Shamsiev Abdulla Yakubdjanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Suisidentlarda kaft-barmoq dermatoglifik belgilarini sud-tibbiy baholash mezonlari», 14.00.24– Sud tibbiyoti (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/Tib579.
Ilmiy rahbar: Ro‘ziev Sherzod Ibadullaevich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.03.
Rasmiy opponentlar: Xvan Oleg Innokent`evich, tibbiyot fanlari doktori; Masharipov Azamat Sabirovich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: osilishdan vafot etgan insonlar murdalarining kaft-barmoq andozalari tahlili asosida suisidga moyillikni dermatoglifik sud-tibbiy baholash mezonlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
osilishdan vafot etgan murdalarda dermatoglifik tekshiruvlarda kaft yuzasi va barmoqlar dermatoglifik belgilarining o‘ziga xosligi, o‘z joniga qasd qilish mavjudligi va o‘limdan keyingi kompleks tashxislashda foydalanish samaradorligi asoslangan;
aholining turli qatlamlari orasida dermatoglifik tadqiqotlar natijasida o‘z joniga qasd qilishga moyillikda ishonchli dalil bo‘lgan kaft yuzasi va barmoqlarning dermatoglifik naqshlarining o‘ziga xosligi boshqa kasalliklardan farqli tasviri ochib berilgan;
ilk bor sud tibbiyoti amaliyotida o‘z joniga qasd qilgan murdalarning qoni va sklet mushaklari tarkibida mioglobin miqdorining me’yoriy darajadan keskin oshishining sifat ko‘rsatkichi aniqlangan;
«o‘z joniga qasd qilish» fenomenini baholashda psixologik so‘rov natijalari, uning tashxisoti uchun asosiy ishonchli mezoni hamda o‘z joniga qasd qilishga moyillikni belgilovchi xos xususiyatlari asoslangan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Suisidentlarda kaft-barmoq dermatoglifik belgilarini sud-tibbiy baholash mezonlari bo‘yicha olingan natijalar asosida:
«Suisidal holatlarda dermatoglifik ko‘rsatkichlar asosida sud-tibbiy baholash mezonlari» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 21 fevraldagi 8n-d/29-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma suisidentlarda kaft-barmoq dermatoglifik belgilarni baholashga qaratilgan, qator ko‘rsatkichlarning sud tibbiyoti amaliyotida qo‘llash imkonini bergan;
«O‘z joniga qasd qilishni ekspert tashhisotida dermatoglifik belgilarni zamonaviy baholashni takomillashtirish» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 21 fevraldagi 8n-d/29-son ma’lumotnomasi) tasdiqlangan. Mazkur tavsiyanoma suisidentlarda kaft-barmoq dermatoglifik belgilarni baholashga qaratilgan qator ko‘rsatkichlarning sud tibbiyoti amaliyotida qo‘llash imkonini bergan;
Suisidentlarda kaft-barmoq dermatoglifik belgilarini sud-tibbiy baholash imkoniyatlari bo‘yicha tavsiyalar va takliflar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, xususan, sud-tibbiy ekspertizasi ilmiy-amaliy markazining Toshkent shahri va Namangan viloyati filiallarining ish faoliyatiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 10 apreldagi 8n-z/4-son ma’lumotnomasi). Olingan tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy qilinishi har bir dermatoglifik belgilarning o‘z joniga qasd qilish natijasida vafot etgan murdalarning va maxsus ro‘yxatda turuvchi giyohvandlarning laborator belgilari bilan o‘zaro korrelyasion aloqalarini tahlil qilish, erkak va ayollar uchun xos bo‘lgan belgilarni ajratib olish orqali aniqlangan dermatoglifik ko‘rsatkichlarning jamlanmasi, o‘z joniga qasd qilishga moyillikning markeri sifatida qarash imkonini berishi imkoniyatini yaratganligi bilan izohlangan.