Rofieva Gulasal Yusubjonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek tilidan fransuz tiliga konseptual metaforalar tarjimasining o‘ziga xos xususiyatlari (Erkin A’zam asarlari asosida)”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Fil465.
Ilmiy rahbar: Shirinova Raima Xakimovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.01.10.
Rasmiy opponentlar: Pardaeva Zulfiya Jo‘raevna, filologiya fanlari doktori, professor; Yakubov Jamoliddin Abduvalievich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘zbek tilidagi konseptual metaforalarning fransuz tiliga tarjimasining milliy-madaniy va kognitiv xususiyatlarini aniqlash hamda konseptual metaforalarni tarjima qilishning zamonaviy tamoyillarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
zamonaviy tilshunoslikda konseptual metafora tarjimasida falsafiy-nazariy tahlil paradigmatik yondashuv asosida isbotlagan;
“konseptual metafora” terminini o‘zbek tilidagi lingvistik lug‘atlariga kiritish zarurati dalillangan;
konseptual metaforalar tarjimasida tahliliy yondashuv, maqsad va manbani o‘zgartirish, kontekstual ma’noni adekvat tarjima qilish tamoyillari hamda usullari (tasviriy, transformatsion, kal`ka, muqobil) ishlab chiqilgan;
adekvat, kal`ka va so‘zma-so‘z tarjima usullari asosida metaforalarning kognitiv-semantik klassifikatsiyasi yaratilgan;
tadqiqot doirasida saralangan misollar asosida ontologik, orientatsion, strukturaviy konseptual metaforalar guruhlashtirilgan va ular asosida qisqacha o‘zbekcha-fransuzcha metaforalar lug‘atini yaratish tamoyillari ishlab chiqilgan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbek tilidagi konseptual metaforalarni fransuz tiliga tarjima qilish xususiyatlarini o‘rganish jarayonida olingan ilmiy natijalar asosida:
“Filologiya va tillarni o‘qitish (fransuz tili)” yo‘nalishida tahsil oluvchi talabalarga mo‘ljallab yaratilgan “Til ko‘nikmalari integratsiyasi” darsligiga kiritilgan milliy xarakterdagi mavzularni tarjima qilishda foydalanilgan. (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 14 iyundagi 531-sonli mualliflik guvohnomasi). Darslikka kiritilgan matnlar zamonaviy avlod darsliklarini lingvomadaniy, lingvodidaktik materiallar bilan boyitishga xizmat qilgan;
o‘zbek tilidagi badiiy matnlarni fransuz tiliga o‘girishda milliy-madaniy xususiyatlarini saqlab qolish haqidagi ilmiy-nazariy xulosalari va tavsiyalaridan Alliance Française de Tachkent tashabbusi bilan “Tarjimonlar va gidlar tayyorlash oliy maktabi” (Fransiya) ekspertlari ishtirokida tashkil etilgan xalqaro tadbirda foydalanilgan. (Toshkentdagi Fransuz Alyansining 2020 yil 4 avgustdagi № 1-sonli ma’lumotnomasi). Dissertatsiya tadqiqotida ishlab chiqilgan metaforalarning kognitiv-semantik klassifikatsiyasi va konseptual metaforalar tarjimasining zamonaviy tamoyillari asliyatni idrok qilish algoritmini yaratish imkonini bergan;
o‘zbek tilidagi konseptual metaforalarning qiyosiy tahlilini o‘rganish jarayonida to‘plangan misollardan “O‘zbekcha-fransuzcha metaforalar lug‘ati (Erkin A’zam asarlari misolida)”ni tuzishda foydalanilgan. (Adliya Vazirligi huzuridagi intelektual mulk agentligining 2020 yil 7 avgustdagi № 002345 guvohnomasi). Mazkur lug‘at o‘zbek tilidagi metaforalarning ikki va ko‘p tilli tarjima lug‘atini yartishda amaliy vosita bo‘lib xizmat qilgan;
tadqiqot ishining nazariy xulosalaridan, adekvat tarjima yaratishda tarjimon mahorati, lingvistik va ekstralingvistik bilimlarning muhimligini ochib berishdagi nazariy xulosalardan YoA 1-06 2012-2013 “Professional tarjimonlarni tayyorlashda sifat nazoratini tashkillashtirishga komponent yondashuv” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan. (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 25 fevraldagi 89-03-2756-son ma’lumotnomasi). Natijada, adekvat tarjima yaratish tamoyillari, tarjimonning ideouslubi kabi ilmiy xulosalaridan tarjima nazariyasi va amaliyoti, badiiy tarjima asoslari kabi fanlarning boyitishga xizmat qilgan;
o‘zbek adiblari asarlarini tarjima qilishda tarjimon mahorati, adib va tarjimon uslubi muhimligi to‘g‘risidagi amaliy xulosalaridan “O‘zbekiston” teleradiokanalining “Tilga e’tibor” va “Assalom, O‘zbekiston!” ko‘rsatuvlarida foydalanilgan. (O‘zbekiston Milliy teleradiokanali davlat unitar korxonasining 2020 yil 6 avgustdagi 33-33-497-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ushbu teleko‘rsatuv uchun tayyorlangan materiallarning ilmiy-ommabopligi ta’minlangan.