Maksudov Ravshan Xasanovichning
doktorlik dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Paxta sanoati asosiy texnologik mashinalari yuritmalarining ratsional sxemalarini yaratish va parametrlarini hisoblash usullari», 05.02.03–Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnika tizimlari (texnika fanlari).
Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: /texnika fanlari nomzodi/.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 30.09.2014/B2014.5.T318.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti va O‘zbekiston Milliy universiteti, 14.07.2016.FM/T.02.02 raqamli bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Rudovskiy Pavel Nikolaevich, texnika fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi); Baxodirov G‘ayrat Ataxanovich, texnika fanlari doktori; Axmadxo‘jaev Xamid Tursunovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon mashinasozlik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: paxta sanoati texnologik mashinalarini yuritish mexanizmlari ishchi organlarining yangi samarali sxemalarini yaratish, yuqori sifatli paxta tolasi olishni ta’minlaydigan parametrlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
paxta buntlarini buzgich mashinasining ishchi organi va barabani takomillashtirilgan hamda paxta g‘aramini tituvchi mashinaning ishchi organ changini tozalovchi qurilma yaratilgan;
paxta sanoati texnologik mashinalari ishchi organlarining kerakli harakat qonunlarini ta’minlaydigan yangi sxemadagi uzatmalar konstruksiyalari yaratilgan;
ishlab chiqilgan tasmali uzatmalarning turli harakat uzatish sxemalariga mos ravishda tasmalar tarangliklarini aniqlashning yangi uslublari ishlab chiqilgan;
paxta sanoati texnologik mashinalarining tarkibida tavsiya qilingan yangi sxemadagi uzatmalarni inobatga olgan holda mashina agregatlari ishchi organlarining harakat qonunlari olingan;
ishchi organlarining harakat qonunlari va yuklanishlarini tajribaviy usullarda aniqlangan hamda harakat qonunlarini texnologik jarayonga va tola sifatiga ta’sir etishi bo‘yicha ratsional parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Paxta sanoati texnologik mashinalarining ishchi organlarini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy natijalar asosida:
texnologik mashinalarning ishchi organlarini takomillashtirish yo‘nalishida O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining 2 ta ixtiroga patenti olingan («Paxta buntlarini buzgich mashinasining ishchi organi», №IAP 03181-2006 y; «Paxta buntlarini buzgich mashinasining ishchi bara-bani», №IAP 03129-2006 y.). Natijada bosqichma-bosqich paxta g‘aramlaridagi paxta xomashyosining sifatini saqlagan holda texnologik jarayonga uzatib berish imkonini bergan;
paxta g‘aramlarini tituvchi mashinalarning ishchi organlarini takomillashtirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan («Paxta g‘aramini tituvchi mashinaning ishchi organi changini tozalovchi qurilma», №IAP 04272-2006 y.). Natijada paxta g‘aramlarini tituvchi mashinaning ishlash davomiyligini uzaytirish imkoni yaratilgan;
texnologik mashinalarining quritish barabani, separator, paxta regeneratori, paxta tozalash agregatining mayda va yirik chiqindilardan tozalash seksiyalari, arrali jin, tola tozalagich va linter mashinalarining yangi takomillashgan yuritmalari «O‘zpaxtasanoateksport» xolding kompaniyasi korxona-larida, jumladan Andijon viloyatining 1-Andijon, Paytug 3-Andijon, Xo‘jaobod paxta sanoati korxonalarida, Farg‘ona viloyatining Toshloq, 2-Qo‘qon, Rishton, Qo‘qon paxta sanoati korxonalarida, Jizzax viloyatining Zarbdor paxta sanoati va Toshkent viloyatining Alimkent paxta sanoati korxonalarida joriy etilgan («O‘zpaxtasanoateksport» xolding kompaniyasining 2016 yil 24 oktyabrdagi MA-02/1381-son ma’lumot-nomasi). Dissertatsiya natijalari bo‘yicha tavsiya qilingan yangi sxemadagi yuritmalar va ishchi organlarining paxta sanoati korxonalarida qo‘llanilishi umumiy tozalash samaradorligining 5,1% ga oshishini, tola iflosligi va nuqsonlar yig‘indisi 1,23% ga, chigitning mexanik shikastlanishi 1,46% ga, tozalangan paxtadagi erkin tolalar miqdori 0,56% ga kamayishini ta’minladi.