Izbasarov Baxrom Ergashevichning

doktorlik dissertatsiyasihimoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «G‘o‘za va unga izdosh ekinlardan yuqori hosil etishtirish hamda tuproq unumdorligini oshirish tadbirlari» (Jizzax cho‘li sharoitida), 06.01.01–Umumiy dehqonchilik. Paxtachilik, (qishloq xo‘jaligi fanlari).

Talabgorning ilmiy va ilmiy pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: /Guvohnoma № LA 0001378/.

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 12.05.2015/B2015.1.Qx154.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, Andijon qishloq xo‘jalik instituti va Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot instituti, 14.07.2016.Qx/V.24.01.

Rasmiy opponentlar: Mirzajonov Qirg‘izboy Mirzajonovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; O‘razmatov Nazir, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori; Ibragimov Odiljon Olimjonovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori.

Yetakchi tashkilot: Samarqand qishloq xo‘jalik instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: Jizzax viloyatining kuchsiz sho‘rlangan, o‘tloqlashib borayotgan och-tusli bo‘z tuproqlarida tuproq unumdorligini yaxshilash hamda ekinlar hosildorligini oshirishda navbatlab ekishning 1:1 va 2:1 tizimlarida takroriy ekin turlarini tanlash, ulardan keyin ekiladigan g‘o‘za va kuzgi bug‘doyning maqbul o‘g‘it me’yorlarini aniqlashdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

ilk bor Jizzax viloyatining o‘tloqi bo‘z tuproqlari unumdorligini oshirishda qisqa navbatlab ekishning 1:1 (kuzgi bug‘doy+takroriy ekinlar: g‘o‘za) va 2:1 (kuzgi bug‘doy+takroriy ekinlar: kuzgi bug‘doy+takroriy ekinlar: g‘o‘za) tizimlari ishlab chiqilgan;

navbatlab ekishning 1:1 (kuzgi bug‘doy+takroriy ekinlar: g‘o‘za) va 2:1 (kuzgi bug‘doy+takroriy ekinlar: kuzgi bug‘doy+takroriy ekinlar: g‘o‘za) tizimlarida takroriy ekinlarni tuproqning suv-fizikaviy hamda agrokimyoviy xossalariga ta’siri aniqlangan;

takroriy ekinlarni keyin ekilgan g‘o‘za va kuzgi bug‘doyni o‘g‘it me’yorlariga bog‘liq holda o‘sishi-rivojlanishi va hosildorligiga ta’siri aniqlangan;

maqbul o‘tmishdosh takroriy ekin turlari tanlangan, g‘o‘za va kuzgi bug‘doyni oziqlantirishda maqbul o‘g‘it me’yorlari ishlab chiqilgan.

yarimgidromorf, kuchsiz sho‘rlangan o‘tloqi bo‘z tuproqlar unumdorligi hamda g‘o‘za va don hosildorligini oshirishni ta’minlovchi qisqa navbatli almashlab ekish tizimlari takomillashtirilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:

O‘tloqi bo‘z tuproqlar sharoitida g‘o‘za, g‘alla va takroriy ekinlardan yuqori hosil etishtirish hamda tuproq unumdorligini oshirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar asosida:

g‘o‘zaning «Paxtakor-1» navi 2016 yildan, moshning «Zilola» navi 2008 yildan va makkajo‘xorining «Moldovskiy 215 AMV» navi 2017 yildan qishloq xo‘jaligi ekinlari Davlat reestriga kiritilgan va ekish uchun tavsiya etilgan (Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash davlat komissiyasining 27.10.2016 y., 53/4-340-son ma’lumotnomasi). Bunda tuproq unumdorligini yaxshilovchi maqbul o‘tmishdosh takroriy ekin turlari tanlangan va takroriy ekinlardan keyin ekilgan g‘o‘za va kuzgi bug‘doyni etishtirish agrotexnologiyalari ishlab chiqilgan.

o‘tloqi bo‘z tuproqlari unumdorligini oshirishda navbatlab ekishning 1:1 (kuzgi bug‘doy+takroriy ekin:g‘o‘za) va 2:1 (kuzgi bug‘doy+takroriy ekin:kuzgi bug‘doy+takroriy ekin:g‘o‘za) tizimlarida takroriy ekinlarni etishtirish texnologiyalari 2013–2015 yillarda Jizzax viloyatining Arnasoy tumanida 320 gektar, Zafarobod tumanida 255 gektar, Paxtakor tumanida 235 gektar maydonga, jami 810 gektar maydonga joriy etilgan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 22.10.2016 y., 02/20-3374-son ma’lumotnomasi). Bunda 1:1 (kuzgi bug‘doy+takroriy ekin (soya, makkajo‘xori, mosh):g‘o‘za) navbatlab ekish tizimida paxta hosildorligi 36,1-37,5 s/ga, rentabellik darajasi 34,9 foiz, navbatlab ekish tizimi 2:1 (kuzgi bug‘doy+takroriy ekin:kuzgi bug‘doy+takroriy ekin:g‘o‘za) bo‘lganda kuzgi bug‘doy hosildorligi 54,6-55,8 s/ga, rentabellik darajasi 58,5 foizni tashkil etgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish