Shodiev Ibrohim Majidovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek tilida matnning tipologik tadqiqi”, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 
Ilmiy rahbar: Pardaev Azamat Baxronovich, filologiya  fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSs.03/30.12.2019.Fil.02.03.
Rasmiy opponentlar: Xayrullaev Xurshid Zaynievich, filologiya fanlari doktori, dotsent; Yuldashev Ma’rufjon Muhammadjonovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘zbek tilida matnni tipologik tasniflash va matn tilshunosligini kommunikativ tilshunoslik sohalari bilan aloqador tomonlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek tilshunosligida matn muammosi shu paytgacha asosan tavsifiy usulda, sintaktik sath masalalari bilan bog‘liq jihatlari yoritilgan bo‘lib, matnning mohiyatini chuqur anglash uchun nazariy xususiyatlari ochib berilgan;
matnni tipologik tasniflash orqali og‘zaki va yozma matnlar ajratilgan, ushbu nutqiy shakllarning har biriga kiruvchi matn tiplarini, ularni hosil qiluvchi lisoniy va nolisoniy vositalarning farqlari aniqlangan; 
matn tiplari to‘la belgilanib, uning psixolingvistik, lingvokul`turologik, kognitiv va pragmalingvistik tasnifi aniqlangan;
matnni tipologik tasniflash muayyan tilning taraqqiy etish yo‘llarini belgilovchi, kommunikativlik ko‘lamini belgilovchi muhim omil ekanligi dalillangan;
matnni tipologik tasnifi o‘zbek tilshunosligining semiotika, pragmalingvistika, sotsiologiya, psixolingvistika, stilistika, nutq madaniyati sohalari uchun ham muhimligi isbotlangan;
matnni tipologik tasniflashda va matn ta’rifini belgilashda S-model asosidagi tahlillar dastlabki izlanishlar ekanligi dalillangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
O‘zbek tilida matnning tipologik xususiyatlarini ochib berish jarayonida ma’naviy-ma’rifiy tizimni takomillashtirish bo‘yicha olib borilga tadqiqot ilmiy natijalari asosida: 
matn tiplari, ularni hosil qiluvchi lisoniy va nolisoniy vositalarning farqlarini aniqlash, fol`klor matnlarning taraqqiy etish yo‘llarini belgilashga oid xulosalardan XT-F-2-004-raqamli «O‘zbek xalq pedagogikasi va fol`klor an’analari» (2008-2010) nomli fundamental tadqiqot loyihasida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 19 avgustdagi 89-03-2874-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalari asar matnini tahlil qilishda o‘quvchilarning mustaqil fikrlashga doir bilimlarini oshirishga xizmat qilgan;
matndagi eksplisit va implisit bog‘lanish turlarini o‘rganishga oid xulosalardan 2012-2014 yillarda bajarilgan A1-XT-0-92997-raqamli “Yoshlarni umuminsoniy, milliy  va tarixiy qadriyatlar uygunligi  asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning muammolari” mavzusidagi loyihada foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 4 sentyabrdagi 89-03-3074-son ma’lumotnomasi). Natijada yoshlarga umuminsoniy va milliy qadriyatlarni singdirishga yo‘naltirilgan matnlarning kommunikativligini ta’minlovchi asosiy parametrlarini takomillashtirishga xizmat qilgan;  
matnni tipologik tasniflash orqali muayyan tilning taraqqiy etish yo‘llarini belgilovchi pragmatik, kognitiv, psixolingvistik, sotsiolingvistik usullarni qo‘llash bo‘yicha olingan xulosalardan 2013-2014 yillarda bajarilgan I1-XT-0-17222 raqamli “Qoraqalpoq milliy mentalitetini o‘quvchi yoshlarga singdirishda xalq pedagogikasi imkoniyatlaridan foydalanish” mavzusidagi innovatsion loyihada foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 4 sentyabrdagi 89-03-3074-son ma’lumotnomasi). Natijada muayyan halq mentalitetini shakllanishida, shu halq ruhiyatini belgilovchi matnlarning kommunikativlik darajasini aniqlashga hizmat qilgan;   
o‘zbek tilida matnning tipologik va kommunikativ xususiyatlarini ochib berishda «Til – millat ko‘zgusi», «Qadriyat», «Daxldorlik tuyg‘usi» ko‘rsatuvlari hamda «Dolzarb mavzu», «Munosabat» eshittirishlarini tayyorlashda  foydalanilgan (Navoiy viloyat teleradiokompaniyasining 2020 yil 30 iyuldagi 01-02/180-son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘rsatuvlarning ilmiy-ommabopligi ta’minlangan va dolzarbligi ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish