta’lim maktablari, 193 ta tuman (shahar) va 14 ta hududiy xalq ta’limi boshqaruvi idoralarining reytingi aniqlangan (Xalq ta’limi vazirligining 2016 yil 4 iyuldagi 01-02/1-7-210-son ma’lumotnomasi);

umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘qitish sifati monitoringini tashkil etishning takomillashtirilgan mexanizmini amaliyotga joriy etishga doir takliflardan Xalq ta’limi vazirligining 2013 yil 5 noyabrdagi «Umumiy o‘rta ta’lim tizimida ta’lim sifati monitoringini tashkil etish to‘g‘risida»gi 356-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan nizomni tayyorlashda foydalanilgan (Xalq ta’limi vazirligining 2016 yil 4 iyuldagi 01-02/1-7-210-son ma’lumotnomasi). Mazkur monitoring natijalari o‘quv-tarbiya jarayonini ehtiyojlar asosida korreksiyalash asosida takomillashtirib borishga xizmat qilgan.  

Yangiliklarga obuna bo‘lish