Tursunova Gulnoza Xamzaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Polimer gellarning suvli eritmalarda bo‘kish jarayonining fizik-kimyoviy asoslari», 02.00.04 – Fizik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/K301. 
Ilmiy rahbar: Akbarov Xamdam Ikramovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.K.02.05.
Rasmiy opponentlar: Eshmamatova Nodira Baxramovna, kimyo fanlari doktori; Sidikov Abdujalil, kimyo fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: polimer gellarning suvli eritmalarda bo‘kish jarayonining fizik-kimyoviy xossalarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor qutbiy guruhlari dissotsilanadigan va dissotsilanmaydigan polimer gellarda bo‘kish jarayoni Gibbs erkin energiyasining o‘zgarishi hisoblangan;
polimer materiallar bo‘kishining kinetik qonuniyatlarini geterofazaviy fizik-matematikaviy model` yordamida baholangan; 
ilk bor polimer materiallar bo‘kish jarayonini ikkinchi guruh metall xloridlari tabiati va konsentratsiyasiga bog‘liqligi optik mikrometriya usulida polivinil spirt asosida olingan polimer gellar uchun aniqlangan;
qarshi oqimli ion almashinish usuliga asoslanib, tabiiy va texnik suvlar tarkibidan ionlar hamda ko‘p komponentli sistemalar tarkibidan aminokislotalar ajratilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Polimer gellarning suvli eritmalarda bo‘kish jarayonining fizik-kimyoviy xossalari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tabiiy suvlarni tuzsizlantirish maqsadida ishlab chiqilgan ion almashinishning qarshi oqimli usuli «BioXimMak» korxonasida (Rossiya) amaliyotga joriy etilgan («BioXimMak»ning 2020 yil 21 maydagi 52/27-son ma’lumotnomasi). Natijada, tuzsizlantirgan suv xromatografik usulda digidrokversetinni ajratib olishda qo‘llash imkonini bergan;
polimer gellarning suvli eritmalarda bo‘kishining fizik-kimyoviy asoslaridan A-7-23 raqamli «Mahalliy sorbentlar yordamida mis ionlarini oqova suvlardan ajratib olish texnologiyasi» mavzusidagi amaliy loyihada reagentsiz usulda oqova suvlar tarkibidan ionlarni ajratib olishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta mahsus ta’lim vazirligining 2020 yil 20 iyuldagi 89-03-2620-son ma’lumotnomasi). Natijada, oqova suvlardan mis ionlarini ajratib olish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish