Aripova Djamilya Shuxratovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Surunkali buyrak etishmovchiligi va uremik sindrom bilan og‘rigan bemorlarda efferent terapiya», 14.00.05 – Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Tib852.
Ilmiy rahbar: Daminov Botir Turg‘unpo‘latovich, tibbiyot fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.02.
Rasmiy opponentlar: Karimov Ma’ruf Shokirovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Sabirov Maksud Ataboevich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: uremik zaharlanish va buyraklarning surunkali kasalliklarida enterosorbentlarni qo‘llash bilan davolash samaradorligini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
eksperimental modelda surunkali buyrak kasalliklari va uremik autointoksikatsiyalarda enterosorbentlarni qo‘llash bilan efferent davolash usuli ekstrakorporal detoksikatsiya orqali organizmdagi zaxarli moddalarni chiqarish afzalligi asoslangan;
ilk bor enterosorbentlar samarasi tajribada buyrak etishmovchiligi kuzatilgan sichqonlarning ichak devorlarida patologik o‘zgarishlarda (shilliq qavat atrofiyasi, angioektaziya, limfotsitar va neytrofil infil`tratlar) ishonchli regressiv ta’siri isbotlangan;
efferent davolash usullari kasallikni patogentik mexanizmlariga ta’sir etishi orqali bemorlar xayot sifatini yaxshilanishi, klinik belgilarning ijobiy o‘zgarishi, koptokchalar fil`tratsiyasi tezligini oshishi aniqlangan;
enterosorbentlar qo‘llanishi natijasida eritrotsitlar xavzasining me’yorlashishi patologik shakllarini ulushi kamayishi bilan korrelyativ bog‘liqligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Surunkali buyrak etishmovchiligi va uremik sindrom bilan xastalangan bemorlarda efferent terapiyaning samaradorligini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Uremik sindrom va surunkali buyraklar etishmovchiligini kompleks davolash» uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 10 iyundagi 8n-r/68-son ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyanoma surunkali buyrak etishmovchiligi va uremik sindrom bilan xastalangan bemorlarda efferent terapiyaning o‘rni va ahamiyatini baholash imkonini bergan;
«Nanokompozitli enterosorbentni qo‘llash bilan buyraklarning surunkali kasalliklarini davolash usuli» uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 10 iyundagi 8n-r/68-son ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyanoma surunkali buyrak etishmovchiligi va uremik sindromni davolashda nanokompozitli enterosorbentni qo‘llash samaradorligini baholash imkonini bergan;
Surunkali buyrak etishmovchiligi va uremik sindrom bilan xastalangan bemorlarda efferent terapiyaning samardorligini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash sohasi amaliyotiga, jumladan, Respublika birinchi klinik shifoxonasi va Toshkent tibbiyot akademiyasi klinikasi, Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining klinik amaliyotiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 13 iyuldagi 8n-z/79-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning amaliyotga joriy qilinishi surunkali buyrak etishmovchiligi va uremik sindrom bilan xastalangan bemorlarning asoratlangan shakllarini davolash natijalarini sezilarli, davolashning gibrid texnologiyali gemodializ+enterosorbsiya Kt/v ko‘rsatkichlarini 1,05+0,05 dan 1,18+0,03 gacha, o‘rtacha 8%ga oshirishga imkon bergan.