Bekjanova Bibiraba Karimbaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qoraqalpoq tuy marosimi fol`klorining tarixiy-etnografik xususiyatlari (nikoh tuyi marosimlari misolida)”, 07.00.07–“Etnografiya, etnologiya va antropologiya” (tarix).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/Tar.367.
Ilmiy rahbari: Ashirov Adhamjon Azimbaevich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nukus davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Tar.20.05.
Rasmiy opponentlar: Abdullaev Ulug‘bek, tarix fanlari doktori, professor, Nurullaeva Shoira, tarix fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Qoraqalpoq xalqining oila va nikoh urf-odat va marosimlar genezisi, evolyusiyasi va etnolokal xususiyatlarini fol`klor-etnografik manbalar asosida tadqiq etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Fol`klor-etnografik materiallar asosida qoraqalpoqlarning kelin-kuyov tanlash bilan bog‘liq arxaik an’analari (gures, altin qabaq atio‘, bәygi, qiz quo‘io‘), qadimgi nikoh shakllari hamda oila qurish va nikoh to‘yi marosimlari bilan bog‘liq urf-odatlarining etnolokal xususiyatlari (qiz-jigitler otirispasi, juo‘ap-aytis, kese berisip-kese alisio‘) aniqlangan;
Xalq dostonlari asosida qoraqalpoqlarda nikohning arxaik turlari (olja hayal, sao‘g‘a hayal, өz hayalina qayta uylenio‘, levirat, qizdi alip qashio‘) va qudachilik an’analar (aqlay quda, qundaq quda, qarsi qudaliq, jao‘shiliq, qalin mal)ning tarixiy-genetik asoslari hamda tarixiy bosqichlari ochib berilgan;
nikoh to‘yi marosimlari bilan bog‘liq mahalliy an’analar (Siңsio‘, Hәo‘jar, qәde alio‘, kuyeo‘ jora kөkmar, shashio‘, alas sekirio‘, aq otao‘ tigio‘, bosag‘a sәlem, shimildiq tutio‘)da qadimiy diniy e’tiqodlar (magiya, totemizm, fetishizm, afsungarlik) va lokal qarashlar (ostona, olov va o‘choq kul`ti) uyg‘unlashgan holda saqlanib qolganligi aniqlangan;
qoraqalpoq nikoh to‘yi marosimi bilan bog‘liq tarzda o‘tkazilgan mahalliy an’analar (keңes toy, murindiq ata va murindiq ene, qoniq, betashar)ning tarixiy asoslari va o‘ziga xos xususiyatlari, ijtimoiy institut sifatida ma’naviy-tarbiyaviy ahamiyati etnografik materiallar asosida ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qoraqalpoq tuy marosimi fol`klorining tarixiy-etnografik xususiyatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
fol`klor manbalari asosida aniqlangan matriarxat davrlariga xos kelin-kuyov tanlash bilan bog‘liq (gures, altin qabaq atio‘, bәygi, qiz quo‘io‘), qoraqalpoqlarda ekzogam nikohning xususiyatlari va voyaga etgan qizlar hayotida “jenge”ning tutgan o‘rni hamda arxaik nikoh an’analarining tarixiy-etnografik tahlili xulosalaridan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Teleradiokompaniyasining “Etnoetika”, “Meros” va “Oltin meros” dasturlarida nikoh to‘yi bilan bog‘lik urf-odatlari va an’analarning asl mazmun-mohiyati hamda ahamiyatini keng jamoatchilikka etkazishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Teleradiokompaniyasining 2019 yil 22 noyabrdagi 01-02/471-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalari bugungi kunga qadar etib kelgan nikoh marosimlarining arxaik ildizlari to‘g‘risidagi bilimlarni boyitishga xizmat qilgan va oilaviy marosimlarning mazmun-mohiyatini to‘laqonli anglash imkoniyatini bergan;
tadqiqotning oila va nikoh munosabatlarining arxaik turlari (olja hayal, sao‘g‘a hayal, өz hayalina qayta uylenio‘, levirat, qizdi alip qashio‘) va qudachilik an’analari (aqlay quda, qundaq quda, qarsi qudaliq, jao‘shiliq, qaliң mal)ning genezisi va ijtimoiy taraqqiyot bosqichlarida transformatsiyalanish xususiyatlari to‘g‘risidagi xulosalaridan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi gumanitar ilmiy tadqiqot institutida 2012-2016 yillarda bajarilgan FA-F1-G00 “Qoraqalpog‘iston jahon madaniyati kontekstida: Quyi Amudaryo etagidagi shahar va shahar madaniyatining tarixiy istiqboli” mavzusidagi fundamental tadqiqot loyihasining “Tarixiy istiqbolda Qoraqalpog‘iston shaharlarining etnomadaniy qiyofasi” nomli bobini yozishda foydalanilgan (O‘zR FA QQB Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutining 2020 yil 19 iyundagi 94/1-son ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy natijalar nikoh to‘yi bilan bog‘liq qadriyatlarning saqlanib qolish darajasini aniqlash va ma’naviy merosni o‘rganish, himoyalash, saqlash hamda targ‘ibot qilish bilan bog‘liq vazifalar ijrosini ta’minlashga xizmat qilgan. Shuningdek, tadqiqot natijalari qoraqalpoqlarning an’anaviy madaniyati va etnik tarixini yoritishga doir tadqiqot ishlarini olib borishda muhim ilmiy asos bo‘lib xizmat qilgan.
Tadqiqotning nikoh to‘yi bilan bog‘liq tarzda o‘tkazilgan (neke toyi, toy,keңes toy, murindiq ata va murindiq ene, qoniq, betashar) marosimlarining o‘ziga xos xususiyatlari va ijtimoiy institut sifatida ma’naviy-ma’rifiy ahamiyati to‘g‘risidagi xulosalaridan Respublika “Ma’naviyat va ma’rifat markazi” Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limining 2019–2020 yillarga mo‘ljallangan amaliy tadqiqot loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (Respublika “Ma’naviyat va ma’rifat markazi” Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limining 2019 yil 25 noyabrdagi 01/12-374-son ma’lumotnomasi). Ushbu natijalar oila va nikohning jamiyat barqarorligini ta’minlovchi mexanizm sifatida tutgan o‘rnini mustahkamlash, oilalarda tinchlik-xotirjamlik ahillik va o‘zaro hurmat muhitini yaratish va yoshlarni milliy qadriyatlar asosida tarbiyalashga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy ishlarni rivojlantirishda muhim ilmiy-uslubiy asos bo‘lib xizmat qilgan.