O‘rinov Sherali Raufovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Burg‘ulash va portlatish ishlari texnologiyasini hisobga olgan holda kar`er bortlari turg‘unligini boshqarish usullarini ilmiy asoslash», 04.00.10 – Geotexnologiya (ochik, er osti va qurilish) (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.DSc/T358.
Ilmiy maslahatchi: Zairov Sherzod Sharipovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat konchilik instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Navoiy davlat konchilik instituti, DSc.17/30.12.2019.T.06.01.
Rasmiy opponentlar: Belin Vladimir Arnol`dovich, texnika fanlari doktori, professor; Mislibaev Ilxom Tuychibaevich, texnika fanlari doktori, professor; Naimova Rano Shukurovna, texnika fanlari doktori, dotsent. 
Yetakchi tashkilot: «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJ.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: pog‘onalar qiyaliklarining yuqori sifatliligini, kontur orti massivining to‘liq butligini va konchilik ishlarini xavfsiz olib borilishini ta’minlash uchun BPI ni olib borish texnologiyasini hisobga olgan holda kar`er bortlarining turg‘unligini boshqarish usullarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Ko‘kpatas koni sharoiti uchun tog‘ jinsi massivining bosimli - deformatsiyalanganlik holatini hisoblash usuli va modeli ishlab chiqilgan, natijada nisbiy koordinatalarda yarim cheksiz sohasining simmetrik chegaralari va nisbiy koordinatalarda yarim cheksiz sohasining nosimmetrik chegaralari asoslangan;
tog‘ jinslarining fizik-texnik va kon-texnologik xususiyatlaridan kelib chiqib, turli tipdagi emul`sion PMni qo‘llash orqali burg‘ilab portlatish ishlarining samarali parametrlari o‘zgarishlarini o‘rnatish imkonini beradigan, portlatiladigan tog‘ massivi bo‘laklanishini taqdim etadigan ishlab chiqilgan iqtisodiy-matematik modeli asosida tog‘ jinslarini portlatish orqali maydalashning samaradorligi aniqlangan;
bashoratli usul va unga asoslangan BPI parametrlari va portlatilgan jinslarning granulometrik tarkibi kompyuter hisob-kitoblari uchun algoritm blok-sxemasi ishlab chiqilgan; 
turli kon-geologik, kon-texnik va iqlim sharoitlarida dastlabki tirqish hosil qilishda portlovchi skvajinaning ratsional parametrlari aniqlangan;
PM zaryadi zichligi, tog‘ jinsi zichligi, tog‘ jinslarining siqilishga chidamlilik chegarasi, portlatiladigan tog‘ jinsida bo‘ylama to‘lqin tezligi va sanoatdagi PM detonatsiya tezligiga bog‘liq holda konturli skvajina diametrining o‘zgarishi aniqlangan;
tog‘ jinsida bo‘ylama to‘lqin tezligi, PM zichligi, konturli skvajina radiusi, sanoat PMsidagi detonatsiya tezligi, tog‘ jinslarining siqilishga chidamlilik chegarasiga bog‘liq holda konturli zaryadning chiziqli massasining o‘zgarish bog‘liqligi isbotlangan;
tog‘ jinsida bo‘ylama to‘lqin tezligi, PM zichligi, tog‘ jinslarining siqilishga va cho‘zilishga chidamlilik chegarasi, shuningdek konturli skvajina radiusiga bog‘liq holda konturli skvajinalar orasidagi masofaning o‘zgarish bog‘liqligi isbotlangan;
kar`erlarda qiyaliklarni hosil qilishda konturli portlatish usulini eksperimental baholash umumlashgan usuli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
BPIni olib borish texnologiyasini inobatga olgan holda kar`erlar bortlarining turg‘unligini boshqarish usullarini ilmiy asoslash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
kar`erning turg‘un qiyaliklarini shakllantirish usuli «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» DK Ko‘kpatas konida joriy etilgan («Navoiy kon-metallurgiya kombinati» DKning 2020 yil 13 iyuldagi 02-06-07/7687-son ma’lumotnomasi). Natijada, pog‘ona qiyaligini shakllantirishning yuqori sifatliligini va konchilik ishlarining xavfsiz olib borilishini ta’minlash imkonini bergan;
kar`erning chegaraviy konturida pog‘onalar qiyaliklarini shakllantirishning ekskavatorli usuli «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» DK Ko‘kpatas konida joriy etilgan («Navoiy kon-metallurgiya kombinati» DKning 2020 yil 13 iyuldagi 02-06-07/7687-son ma’lumotnomasi). Natijada, pog‘ona qiyaligini 600 dan 650 gacha oshirish, qoplovchi tog‘ jinslarining hajmini kamaytirish, kontur orti massivining mustahkamligini saqlash va konchilik ishlarining xavfsiz olib borilishini ta’minlash imkonini bergan;
kar`erning kontur oldi hududida PM skvajina zaryadlarini qo‘zg‘atish usuli «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» DK Ko‘kpatas konida joriy etilgan («Navoiy kon-metallurgiya kombinati» DKning 2020 yil 13 iyuldagi 02-06-07/7687-son ma’lumotnomasi). Natijada, tog‘ jinsining maydalanish samaradorligini pasaytirmasdan, kar`er borti va muhandislik inshootlariga berilishi mumkin bo‘lgan seysmik kuch va portlatilgan kon massasi bo‘laklarining belgilangan o‘rtacha o‘lchamini aniqlash imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish