To‘raqulov Behzod Begmatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mahalliy materiallar asosida kaliy gidroksid olishning nazariy asoslari va chiqindisiz texnologiyasi», 02.00.13 – Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/T866.
Ilmiy rahbar: Kucharov Baxrom Xayrievich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti, DSc.02/30.12.2019.K/T.35.01.
Rasmiy opponentlar: Jumaniyazov Maksudbek Jabbievich, texnika fanlari doktori, professor; Nurmurodov Tulkin Isamurodovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatiga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kaliy karbonat, ohak suti va etil spirti asosida kaliy gidroksid olishning nazariy asoslarini va chiqindisiz texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
potashga ohakli sut bilan ishlov berilganda undagi komponentlar o‘zaro ta’sirlashishi natijasida KON eritmasi va SaSO3 cho‘kmasi hosil bo‘lishning maqbul sharoitlari aniqlangan;
S2N5ON-KON-N2O suvli sistemasida -3°S dan +80°S harorat oraliqlarida komponentlarning o‘zaro ta’sirlashishi, kaliy karbonatni ohakli sut yordamida konversiya qilish natijasida hosil bo‘lgan suspenziyadan KON ni etil spirti bilan ajratib olish asoslangan;
olingan fil`tratni past bosimda turli haroratlarda bug‘latish jarayonida hosil bo‘lgan eritmalarning reologik xossalari va kaliy gidroksidning kristallanish sharoitlari aniqlangan;
etil spirti distillyasiyasidan so‘ng olingan eritmadan kimyoviy toza kaliy gidroksid olish hamda SaSO3 cho‘kmasini yuvish va quritish sharoitlari va yuqori sifatli bo‘r olish imkoniyati asoslangan;
potashni ohakli konversiya qilish va suspenziyani spirtli ekstraksiyalash usulida qattiq tangasimon kaliy gidroksid olishning chiqindisiz texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Potashni ohakli sut yordamida konversiyalash va hosil bo‘lgan suspenziyadan kaliy gidroksidni spirt ishtirokida ekstraksiya qilish asosida texnik va kimyoviy toza kaliy gidroksid, bo‘r olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
potashni ohakli sut bilan konversiya qilishda hosil bo‘lgan suspenziyadan kaliy gidroksidni spirtda ekstraksiyalash yo‘li bilan tangasimon kaliy gidroksid olish texnologiyasi «Dehqonobod kaliy zavodi» AJning «amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan («O‘zkimyosanoat» AJning 2020 yil 4 sentyabrdagi 14-3441-son ma’lumotnomasi). Natijada, kaliy gidroksid importini kamaytirish va kimyo sanoati korxonalarini kaliy gidroksid bilan ta’minlash imkonini bergan;
etil spirti distillyasiyasidan so‘ng olingan eritmadan kimyoviy toza kaliy gidroksid olish, SaSO3 cho‘kmasini yuvish va quritish yo‘li bilan kimyoviy toza bo‘r olish texnologiyasi «Dehqonobod kaliy zavodi» AJning «amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan («Dehqonobod kaliy zavodi» AJning 2020 yil 7 iyuldagi 01-021/2117-son ma’lumotnomasi). Natijada, kimyoviy laboratoriyalarda foydalanishga mo‘ljallangan kimyoviy toza kaliy gidroksid va yuqori sifatli bo‘r olish imkonini bergan.