Mansurova Nargiza Asrorovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbek va yapon millatlarida Parkinson kasalligining qiyosiy klinik va patobioximik jihatlari», 14.00.13 – Nevrologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/Tib645.
Ilmiy rahbar: Proxorova Anna Vladimirovna, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, PhD.04/13.05.2020.Tib.93.02.
Rasmiy opponentlar: Haydarova Dildora Kadirovna, tibbiyot fanlari doktori (DSc), dotsent; Christopher H.Hawkes, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Seoul National University Bundang Hospital (Janubiy Koreya).
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Parkinson kasalligining o‘zbek va yapon millatlariga xos shaxslarda qiyosiy baholash hamda klinik va biokimyoviy xususiyatlarini inobatga olib davolashni optimallashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Parkinson kasalligida yapon millatiga nisbatan o‘zbek millatiga mansub erkaklarda kasallik debyut yoshi ancha kech bo‘lishi, akinetik shaklining ustunligi, kognitiv buzilishlarning ancha yaqqolligi va ayollarda mo‘tadil kognitiv buzilishlar ishonchli darajada kam namoyon bo‘lishi hamda harakat buzilishlari yaqqol kechishi asoslangan;
Parkinson kasalligida xulq-atvor buzilishini keltirib chiqaruvchi xavf omillari asosan erkaklarda, debyut yoshi erta bo‘lgan, kombinirlangan davolashda levodopa va dopamin agonistlarini olgan bemorlarda isbotlangan;
D vitamini konsentratsiyasi darajasi bilan kasallik bosqichlari va motor hamda kognitiv buzilishlar orasidagi ishonchli bog‘liqlik o‘rnatilgan va 25(OH)D ning boshlang‘ich past konsentratsiyasida D vitaminini kompleks davolash sxemasiga kiritilishi bemorlar kognitiv funksiyalari va hayot sifatini ishonchli darajada yaxshilashi aniqlangan;
Parkinson kasalligining o‘zbek va yapon millatiga mansub shaxslardagi motor va motor bo‘lmagan buzilishlar namoyon bo‘lishining tahlillari natijasida prognostik shkala klinik amaliyotga tatbiq etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbek va yapon millatlarida parkinson kasalligining qiyosiy klinik va patobiokimiyoviy jihatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: «Parkinson kasalligining davolash choralarini optimallashtirish uchun D vitaminining qo‘llanilishi» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 1 martdagi 8n-d/58-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma aholi turli qatlamlari orasida Parkinson kasalligini erta tashxislash, kasallik alomatlari rivojlanganda davolash taktikasini tanlash va davolash samaradorligini oshirishda D vitaminining qo‘llash va kasallik rivojlanishini oldini olish uchun kerakli choralarni amalga oshirish imkonini bergan;
O‘zbek va yapon millatlarida Parkinson kasalligining qiyosiy klinik va patobiokimiyoviy jihatlarining samaradorligini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Buxoro viloyati Buxoro shahar tibbiyot birlashmasi va Vobkent tumani tibbiyot birlashmalarning amaliy faoliyatiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 02 iyuldagi 8n-z/71-son ma’lumotnomasi). Olingan tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy qilinishi Parkinson kasalligini bilan xastalangan bemorlarning aksariyatida D vitamini etarli bo‘lmasligi, kasallik bosqichi, kognitiv buzilishlarning og‘irlik darajasi qonda 25 (OH) D konsentratsiyasi miqdori bilan ishonchli bog‘liqlikka ega bo‘lib, bu uni yuqori sezgir bashorat qiluvchi sifatida qo‘llashga imkon berishi, bemorlar hayot sifati ko‘rsatkichlarini yaxshilash, o‘z-o‘ziga xizmat qilishi imkoniyatini oshirishi va remissiya muddatlarini uzaytirish imkonini bergan.