Utambetov Duysenbay Usnatdinovichning
dissertatsiya himoyasisiz seleksiya yutug‘i (ixtiro patenti) asosida falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini berish bo‘yicha e’lon matni
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kuzgi bug‘doyning shurga va qishga chidamlilik xususiyatlari asosida yangi tizma va navlarnin yaratish», 06.01.05–Seleksiya va urug‘chilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Qx183.
Ilmiy rahbar: Ziyadullaev Zoxidjon Fayzullaevich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti Qashqadaryo filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, PhD.05/27.02.2020.Qx.42.02.
O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan: kuzgi yumshoq bug‘doyning “Shortanbay-1” navi (№ NAP 00259). O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligining 2020 yil 8 sentyabrdagi 01-11/1301-son xulosasi.
II. Tadqiqotning maqsadi: jahon kolleksiyasi namunalaridan foydalangan holda sug‘oriladigan maydonlar uchun respublikaning shimoliy mintaqalari tuproq-iqlim sharoitlarida etishtirishga mos kuzgi yumshoq bug‘doyning kolleksiyasi namunalarini o‘rganish hamda duragaylash yo‘li orqali don sifati yuqori, sho‘rga chidamli bo‘lgan yangi navlarni yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sug‘oriladigan maydonlar uchun ilk bor kuzgi bug‘doyning turli eko-geografik guruhlariga mansub nav va namunalarni duragaylash orqali morfo-biologik, qimmatli-xo‘jalik hamda sho‘rga chidamli, don sifati yuqori bo‘lgan boshlang‘ich manbalar tanlab olingan;
kuzgi yumshoq bug‘doy nav va namunalari agroekologik nav sinash ko‘chatzorlarida morfo-biologik belgi va xususiyatlari, biotik va abiotik omillarga chidamliligi, hosildorligi va don sifat ko‘rsatkichlari aniqlangan;
kuzgi yumshoq bug‘doy nav va namunalarining ertapisharligi, sho‘rga chidamliligi va shu xususiyatlar bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichga ega bo‘lgan, shuningdek, yuqori sifat talablariga javob beradigan kuzgi yumshoq bug‘doyning “Shortanbay-1” navi yaratilgan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Kuzgi yumshoq bug‘doyning yuqori sifatli seleksion ashyolarini yaratish, tur ichida murakkab duragaylash va yakka tanlash bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
qimmatli xo‘jalik belgilariga ega hosildor, issiqlikka, sho‘rga, qishgi sovuqqa chidamli, ertapishar kuzgi yumshoq bug‘doyning yangi “Shortanbay-1” navi yaratilgan va Intellektual mulk agentligining seleksiya yutug‘iga patent (NAR 00258) olingan (O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining 2020 yil 8 sentyabrdagi 01-11/1301-son ma’lumotnomasi). Natijada kuzgi yumshoq bug‘doyning qimmatli xo‘jalik belgilariga ega, hosildor, issiqlikka, sho‘rga, qishgi sovuqqa chidamli, ertapishar bo‘lgan nav bilan boyitilgan;
yaratilgan “Shortanbay-1” navi 2019 yildan Qoraqalpog‘iston Respublikasi sug‘oriladigan maydonlarida ekish uchun istiqbolli nav sifatida Qishloq xo‘jaligi ekinlari Davlat reestiriga kiritilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 21 avgustdagi 02/021-2614-son ma’lumotnomasi) Natijada g‘allachilik fermer xo‘jaliklari qimmatli xo‘jalik belgilariga ega hosildor, issiqlikka, sho‘rga, qishgi sovuqqa chidamli, ertapishar bo‘lgan nav bilan ta’minlangan;
kuzgi yumshoq bug‘doyning yangi “Shortanbay-1” navi Qoraqolpog‘iston Respublikasi Nukus tumanidagi fermer xo‘jaliklarida g‘alla maydonlarida 51 gektar maydonda joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 21 avgustdagi 02/021-2615-son ma’lumotnomasi). Natijada g‘allachilik fermer xo‘jaliklarida andoza navlariga nisbatan gektariga 15,0 sentner qo‘shimcha yuqori va sifatli don hosili olishga erishilgan va iqtisodiy samaradorlik gektaridan 3352 ming so‘mga, rentabellik darajasi 30 foizni tashkil etgan.