Akbarxodjaeva Ziyoda Abdulxaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ishemik insul`t natijalarini terapevtik yondoshuvga bog‘liq holda klinik-nevrologik va neyrovizualogik prognoz qilish», 14.00.13 – Nevrologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/Tib348.
Ilmiy rahbarlar: Raximbaeva Gulnora Sattarovna, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi, Seul Milliy universitetining Bundang klinikasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.31.01
Rasmiy opponentlar: Madjidova Yaqutxon Nabievna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Djurabekova Aziza Taxirovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Buxoro tibbiyot instituti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: arteriya ichi trombolitik terapiyasi va medikamentoz terapiyadan so‘ng insul`tning patogenetik kichik turiga  bog‘liq holda ishemik o‘choqning hajmini dinamikada baholab, insul`t salbiy natijalarini prognozlash mezonlarini ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ishemik insul`tning patogenetik kichik turiga bog‘liq holda arteriya ichi trombolitik terapiyasi va medikamentoz terapiya o‘tkazilgan bemorlarda nevrologik holat dinamikasi differensial asoslangan;
ishemik insul`tda arteriya ichi trombolitik terapiyasi fonida asimptom gemorragik transformatsiyaning klinik-nevrologik va neyrovizualizatsion prognostik ahamiyati isbotlangan;
insul`tning patogenetik kichik turiga bog‘liq holda arteriya ichi trombolitik terapiyasi va medikamentoz terapiya o‘tkazilishi fonida serebral ishemiya hajmi dinamikasi, rekanalizatsiya va bemorlar nevrologik holati orasida uzviy korrelyasion bog‘liqlik aniqlangan; 
ilk bor ishemik insul`t bilan kasallangan bemorlar uchun arteriya ichi trombolitik va medikamentoz terapiyani kompleks baholashning prognostik mezonlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ishemik insul`t natijalarini terapevtik yondoshuvga bog‘liq holda klinik-nevrologik va neyrovizualogik prognoz qilish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Ishemik o‘choqning hajmini o‘lchash asosida bosh miya insul`tining klinik natijalarini prognozlash usuli» nomli uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 24 apreldagi 8n-d/93-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma joriy etilishi ishemik insul`tning salbiy oqibatlarini prognozlash, ppofilaktikasini optimallashtirish va asoratlar sonini kamaytirish  imkonini bergan; 
ishemik insul`t natijalarini terapevtik yondoshuvga bog‘liq holda klinik-nevrologik va neyrovizualogik prognoz qilish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Toshkent tibbiyot akademiyasining 3-klinikasi va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Samarqand filiali amaliyotlariga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 13 iyuldagi 
8n-z/83-son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalarning amaliyotga joriy qilinishi ishemik insul`tning salbiy natijalarini prognozlashning aniqliligini oshirish, uni oldini olishni optimallashtirish, asoratlar soni va nogironlik darajasini pasaytirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish