Calixanova Dilnoza Saidakbarovnaning

doktorlik dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Paxta moylarini tozalashda qo‘llaniladigan yangi kompozision ishqoriy ko‘mir va gil adsorbentlarini ishlab chiqish», 02.00.11–Kolloid va membrana kimyosi (texnika fanlari).

Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: /texnika fanlari nomzodi/.

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 30.09.2014/B2014.3-4.T121.

Ilmiy maslahatchi: [Agzamxodjaev Anvarxodja Ataxodjaevich], kimyo fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Umumiy va noorganik kimyo instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti, O‘zbekiston Milliy universiteti qoshidagi Polimerlar kimyosi va fizikasi ilmiy-tadqiqot markazi, Toshkent kimyo-texnologiya instituti, Toshkent davlat texnika universiteti, 14.07.2016.K/T.14.01.

Rasmiy opponentlar: Kadirov Yuldashxon, texnika fanlari doktori, professor; Aminov Sobir Nigmatovich, kimyo fanlari doktori, professor; Yusupov Farxod Maxkamovich, texnika fanlari doktori.

Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy xomashyo asosida yangi ishqoriy ko‘mir va gilli adsorbentlar yaratish hamda ularni qo‘llash orqali presslangan va ekstraksiyalangan paxta moylarini tozalash texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

past kul miqdoriga ega bo‘lgan 2BPK markali  Angren ko‘mirini dastlabki Na2CO3 eritmasi bilan to‘yintirib, so‘ngra havosiz  sharoitda piroliz usulida termik ishlov berish orqali samarali ishqoriy ko‘mir adsorbenti olishning shart-sharoitlari ishlab chiqilgan;

kaolinli adsorbentlarni faollantirishni O‘YuChli nurlantirish orqali amalga oshirish, an’anaviy (konvektiv) qizdirish usuliga qaraganda jarayonni 2,5–3,0 barobar tezlashtirishi va g‘ovakligini 1,2–1,4 barobar oshirishi aniqlangan;

yuqori miqdorda kal`siyga boy «Jahon» koni bentonitini xlorid kislotasi bilan faollantirilganda an’anaviy sul`fat kislotasini qo‘llashga nisbatan olingan adsorbentning paxta moyini oqlash ko‘rsatkichi 1,1–1,3 barobar oshishi aniqlangan;

ilk bor paxta moyini ishqoriy rafinatsiyalashda an’anaviy qimmat NaOH eritmasi o‘rniga, arzon Ca(OH)2ni suvli eritmasini qo‘llash orqali neytral moy sovunlanishini va ishqoriy reagent sarfining kamayishi isbotlangan;

ilk bor ekstraksiyalangan paxta moyini kanserogen 3,4-benzo(a)piren va uglevodorod qoldiqlaridan ishlab chiqilgan ishqoriy ko‘mir adsorbenti yordamida tozalashi aniqlangan;

ishqoriy ko‘mir va gil adsorbentlarning paxta moyi tarkibidagi zararli va kanserogen moddalarni tanlab yutish xususiyatlari aniqlanib, ular asosida yangi samarali kompozisiyalar ishlab chiqish texnologiyasi yaratilgan;

paxta moyini ikki bosqichda gilmoyali va ishqoriy ko‘mir adsorbentlarni resirkulyasion oqimda qo‘llash orqali tozalash va oqlash texnologiyasi ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:

Mahalliy xomashyolardan ishqoriy ko‘mir va gil adsorbentlari ishlab chiqarish va ularni press va ekstraksion usulda olingan moylarni oqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

to‘q rangli paxta moylarini ishqoriy rafinatsiya qilish usuliga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi tomonidan ixtiroga patent olingan (№IAP 2013 0308, «O‘simlik moylarini rafinatsiyalash usuli»). Natijada paxta moyini rafinatsiyalashda qimmatbaho NaOH o‘rniga Ca(OH)2 (ohak suti) 10% li eritmasini qo‘llab, moyni tozalash samaradorligini oshirish isbotlangan;

mahalliy xomashyolar asosida olingan ishqoriy ko‘mir va gil adsorbentlari «O‘zpaxtasanoateksport» xolding kompaniyasi tizimida, jumladan «Beruniy Yog‘-gar» va «Farg‘ona yog‘-moy» aksiyadorlik jamiyatlarida press va ekstraksion usulda olingan yog‘larni oqlash jarayonlarida qo‘llanilib, amaliyotga tatbiq etilgan («O‘zpaxtasanoateksport» xolding kompaniyasining 2016 yil
3 noyabrdagi BD-yog‘/1394-son ma’lumotnomasi). Ushbu natijalarni amaliyotga joriy qilish yog‘-moy korxonalariga chetdan keltiriladigan adsorbentlar narxidan 2 barobar arzon mahalliy adsorbentlarni va yuqori sifatli paxta moyini olish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish