Sadiqov Zohid Yaqubjanovichning
fan doktori (DSs) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yusuf Xos Hojib “Qutadg‘u bilig” asari nemischa va inglizcha tarjimalari qiyosiy-chog‘ishtirma tahlili”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.DSc/Fil158.
Ilmiy maslahatchi: Homidov Hamidjon, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.01.10.
Rasmiy opponentlar: Jo‘raqulov Uzoqboy Haydarovich, filologiya fanlari doktori, professor; Qosimov Abdigopur Abdukarimovich, filologiya fanlari doktori, professor; Shrayber Mixail (Mayns universiteti), filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: qadimgi turkiy obida bo‘lmish “Qutadg‘u bilig” asarining nemis va ingliz tillariga tarjimalarini qiyosiy hamda chog‘ishtirma tahlil qilish orqali ularning asliyatga muqobillik darajasini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qadimgi turkiy asarlarning nemischa tarjimasi asliyatga sof filologik tomondan, inglizchasi esa ilmiy-adabiy jihatdan adekvat bo‘la olishi isbotlangan;
tarjimada izoh, sharh, lug‘at kabilardan foydalanish ularning asliyatga muqobillik darajalarini aniqlash vositasi sifatida xizmat qilishi mumkinligi dalillangan;
qadimgi turkiy asarlarning nemischa va inglizcha tarjimalari lisoniy-uslubiy xususiyatlari aniqlanib, badiiy asarlarni ilmiy maqsadlarda o‘girishda tarjimadan tarjimaga takomillashib borish mumkinligi isbotlangan;
qadimgi turkiy asarlarda tasvirlangan tarixiy va milliy o‘ziga xosliklarning tarjimada aks ettirish muammolari aniqlanib, ularni hal etish uchun transkripsiyalash, transliteratsiyalash hamda ilmiy tavsiflash usullari ishlab chiqilgan;
qadimgi turkiy asarlar tarjimasida metafora, o‘xshatish hamda sifatlashlar kabi badiiy tasvir vositalari, xususan, sharqona aruz masnaviysini G‘arbiy Evropa tillariga badiiy tarjima qilishda muqobil so‘z tanlash usullari tavsiya qilingan;
qadimgi turkiy asarlar umuminsoniy va falsafiy-didaktik qarashlariga G‘arb olimlarining munosabatlari o‘rganilib, ulardagi ayrim noxolis, sub’ektiv va noilmiy qarashlari asossizligi dalillangan;
tadqiqot doirasidagi qadimgi turkiy asarlar tarjimalaridagi milliy-madaniy xususiyatga ega so‘z va iboralarning nemischa-inglizcha izohlari tarjimashunoslik lug‘atlarini boyitishi aoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Yusuf Xos Hojib “Qutadg‘u bilig” asari nemischa va inglizcha tarjimalari qiyosiy-chog‘ishtirma tahlili bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalari asosida:
“Qutadg‘u bilig” turkiy matniga uning nemis, inglizcha tarjimalari, ularga yozilgan izoh, sharh, lug‘at va boshqa tadqiqotlarni ham qo‘shgan holda yondashilib, tarjimalarning asliyatga muqobilligi aniqlanganligi borasidagi natijalari hamda asardagi frazeologizmlarni nemis va ingliz tillariga tarjima qilish fasli O‘zbekiston Respubikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Andijon davlat universitetida 2017-2018 yillarda bajarilgan OT-A1-46 raqamli “Adabiyotshunoslikning nazariy kurslari bo‘yicha o‘quv adabiyotlarining yangi avlodini yaratish” mazusidagi amaliy loyihasi asosida tayyorlangan “Qiyosiy adabiyotshunoslik” o‘quv qo‘llanmasinining “Tarjima-kontakt aloqa shakli” bobini yozishda qo‘llanilgan. (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 14 oktyabrdagi 89-03-4007-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha adabiy aloqalarda tarjimaning roli to‘g‘risida qimmatli ma’lumotlar bilan ta’minlash imkoni yaratilgan
V.Radlov amalga oshirgan nemischa tarjimasi o‘zining ilmiy aniqligi, R.Denkoffning inglizcha tarjimasi esa ijtimoiy-intellektual va muayyan badiiylik jihatidan asliyatga ekvivalent bo‘la olishiga oid natijalar Yohannes Gutenberg nomidagi Germaniya Mayns universitetining Germershaym shahridagi Tarjima, til va madaniyatshunoslik fakul`tetining ilmiy va didaktik faoliyatida foydalanilganligi bilan mazkur universitet ilmiy-uslubiy ishlari ob’ektiga o‘zbek-nemis tarjimachiligi borasida yangi materiallar kiritilgan (Germaniya Mayns universiteti Tarjima, til va madaniyat fakul`teti dekani, prof. M.Shrayberning 2019 yil 24 avgustdagi ma’lumotnomasi). Natijada mazkur fakul`tet ilmiy tadqiqot ishlari doirasini yanada kengaytirishga xizmat qilgan.
“Qutadg‘u bilig”ni nemis va ingliz tillariga o‘girishda tarjima usullarini qo‘llash va ularni asardagi badiiy tasvir vositalari, xususan, metafora, o‘xshatish va sifatlashlarni tarjima qilishda tarjimonlar mahoratlariga oid natijalar Germaniyaning O‘zbekistondagi elchixonasining joylarda ta’lim bilan shug‘ullanuvchi muvaqqat vakili doktor G. Vegmarsxaus rahbarligida o‘tkazilgan “Kognitiv tilshunoslik” xalqaro seminarini tashkil etishga asos bo‘lgan. (Germaniyaning O‘zbekistondagi elchixonasi vakili Simon Kreshmerning 2019 yil 26 avgustdagi ma’lumotnomasi). Natijada ushbu xalqaro anjuman ishi qadimgi turkiy badiiy tasvir vositalarini nemis tiliga tarjima qilish borasidagi yangi materiallar bilan boyitish imkoni yaratilgan.
tadqiqotdagi Yusuf Xos Hojib “Qutadg‘u bilig” asari poetikasini nemis tilida qayta yaratish va asardagi badiiy tasvir vositalarini nemis tiliga tarjima qilish usullariga bag‘ishlangan bobi natijalari “O‘zbek-olmon ilmiy jamiyati”ning 2015-2018 yillarda Germaniyaning Frayburg shahrida “O‘zbek adabiyoti namunalari nemis tilida” mavzusidagi loyiha asosida o‘tkazilgan ilmiy-amaliy seminarlarni tayyorlashda xizmat qilgan (O‘zbek-olmon ilmiy jamiyatining 2019 yil 10 oktyabrdagi 1-son ma’lumotnomasi)
Yusuf Xos Hojib umuminsoniy va falsafiy-didaktik qarashlariga G‘arb olimlari munosabatlari va jahon tarjimashunos olimlarining Markaziy Osiyo qadimgi davrida yaratilgan asarlarni hozirgi zamon tillariga o‘girish masalasiga oid natijalar Namangan viloyati teleradiokompaniyasining 2017-2018 - yillarda viloyat yosh ijodkorlari, olimlari hamda xalqaro do‘stligini targ‘ib etuvchi ko‘rsatuv dasturlari ssenariyasini tayyorlashga asos bo‘lib xizmat qilgan. (Namangan viloyat teleradiokompaniyasining 2019 yil 31 yanvardagi 08-01-68-son ma’lumotnomasi). Natijada tadqiqot xulosalari ko‘rsatuvning ilmiy dalillarga boy, ommabop va yanada ishonchli bo‘lishini ta’minlashga xizmat qilgan.