Parmanova Dilnoza Mavlanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi  himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qorako‘lchilikda naslli qo‘zilar olish va ularni parvarishlash xususiyatlari», 06.02.03 – Xususiy zootexniya. Chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologiyasi (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.RhD/Qx64.
Ilmiy rahbar: Boboqulov Nasillo Asadovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qorako‘lchilik va cho‘l ekologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qorako‘lchilik va cho‘l ekologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti, PhD.05/30.12.2019.Qx.75.01. 
Rasmiy opponentlar: Dosmuxamedova Muxayyo Xusniddinovna, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, dotsent; Amirov Shavkat Qo‘ziboevich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi qorako‘lchilikda naslli qo‘zilar olish va parvarishlash xususiyatlarini aniqlash asosida ularning nasldorligi va mahsuldorligini oshirishning ilmiy asoslarini ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor yangi ekologik hudud hisoblangan adir sharoitida turli darajadagi oziqlantirish tipdagi qoraqalpoq sur qorako‘l qo‘ylarining o‘sish va rivojlanish xususiyatlari aniqlangan; 
naslli qoraqalpoq sur qorako‘l qo‘chqorlarining reproduktiv xususiyatlarini yuzaga chiqarish muddatlari aniqlangan; 
naslli qoraqalpoq sur qorako‘l qo‘chqorlarining oziqlantirish mahsuldorlik va reproduktiv xususiyatlarini o‘rganish asosida ularning nasldorligini oshirish yo‘llari ishlab chiqilgan; 
naslli qoraqalpoq sur qorako‘l qo‘chqorlarining urug‘ olish va urug‘lantirish yoshiga olingan avlodlar sifatining bog‘liqligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Naslli qoraqalpoq sur qorako‘l qo‘chqorlarining oziqlanish, o‘sish va rivojlanish, reproduktiv hamda mahsuldorlik xususiyatlarini o‘rganish yo‘nalishida olib borilgan tadqiqot natijalari asosida: 
naslli qoraqalpoq sur qorako‘l qo‘chqorlarini parvarishlash usuli Nurota tumani «Istiqlol qorako‘l naslchilik» MChJ da joriy etilgan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2020 yil 20 iyuldagi 02/23-273-son ma’lumotnomasi). Natijada 1 dona qoraqalpoq sur qorako‘l terilarini etishtirish bo‘yicha sof foyda 34000,0 so‘mni, rentabellik darajasi esa 70,83-75,0 foizni tashkil etgan; 
naslli qo‘chqorlardan foydalanishning eng maqbul muddatlarini aniqlash usuli Nurota tumani «Istiqlol qorako‘l naslchilik» MChJ da joriy qilingan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2020 yil 20 iyuldagi 02/23-273-son ma’lumotnomasi). Natijada 1 dona qoraqalpoq sur qorako‘l terisidan olingan sof foyda 39750,0 so‘mni, rentabellik darajasi 75,0-83,3 foizni tashkil etgan; 
naslli qo‘chqorlardan seleksiya jarayonida samarali foydalanish usuli Nurota tumani «Istiqlol qorako‘l naslchilik» MChJ da joriy etilgan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2020 yil 20 iyuldagi 02/23-273-son ma’lumotnomasi). Natijada 1 dona qoraqalpoq sur qorako‘l terisidan olingan sof foyda 39750,0-49170,0 so‘mni, rentabellik darajasi 83,3 foizni tashkil qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish