Achilov Dilshod Dilmurodovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Vaccinium myrtillus L., galega oficinalis L. o‘simliklari asosida olingan fitodiabetol preparatining gipoglikemik ta’siri», 14.00.17 – Farmakologiya va klinik farmakologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/Tib673.
Ilmiy rahbar: Allaeva Munira Juraqulovna, biologiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.02.
Rasmiy opponentlar: Daminova Lola To‘rg‘unpo‘latovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Fayzieva Ziyoda To‘raevna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zR FA O‘simlik moddalari kimyosi instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: fitodiabetol dori vositasini qandli diabetni turli tajriba modellarida maxsus gipoglikemik ta’sirini va organizm uchun xavfsizligini baholashni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor giperglikemiya va diabetning turli modellarida fitodiabetolning gipoglikemik faolligi o‘zining gipoglikemik xususiyati bo‘yicha tijorat dori vositasi glukeyrdan qolishmasligi, fitodiabetolning samarali miqdori hamda yuborilish davomiyligi asoslangan; 
giperglikemiya va diabetning turli modellarida, intakt hayvonlardagi postprondal giperglikemiyani me`yorlashtirishi uchun fitodiabetolni qo‘llashni yuqori samaradorligi hamda uni ekzogen insulin ta’sirini kuchaytirishi va uglevod yuklamasiga hayvonlar chidamliligini oshirish xususiyati isbotlangan;
ditizonli diabet modelida fitodiabetol ta’sir mexanizmi; jigarda glyukokinaza va mushaklarda geksokinazani faollashtirishi, glikogenning sintezini kuchaytirishi, parchalanishini sekinlashtirishi natijasida glyukozani to‘qimalarda o‘zlashtirilishi ortishi, mushaklardagi fosforilaza faolligi kamayishi va lipidlar almashinuvini me’yorlashtirishi isbotlangan.
Langergans orolchalaridagi β-hujayralarning regeneratsiya imkoniyatini ortishi, yallig‘lanish va distrofik jarayonlarni pasayishi, fitodiabetol xamda glukeyrni alloksan diabetidagi farmakologik davolashda ularning sekretor faoliyatini kuchayishi va ushbu dori vositalari ta’siri ostida jigardagi funksional-tuzilmaviy ko‘rsatgichlarni tiklanishi isbotlangan;
yangi dori vositasi fitodiabetolning zaharli, kumulyativ, allergik, sensibilizatsion xususiyatlari va tajriba hayvonlarining hayotiy muhim a`zolariga ko‘rsatadigan salbiy ta’siri mavjud emasligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Vaccinium myrtillus L., galega officinalis L. o‘simliklaridan olingan fitodiabetolning gipolikemik ta’sirini o‘rganish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
«Dori vositalarini antidiabetik xususiyatlarini baholash usullari» uslubiy tavsiyanomasi ishlab chiqilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 21 maydagi 8n-d/24-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma fitodiabetolni me’da ichiga 60 mg/kg miqdorda qo‘llanilishi giperglikemiyani kamaytirish, geksokinazani faollashtirish, jigar va mushaklarda glikogenni parchalanishini sekinlashtirish hamda hosil bo‘lishini oshirish, glyukoza metabolizmini tezlashtirish, postprondal giperglikemiyada insulin ta’sirini kuchaytirish va diabetik asoratlarni rivojlanish xavfida organizmda glyukoza gomeostazini qo‘llab quvvatlash imkonini bergan;
Vaccinium myrtillus L., galega officinalis L. o‘simliklaridan olingan fitodiabetolning gipolikemik ta’sirini asoslash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Toshkent farmatsevtika instituti koordinatsion birikmalar sintezi va farmako-toksikologik tadqiqotlar laboratoriyasi hamda Toshkent tibbiyot akademiyasining oliy o‘quv yurtlariaro laboratoriya ishi faoliyatiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 31 yanvardagi 8n-d/15-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning «O‘zstandart» agentligi tomonidan Fitodiabetolni  ishlab chiqish uchun texnik shartlar Ts 26140431-001:2019 va texnologik yo‘riqnoma O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi tomonidan (TI 26140431-001:2019) tasdiqlangan xamda MChJ “AKTASH” tomonidan ishlab chiqarilgan va tibbiyotga tadbiq etilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish